«Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun Qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, tiklash


-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazorati


Download 31.81 Kb.
bet5/9
Sana20.11.2023
Hajmi31.81 Kb.
#1789389
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
«Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun

6-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazorati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi, u:
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlari texnik holatining puxtaligini va ular ishining xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazadi;
gidrotexnika inshootlarini joylashtirish, gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish topshiriqlarini, ularni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishib olishda, gidrotexnika inshootlarining qurilishi sifatini nazorat qilishda, ularni foydalanishga qabul qilishda, shuningdek gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalarini kelishib olishda qatnashadi;
gidrotexnika inshootlarining holatini hamda ular holatining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalariga muvofiqligini tekshirishni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi normalari va qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan hollarda xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar jumlasiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish haqida takliflar kiritadi
(6-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
gidrotexnika inshootlari hududlaridan, daryolar o‘zanlari va to‘g‘onning ularga tutash bo‘lgan quyi hamda yuqori hududlaridan xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishga (suvni muhofaza qilish zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno) rozilik beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
daryolarning o‘zanlarida va to‘g‘onning ularga tutash quyi va yuqori hududlarida suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yoxud xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyat yurituvchi tashkilotlarning faoliyatini, agar bunday faoliyat gidrotexnika inshootlarining xavfsizligiga yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, taqiqlaydi yoki cheklab qo‘yadi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini taqiqlash va cheklash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash hollari mustasno;
(6-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
gidrotexnika inshootlarining muhofaza qilinishini tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(6-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Maxsus vakolatli organning gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari foydalanuvchi tashkilotlar ijro etishi uchun majburiydir.

Download 31.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling