Gidrosfera va uning xususiyatlari
Gidrosfera toʻgʻrisida tushuncha[tahrir]
Download 74 Kb.
|
Gidrosferaning geoekologik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Global suv aylanishi va erning yillik suv balansi[ tahrir ]
- Dengiz suvi tarkibining xususiyatlari[ tahrir ]
Gidrosfera toʻgʻrisida tushuncha[tahrir]Gidrosfera erning su qobigʻi boʻlib, u yer poʻsti va atmosfera oʻrtasida joylashgan. Gidrosferadagi umumiy suv miqdori 13,859,846 ming km3. M.I.Lpvovich maolumotlariga koʻra bu iqdor 1,454,000,000 km3. Bu qobiqdagi suvlarni dunyo okeani, qurqlik va atmosfera suvlariga boʻlishadi. Dunyo okeanida gidrosferaning 96,5 foiz suvi toʻplangan. Quruqlik suvlari yuza va yer osti suvlariga boʻlinadi. Yuza suvlari gidrosfera suvlarining 1,97 % ni, yer, yer osti suvlari esa 1,70 % ni, atmosferadagi suv esa 0,001 % ni tashkil etadi[3]. Yer yuzasining 70,8 % ni suv qoplaydi. Uning maydoni 361 mln km2. Gidrosferaning tarkibiy qismlaridagi suv miqdori bir-biridan ancha farq qilsada, lekin ularning umumiy suv aylanishidagi faoligi ham bir hil emas. Masalan, daryo suvlarining aylanish davri 12 sutkaga, atm suvlariniki — 10 sutkaga, tuproq suvlariniki — 1 yilga, dunyo okeani suvlari — 2600 yilga, qutb muzliklari — 9700 yilga teng. gidrosfera okenas usvlari juda ko'p hisoblanadi. Global suv aylanishi va erning yillik suv balansi[tahrir]Gidrosferani dinamik sistema sifatida rivojlanishida troposfera va yer ostidagi suvlarning toʻxtovsiz harakati muhim rol oʻynaydi. Suvning geografik qobiqdagi global aylanishiga quyosh energiyasi, havoning gorizontal harakati va yerning tortish kuchi xizmat qiladi. Quyosh energiyasi tasirida okean va quruqlik yuzasidagi suvlar bugʻlanadi. Okean suvlarini bugʻlanishi quruqlik yuzasiga nisbatan 6,6 marta koʻp suvni bugʻlatadi. Global suv aylanishiga gidrosferaning 525,1 km3 miqdoridagi suvi qatnashadi. Bu suv miqdori har yili 1 km2yer yuzasidan bugʻlangan suv miqdori — 1030 mm ga teng. Shu miqdordagi teng. Shu miqdordagi suv yana yogʻin tarzida yer yuzasiga qaytib tushadi[4]. Dengiz suvi tarkibining xususiyatlari[tahrir]Dengiz suvining xususiyati — uning shoʻrligi. Ochiq okeanda suvlaring oʻrtacha shoʻrligi 35 promilga teng. Dengiz suvining tuz tarkibi quyidagicha: natriy xlorid — 77,7 %, magniy xlorid — 10,87 %, magniy sulfat — 4,7 %, kalpciy sulpfat — 3,6 %, kaliy sulpfat — 2,5 %, kalpciy karbonat — 0,3 % ni tashkil etadi. Daryo suvlarining shoʻrligi oʻrtacha 0,146 promillega teng. Dengiz suvida osh tuzi eng koʻp boʻlsa, daryo suvida karbornatlar koʻp miqdorda tashkil etadi. Okean suvlarining shoʻrligi oʻzgaruvchan miqdordadir. U joyning iqlimiga, muzlash yoki muzlarni erishiga, okean oqimlariga, daryo suvlarining miqdoriga va boshqa omillarga bogʻliq. Ochiq okean suvlarida shoʻrlik 32-38 promilga boradi. Oʻrta dengizlarda esa shoʻrlik ancha ortadi[5]. Masalan, Qizil dengizi suvining shoʻrligi 41 promilga teng. Download 74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling