Gidrologiya va gidrogeologiya


Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2030 yilga borib, global isish tufayli


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana27.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1133440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
0CmB8agX5K903OS4l0ScL32etcE3m4aZPG62IgtL

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2030 yilga borib, global isish tufayli 
jahon iqtisodiyotiga yiliga 2 trillion AQSH dollari miqdorida zarar etishi 
mumkinligini ma’lum qildi. 
Bu haqda “Independent” nashri xabar tarqatdi. Bunga sabab, jazirama 
odamlarning ishlash layoqatiga salbiy ta’sir ko`rsatib, ish samaradorligini tushirib 
yuborarkan. Prognozlarga ko`ra, bundan, ayniqsa, Hindiston, Malayziya, Tailand 
kabi davlatlar nisbatan ko`proq aziyat chekadi.
 
XULOSA 
Fransuz olimi Montesks Sharl Lui «Qonunlar ruhi to`g`risida»gi (1748) 
asarida tabiatda va hayotda iqlimning barcha kuchlardan ustun ekanligini 
ta’kidlagan.  
Ob-havo va iqlim qadimdan sivilizatsiya rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatib 
kelgan. Bugungi kunda ham ular insoniyatning hayotiga va faoliyatiga katta ta’sir 
o`tkazmoqda. To`g`ri, hozirgi zamon fan va texnikasi atmosfera, okeanlar va ichki 
suvlarda sodir bo`layotgan jarayonlarni oldindan aytishga imkon beradi. Bu 
ma’lumotlar odamlarning xavfsizligini ta’minlash va global miqyosdagi atrof-
muhitni muhofaza qilish uchun zarurdir. Lekin shuni aytish kerakki, keyingi yuz 
yillikdagi texnologik taraqqiyot insoniyatni iqlimning roli ozaydi, degan xatarli 
xulosalarga olib keldi. Bunga XIX-XX asrlarda yer sharining katta qismlarida 
nisbatan barqaror iqlim sharoitining hukm surganligi sabab bo`lgan.
Qizig`i shundaki, insoniyatning keyingi ikki yuz yillik davri davomida ilm, 
fan va texnikani rivojlantirish sohasida erishgan ulkan yutuqlariga qaramasdan, u 
hamon iqlimiy sharoitlarga bog`liqlikdan xalos bo`la olmayapti. Ustiga-ustak 
iqlimning inson xo`jalik faoliyatining barcha qirralariga, jumladan, qishloq xo`jalik 
mahsuldorligi, energetika, transport harakati, texnika va texnologiyalardan 
foydalanish va boshqa sohalarga ta’siri yanada kuchliroq bo`lmoqda. Iqlim 
sharoitining inson psixo-fiziologik holatiga va uning sog`lig`iga ta’siri ham 
kuchayib bormoqda. Iqlim sharoiti tobora ijtimoiy va siyosiy ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Fan va texnika taraqqiyoti hozirgacha insonni tabiiy sharoitning ta’siridan 
to`liq himoya qilmayapti. Insoniyat faoliyati esa ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga 


24 
erishishga yo`naltirilgan va bu tabiatga shu darajada ta’sir etishini boshlaganki, 
XXI asrda ob-havo va iqlimni butunlay o`zgartirish mumkin.
O`tgan asrning 60-yillari o`rtalaridan Saxelladagi (Afrika) dahshatli 
qurg`oqchiliklar, suv toshqinlari va qurg`oqchiliklarning tez-tez bo`lib turishi, 
shuningdek, Yevropa, Amerikada uzoq vaqtdan buyon kutilmagan qahraton 
qishning takrorlanishi jiddiy xavotir uyg`otdi.
Ayniqsa, keyingi o`n yillikda insoniyat global antropogen isish, deb 
ataluvchi hodisaga uchragan. Hamma joyda atrof-tabiiy geografik muhitning 
o`zgarishi kuzatilmoqda. Qurg`oqchilik, suv toshqini, dovullar, jazirama issiq 
oqimlar, yong`inlarning ko`payishi, keskin sovub ketishlar va boshqa tabiiy ofatlar 
Yer sharining hamma hududlarida ham tez-tez kuzatilmoqda. 
Keyingi yillarda g`arbiy va janubiy Yevropada, Kavkazda misli ko`rilmagan 
suv toshqinlari yuz berdi. 2003, 2010 yillarda Hindistonda qattiq qurg`oqchilik, 
suv toshqinlari bilan almashdi. 2003, 2010, 2015 yillarda Hindiston, Shimoliy 
Amerika va Yevropa mamlakatlarida kuchli issiqlik kuzatildi. Katta maydondagi 
o`rmonlar yonib ketdi. 
Global iqlim o`zgarishi, eng avvalo, o`rtacha havo haroratining o`sishida va 
noqulay 
gidrometeorologik 
hodisalarning, 
ayniqsa, 
juda 
issiq 
kunlar, 
qurg`oqchilik, kuchli (jala) yog`in-sochinlari, sel, sunamilar va qor ko`chishlari 
sonining ko`payishida aks etadi. Iqlim o`zgarishining kuchayib borishi 
mamlakatlar rivojlanishida salbiy oqibatlarga olib keladi. Ob-havo va iqlim bilan 
bog`liq bo`lgan tabiiy ofatlar oziq-ovqat ishlab chiqarishni qisqartirishga, 
suvlarning ifloslanishiga va boshqa iqtisodiy zararlarga sabab bo`ladi. Shuning 
uchun ham bugungi kunda iqlim o`zgarishi muammosi nafaqat olimlarni va 
siyosatchilarni, balki butun insoniyatni tashvishga solmoqda. Iqlim o`zgarishi 
iqtisod uchun ham va butun jamiyat uchun ham og`ir sinovdir. Keyingi vaqtlarda 
ekstrimal meteorologik va iqlim hodisalari katta nobudgarchiliklarga olib 
kelmoqda. Yuz minglab odamlar halok bo`lmoqda. BMT ma’lumoti bo`yicha 
dunyoda 1980 yildan 2005 yilgacha 7 mingdan ko`p fojiali tabiiy ofatlar sodir 
bo`lib, juda ko`p odamlarning qurbon bo`lishiga olib keldi va 1 trillion AQSH 
dollaridan ko`p zarar keltirdi. Iqlimiy bilimlar va texnologiyaning rivojlanishiga 
qaramay, tabiiy va texnogen ofatlardan keladigan zararlarning hajmi har yili 6 
foizga ortib bormoqda. 1965 yildan 1992 yilgacha dunyo bo`yicha tabiiy hodisalar 
harakatidan 6 million odam nobud bo`ldi, 3 milliard odam jabr ko`rdi, umumiy 
zarar 340 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Iqlim o`zgarishi bu vahimali 


25 
raqamlardan tashqari, bevosita yana ham vayron qiluvchi – «Fojiali 
konvergensiyalar» deb ataluvchi hodisalar bilan birga kechadi. Siyosiy 
zo`ravonlik, davlat to`ntarilishi, hatto fuqarolar urushi kabi siyosiy portlashlar 
(Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari, Yaman, Sudan va boshqalar) oqibati yana ham 
vayron qiluvchi kuchga aylanadi. 2012 yilda Butundunyo iqtisodchilar forumida 
iqlim o`zgarishi, oziq-ovqat, toza suv bilan ta’minlashdagi yetishmovchiliklar, 
shuningdek energoresurs va qishloq xo`jalik mahsulotlari narx-navolarining 
beqarorligi bilan bog`liq bo`lgan krizislar global nuqtayi nazardan beshta asosiy 
xavf-xatarga kiritildi. 
Ob-havo va iqlim nima? Ob-havo ma’lum hududdagi atmosferaning 10-12 
kilometr balandlikda bir vaqtdagi, bir kunlik fizik holatini ifodalaydi. Ob-havoning 
qator meteorologik kattaliklariga havo harorati, havo namligi, havo bosimi, shamol 
tezligi va yo`nalishi, bulutlar va turli atmosfera yog`inlari turi va jadalligi, nurli 
energiya va issiqlik oqimlari kabilar kiradi. Iqlim esa ma’lum bir hududdagi ob-
havoning ko`p yillik rejimi bilan ifodalanib, joyning geografik kengligi, yer usti 
tuzilishi (orografik, relyef), dengiz sathiga nisbatan balandligi, okeanga nisbatan 
uzoq yoki yaqinligi va boshqa qator omillar bilan aniqlanadi. Yerning yuzasida 
atmosfera yoki havo qoplami mavjud, undan biz nafas olamiz va usiz yerda hayot 
bo`lishi mumkin emas. Har bir kishi bir kecha-kunduzda 1 kilogramm oziq-ovqat, 
3 litr suv va 12 kilogramm havo iste’mol qiladi. Yer atmosferasi yigirmaga yaqin 
gaz aralashmasidan tashkil topgan. Ularning asosiy qismi – azot va kisloroddan 
hamda suv bug`i, azon va mutlaq holatda turuvchi chang va boshqa aerozollardan 
iborat. Ob-havoni kuzatish meteorologik stansiyalarda olib boriladi. Meteorologik 
kuzatishlar kun davomida har 3 yoki 6 soatda olib boriladi. Bunday bir vaqtda olib 
borilgan kuzatishlar butun dunyo ob-havo xizmatining (VSP) asosidir. Bunday 
prinsip meteorologik prognozlar tuzish va dovullardan ogohlantirish va global 
iqlim haqidagi bilimlarni to`ldirish uchun kerak. 


26 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling