REJA: - Paskal qonuni.
- Gidrostatik mashinalar.
- Tekis sirtga ta'sir qiluvchi bosim.
- Bosim epyurasi.
- Arximed qonuni.
- Jismlarni suyuqlikda suzishi.Suzuvchanlik.
1. Suyuqliklarda bosimning uzatilishi. Paskal qonuni - Suyuqlik solingan va og`zi porshen bilan yopilgan idish olamiz. Suyuqlik erkin sirtidagi bosim po bo`lsin. U holda biror A nuqtadagi absolyut bosim pA = p0 + hA ga V va S nuqtalarda esa
- pV = p0 + hV, rS = r0 + hS
- ga teng bo`ladi.
- Agar porshenni VS masofaga (4.1-rasm) siljitsak, u holda suyuqlik erkin sirtidagi bosim ∆p ga o`zgaradi. Suyuqlikning solishtirma og`irligi bosim o`zgarishi bilan deyarlik o`zgarmaydi.
Paskal qonunini tushuntirishga doir chizma - Shuning uchun A, V va S nuqtadagi bosim quyidagicha bo`ladi:
- pA = p0 + ∆p + hA,
- pV= p0 + ∆p + hV,
- pS = p0 +∆p + hS,
- Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: suyuqlikka tashqaridan berilgan bosim suyuqliknning hamma nuqtalariga bir xil miqdorda tushadi (uzatiladi). Bu Paskal qonuni sifatida ma'lum ko`pchilik gidromashinalarning tuzilishi va ishlashi ana shu qonunga asoslangan.
- Gidrostatikaning asosiy qonunlari asosida ishlaydigan mashinalar gidrostatik mashinalar deb ataladi. Ularda bosimning uzatilish qonuni (Paskal qonuni) muhim rol o`ynaydi. Bu mashinalarga gidropresslar, gidroakkumulyatorlar, damkratlar va boshqalar kiradi.
Gidroakkumulyatorlar. - Gidravlik sistemalarda bosim va suyuqlik sirtini ortib ketishi yoki kamayish hollari bo`ladi. Bunday hollarda bosim va sirtni normallashtirish uchun gidroakkumulyatorlardan foydalaniladi. Ular suyuqlik sirti yoki bosimi ortib ketganda yuqori bosimdagi suyuqlikning bir qismini o`ziga olib sistemadagi bosim va sirtni kamaytiradi, teskari holda esa o`zidagi suyuqlikni sistemaga berish yo`li bilan bosimni va sirtni oshiradi. Gidroakkumulyatorlar, gidrotormozlar, ko`targichlar, presslar, chigirlar va boshqa gidromashinalar ishlatiladi.
Pnevmatik gidroakkumulyator sxemasi. - Pnevmatik gidroakkumulyator sxemasi ko`rsatilgan. U korpus 1, diafragma 2 dan tuzilgan bo`lib, shtutser 4 orqali gidrosistemaga ulangan bo`ladi. Shtutser 5 gidroakkumulyatorni gaz bilan to`ldirish uchun xizmat qiladi. Shayba 3 esa gazning rezina diafragmani korpusga (akkumulyatorda bosim kamayganda) ezib kuyishidan saqlaydi.
Gidromultiplikator chizmasi - Bo`shliq 2 dagi chegirma bosimni hisobga olmaganimizda uchinchi bo`shliqdagi bosim quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
- p3 = p1 (D1 / d3 ) 2 гmek bu yerda: g-gidravlik qarshiliklarini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
- mek-mexanik qarshiliklarni hisobga oluvchi koeffitsiyent;
- Gidromultipliqatorlarning sarfi suyuqlik sarfining miqdoriga qarab hisobga olinadi va ular suyuqlik sarfining kichik qiymatlari uchun ishlatiladi. Suyuqlik sarfi katta o`zgarishlarga to`g`ri kelganda bunga qaraganda boshqacharok sxemalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |