Gidrosfera va uning xususiyatlari


Gidrosferaning tarkibiy qismlari


Download 231 Kb.
bet3/5
Sana04.05.2023
Hajmi231 Kb.
#1425340
1   2   3   4   5
Bog'liq
gidrosfera uning tarkibiy qismlari

Gidrosferaning tarkibiy qismlari. Gidrosfera (yunoncha, suv qobig‘i) geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, yerusti va yerosti suvlaridan, muzliklardan, atmosferadagi suv bug‘laridan iborat.
Okean suvlari. Yer yuzasining deyarli 71 % ini okean suvlari egallagan. Ular dunyo suv zaxirasining 96,5 % ini tashkil etadi. Okean suvlarining asosiy xususiyati sho‘rligi va haroratidir. Okean suvlarining o‘rtacha sho‘rligi 35‰, ekvator yaqinida 34 ‰, tropiklarda 36 ‰, mo‘tadil va qutbiy kengliklarda 33 ‰. Suvning o‘rtacha harorati +17,5°C, Тinch okean eng issiq +19,4 °C, eng sovuq okean Shimoliy Muz okeani (–0,75 °C). Suvning 3-4 km dan chuqur qismlarida harorat +2°C dan 0°C atrofida o‘zgaradi. Okean suvi sho‘r bo‘lganligi uchun –2 °C da muzlaydi.
Okean suvlari mantiyadan ajralib chiqqan degan g‘oyani ko‘pchilik olimlar tan olishadi. Bunga sabab hozirgi paytda mantiyadan suv ajralib chiqayotganligidir.Yer tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarning aksariyati okean bilan bog‘liq. Okean quyosh energiyasini o‘zida to‘plovchi akkumulator hisoblanadi. Okeanlar materiklarning iqlimiga, tuproqlariga, hayvonot olamiga va inson xo‘jalik faoliyatiga ta’sir etadi.
Quruqlik suvlari. Daryo, ko‘l, botqoqlik, muz va yerosti suvlari gidrosferaning quruqlikdagi suvlaridir. Ular umumiy gidrosfera suvlarining 3,5 % qismini tashkil etadi. Shundan 2,5 % i chuchuk suvlardir.
Daryolarning zichligi, sersuvligi iqlimga va relyefga bog‘liq. Yog‘inlar ko‘p yog‘adigan hududlarda Amazonka, Kongo, Missisiрi, Xuanxe, Volga kabi daryolar hosil bo‘lgan. Kam yog‘in yog‘adigan cho‘llarda daryolar bo‘lmaydi. Sirdaryo, Amudaryo, Nil kabi tranzit daryolar cho‘llarni kesib o‘tadi.
Ko‘llar kattaligi, chuqurligi, oqar yoki oqmasligi, sho‘r yoki chuchukligi va kelib chiqishiga ko‘ra xilma-xildir. Dunyodagi eng katta ko‘l Kaspiy ko‘li (376 ming kv km) bo‘lib, u va Orolni kattaligi uchun dengiz deb atashgan. Berk havzada joylashgan Kaspiy, Orol, Issiqko‘l va Balxash oqmas ko‘llar hisoblanadi. Dunyodagi eng chuqur ko‘llar Baykal (1620 m) va Tanganika (1470 m) oqar ko‘llaridir. Balxash ko‘lining yarmi chuchuk, yarmi sho‘r. Rudolf ko‘li va O‘lik dengiz (270‰) sho‘r ko‘llardir. Kelib chiqishiga ko‘ra, ko‘llar tektonik (Baykal, Tanganika, Nyasa), muzlik hosil qilgan (Finlandiyadagi ko‘pchilik ko‘llar), tog‘lardagi morena, vulqonli, qayir, sun’iy, karst ko‘llarga bo‘linadi.Suv omborlari, kanallar yerlarni sug‘orish, elektr energiyasi olish, sel hodisalarining oldini olish, daryo suvlarini tartibga solish, dam olish kabi maqsadlarda quriladi.Muzliklar quruqlikning 11 % maydonini egallaydi. Muzliklarning 99 % i qutbiy o‘lkalarda, qoplama holatida joylashgan (Antarktida, Grenlandiya, Arktika). Тog‘ muzliklari qor chizig‘idan tepada hosil bo‘ladi. Ekvatorda qor chizig‘i 4,5-5 km balandlikdan o‘tadi. Kilimanjaro vulqonini 4 500 m balandligidan boshlab qor va muz o‘rab olgan. Qutblarda qor chizig‘i dengiz sathiga baravarlashadi.Yerosti suvlari yog‘inlarning Yer po‘stiga shimilishidan hosil bo‘ladi. Lekin kelib chiqishiga ko‘ra magmatik xususiyatga ega bo‘lgan geyzerlar ham yerosti suvlari qatoriga kiradi. Yerosti suvlarining gidrosferadagi ulushi 1,7 % ni tashkil etadi. Ular suvli qatlam (qum, shag‘al, tosh)larda to‘planadi. Agar suv o‘tkazmaydigan qatlam (gil)lar orasida joylashsa, artezian havzalarini hosil qiladi. Deyarli barcha tekisliklarda va tog‘ oralig‘i botiqlarida yerosti suv havzalari mavjud. Ularning ayrimlari shifobaxsh mineral suvlardir.
Ko‘p yillik muzloq yerlar tuproq, cho‘kindi jinslar bilan yerosti suvlarining birgalikda muzlab qolishidan hosil bo‘ladi. Ular Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning shimoliy qismida katta maydonlarni egallaydi. Ularning qalinligi 0 metrdan 1 500 metrgacha boradi.

Gidrosfera erning su qobig`i bo`lib, u er po`sti va atmosfera o`rtasida joylashgan. Gidrosferadagi umumiy suv miqdori 1385984,6 ming km3. M.I.Lpvovich maolumotlariga ko`ra bu iqdor 1454000000 km3. Bu qobiqdagi suvlarni dunyo okani, qurqlik va atmosfera suvlariga bo`lishadi. Dunyo okeanida gidrosferaning 96,5 foiz suvi to`plangan. Quruqlik suvlari yuza va er osti suvlariga bo`linadi. Yuza suvlari gidrosfera suvlarining 1,97 % ni, er er osti suvlari esa 1,70 % ni, atmosferadagi suv esa 0,001 % ni tashkil etadi. Er yuzasining 70,8 % ni suv qoplaydi. Uning maydoni 361 mln km2. Gidrosferaning tarkibiy qismlaridagi suv miqdori bir-biridan ancha farq qilsada, lekin ularning umumiy suv aylanishidagi faoligi ham bir xil emas. Masalan, daryo suvlarining aylanish davri 12 sutkaga,atm suvlariniki - 10 sutkaga, tuproq suvlariniki - 1 yilga, dunyo okeani suvlari - 2600 yilga, qutb muzliklari - 9700 yilga teng.


Gidrosferani dinamik sistema sifatida rivojlanishida troposfera va er ostidagi suvlarning to`xtovsiz harakati muhim rol o`ynaydi. Suvning geografik qobiqdagi global aylanishiga quyosh energiyasi, havoning gorizontal harakati va erning tortish kuchi xizmat qiladi.
Quyosh energiyasi taosirida okean va quruqlik yuzasidagi suvlar bug`lanadi. Okean sularini bug`lanishi quruqlik yuzasiga nisbatan 6,6 marta ko`p suvni bug`latadi. Global suv aylanishiga gidrosferaning 525,1 km3 miqdoridagi suvi qatnashadi. Bu suv miqdori har yili 1 km2 er yuzasidan bug`langan suv miqdori - 1030 mm ga teng. Shu miqdordagi teng. Shu miqdordagi suv yana yog`in tarzida er yuzasiga qaytib tushadi.



Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling