Yelimli gidroizolyatsiya matyeriallari jumlasiga borulin, brizol va izol kiradi. Borulin negizini asbestning sinch xosil qiluvchi past navlari yoki chiqindilari tashkil etadi. Unga zavodda plastifikatorlar qo‘shilgan yeritilgan bitum shimdiriladi. Bu matyerial tasmalari rulonlarga o‘ralib, shu ko‘rinishda zavoddan qurilishga jo‘natiladi. Brizol BN-V bitumi, rezina kukuni (25-30%), past navli asbest (10%) va plastifikator (ozokyerit, 1-3%)dan rulonlar ko‘rinishida tayyorlanadi. Izol brizoldan bitum rusumi (BN-III) va plastifikator turiga ko‘ra farq qiladi.
Qorishma va mumlar yordamida suvoqli gidroizolyatsiya – sement qorishmalar yoki asfaltdan yasalgan qalinligi 5...50 mm bo‘lgan suv o‘tkazmaydigan qoplama. Sementli-qumli suvoq, torkret, asfalt (qaynoq va sovuq) suvoqlar farqlanadi. - Qorishma va mumlar yordamida suvoqli gidroizolyatsiya – sement qorishmalar yoki asfaltdan yasalgan qalinligi 5...50 mm bo‘lgan suv o‘tkazmaydigan qoplama. Sementli-qumli suvoq, torkret, asfalt (qaynoq va sovuq) suvoqlar farqlanadi.
- Sementli-qumli suvoqdan inshootlarning qattiq, tebranmaydigan sirtlarini ular to‘liq cho‘kkanidan keyin qoplash uchun foydalaniladi. Suvoq qorishmasi yirikligi 1,5 mm dan, namligi 2...5% dan oshmaydigan qumdan va suv o‘tkazmaydigan, cho‘kmaydigan yoki oddiy portlandsementlardan tayyorlanadi.
- SHimdiriladigan gidroizolyatsiya
- Beton, sopol, asbestsement, oxaktosh, bo‘r, bitum, polimyerlar yoki saqichlarni shimdirib gidroizolyatsiya muxitning fizik-kimyoviy ta’siridan saqlaydi va suv o‘tkazmaydi. Ashyolarni shimdirish ochiq vannalarda, shimish jarayonini tezlashtirish uchun – avtoklavlarda yoki ichki vakkumlash usulida amalga oshiriladi (10.10-rasm).
- SHimdirish texnologiyasi shimdiriladigan matyerialni qizdirish, shimdiriladigan ashyoni quritish va qizdirishni, 10...50 mm chuqurlikda shimdirishni va sovutishni o‘z ichiga oladi.
Bitum zavodining texnologik sxemasi
1 – transportyer; 2 – bunkyer; 3 – elevator; 4 –
yuk bunkyeri; 5 – yopqich; 6 - quritish chambaragi;
7 – purkagich; 8 – nasos; 9 – mazutli bak; 10 –
qorgich; 11 - bitum qaynatiladigan qozon; 12 –
bitum nasosi; 13 – bug‘li qoplamadan iborat quvur
yo‘li; 14 - qorishma idishi; 15 – tarozi; 16 – arava;
17 – yuk ko‘targich (rostlovchi); 18 – bitum uchun
lotok; 19 – mum uzatish uchun lotok; 20 - qorishma
idishi; 21 - qum ombori; 22 – to‘ldirgich ombori
Do'stlaringiz bilan baham: |