«Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun Qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, tiklash


-modda. Gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasi


Download 31.81 Kb.
bet7/9
Sana20.11.2023
Hajmi31.81 Kb.
#1789389
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
«Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun

10-modda. Gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasi
Gidrotexnika inshootini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, undan foydalanish, uni foydalanishdan chiqarish bosqichlarida, shuningdek uni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, tiklash yoxud konservatsiyalashdan keyin foydalanuvchi tashkilot gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasini tuzadi. Deklaratsiyani tuzish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Foydalanuvchi tashkilot gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasini maxsus vakolatli organga taqdim etadi. Deklaratsiyaning maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanishi gidrotexnika inshootini Kadastrga kiritish va gidrotexnika inshootini qurishga ruxsat olish, foydalanishga topshirish, undan foydalanish yoki uni foydalanishdan chiqarish yoxud rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, tiklash yoki konservatsiyalash uchun asos bo‘ladi.
11-modda. Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyalarining davlat ekspertizasi
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyalarining davlat ekspertizasi, shu jumladan loyihalashtirish bosqichidagi davlat ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda o‘tkaziladi.
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyalarining davlat ekspertizasi gidrotexnika inshootlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tashabbusi bilan, shu jumladan ular rozilik bermagan taqdirda ham, maxsus vakolatli organning ko‘rsatmalariga binoan o‘tkaziladi.
Maxsus vakolatli organ tomonidan davlat ekspertizasi xulosasi asosida gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlash haqida, tegishli ruxsatnoma berish to‘g‘risida yoki ruxsatnoma berishni rad etish haqida qarorlar qabul qilinishi mumkin.
Foydalanuvchi tashkilot maxsus vakolatli organning qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, qaror yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)

Download 31.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling