Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to`G`risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi


Download 24.86 Kb.
bet2/6
Sana06.02.2023
Hajmi24.86 Kb.
#1170902
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING 15 modda

gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi - gidrotexnika inshootlarining odamlar hayoti, sog`lig`i va qonuniy manfaatlarini, atrof tabiiy muhit va xo`jalik ob’ektlarini muhofaza qilishni ta’minlash imkonini beruvchi holati;
gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasi - gidrotexnika inshootining xavfsizligi asoslab beriladigan hujjat;


gidrotexnika inshootining xavfsizligi mezonlari - gidrotexnika inshooti holatining va undan foydalanish shartlarining gidrotexnika inshooti avariyasi xavfining yo`l qo`yiladigan darajasiga muvofiq miqdor va sifat ko`rsatkichlarining cheklangan qiymatlari;

gidrotexnika inshooti avariyasi xavfining yo`l qo`yiladigan darajasi - gidrotexnika inshooti avariyasi xavfining normativ hujjatlar bilan belgilangan qiymati.

4-modda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi
sohasidagi vakolatlari
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat mulkida bo`lgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini, shuningdek respublika va mintaqaviy еnergetika tizimiga kiruvchi korxonalar gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlaydi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratini tashkil еtadi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash bo`yicha xalqaro hamkorlikni tashkil еtadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

5-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi
sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda qatnashadilar;
suv resurslaridan foydalanishda va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlaydilar;
gidrotexnika inshootlarini joylashtirish to`g`risida, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to`g`risidagi qonun hujjatlari buzilgan hollarda ulardan foydalanishni cheklab qo`yish haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladilar;
gidrotexnika inshootlarining avariyalari oqibatlarini tugatishda qatnashadilar;
gidrotexnika inshootlarining favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan avariyalari xavfi borligi to`g`risida aholini xabardor qiladilar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.



Download 24.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling