Gigienik omillar


Download 338.74 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi338.74 Kb.
#1524699
Bog'liq
GIGIENIK OMILLAR

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Jismoniy Madaniyat yo’nalishi talabasi Tursunaliyev Sardor

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Jismoniy Madaniyat yo’nalishi talabasi Tursunaliyev Sardor

Mavzu: Gigienik omillar

Fan: Jismoniy Madaniyat nazariyasi va metodikasi

Guruh: 304

Bajardi: Tursunaliyev S.

Tekshirdi: Ruziyev Azimjon Erkinovich

GIGIENIK OMILLAR


Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigienasi talablarini o‘z ichiga olib, mehnat gigienasi, ovqatlanish, dam olish tashqi muhitning zararli faktorlari va boshqalar jismoniy mashqlarni bajarish (dars, mustaqil mashq qilish, trenirovka) mashulotlarida gigienik talab va normalarga rioya qilishni taqazo etadi. Ular jismoniy mashqlar ta’sirchanligini, samaradorligini oshirishini ilmiy, amaliy jihatdan isbotlagan. Gigienik sharoitni yetarli darajada ta’minlash, jismoniy tarbiya uchun foydalaniladigan moddiy-texnik baza, sport anjomlari, jixozlar va mavjud kiyim-boshning holatiga bog’liq. Jismoniy mashqlar, tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillarni
ratsional qo‘llash inson salomatligini mustahkamlaydi va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantiradi.

GIGIYENA

  • Gigiyena (grekchaὑγιεινός — „sogʻlom“) — tibbiyotning bir sohasi; kishilar sogʻligʻiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʻrganadi hamda kasalliklarning oldini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʻliqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Gigiyenaning bir necha sohalari bor. Aviatsion gigiyena, harbiy gigiyena, mehnat gigiyenasi, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi (maktab gigiyenasi), shaxsiy gigiyena, ijtimoiy gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena va h.k. Gigiyena fiziologiya, patofiziologiya, epidemiologiya, toksikologiya, fizika, kimyo, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bogʻlangan, chunki tabiiy omillar bilan birga jamiyatning iktisodiy ahvoli ham kishi sogʻligʻiga taʼsir etadi. Ehtiyot va kundalik sanitariya nazorati asoslarini ilmiy asosda ishlab chiqish, kishilarning yashash va ishlash sharoiti hamda dam olishini sogʻlomlashtirish boʻyicha sanitariya tadbirlarini asoslab berish, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini saqpash, sanitariya qonun-qoidalarini ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlari va uy-roʻzgʻor buyumlari sifatini sanitariya ekspertizasidan oʻtkazishda qatnashish gigiyenaning vazifasidir

SHAXSIY GIGIENA

  • Inson salomatligini saqlash va mustahkamlash, uning shaxsiy hayoti va faoliyatida gigiena qoidalari va chora-tadbirlariga rioya qilish, gigiena ta'limi tadbirlarini ishlab chiqish va o'tkazish, gigiena bilimlari va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish masalalarini o'rganadigan gigiena bo'limi. aholining gigiena madaniyati. U tanani gigienik saqlash (teri, soch, tirnoq, tishlar), poyabzal va kiyim-kechak, uy-joy, ratsional ovqatlanish qoidalari, tananing qattiqlashishi va jismoniy madaniyat masalalarini o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, shaxsiy gigienaning ayrim masalalari seksologiya (jinsiy a'zolarning shaxsiy gigienasi, jinsiy hayot gigienasi) va mehnat gigiyenasi (ish paytida ishchilarning shaxsiy gigienasi) bilan ham shug'ullanadi.

Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari inson hayotiy faoliyatining organik qismiga aylansagina jismoniy tarbiya tizimining sog’lomlashtirilishiga yo‘naltirilgan prinsipni amalga oshirishning imkoni bo‘ladi. Boshqa tomondan, kerak bo‘lgan gigienik normalarga rioya qilinsagina jismoniy mashqlar kerak bo‘lgan samarasini beradi. Jismoniy tarbiyaning maxsus vositasi hisoblanmasa ham gigenik omillar jismoniy tarbiyaning vazifasini to‘laqonli hal qilish uchun ahamiyat kasb etadi. Pedagogik jarayon qanchalik puxta tashkillanmasin, ovqatlanish, uyqu kun tartibiga rioya qilinmasa, shuningdek, mashg’ulotlar tibbiyot talablariga javob bermaydigan joy va jihozlar bilan o‘tkazilsa, ular albatta samarasiz bo‘ladi. Mana shuning uchun maktablardagi jismoniy tarbiya dasturlariga gigienaga oid bilimlar mazmunini ifodalovchi nazariy ma’lumotlar uchun mavzular tavsiya qilingan. Ular jismoniy tarbiya jarayonidan tashqaridagi insonning hayotiy faoliyatini tashkillovchi va jismoniy tarbiya jarayoni tarkibidagi vositalardir

  • Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari inson hayotiy faoliyatining organik qismiga aylansagina jismoniy tarbiya tizimining sog’lomlashtirilishiga yo‘naltirilgan prinsipni amalga oshirishning imkoni bo‘ladi. Boshqa tomondan, kerak bo‘lgan gigienik normalarga rioya qilinsagina jismoniy mashqlar kerak bo‘lgan samarasini beradi. Jismoniy tarbiyaning maxsus vositasi hisoblanmasa ham gigenik omillar jismoniy tarbiyaning vazifasini to‘laqonli hal qilish uchun ahamiyat kasb etadi. Pedagogik jarayon qanchalik puxta tashkillanmasin, ovqatlanish, uyqu kun tartibiga rioya qilinmasa, shuningdek, mashg’ulotlar tibbiyot talablariga javob bermaydigan joy va jihozlar bilan o‘tkazilsa, ular albatta samarasiz bo‘ladi. Mana shuning uchun maktablardagi jismoniy tarbiya dasturlariga gigienaga oid bilimlar mazmunini ifodalovchi nazariy ma’lumotlar uchun mavzular tavsiya qilingan. Ular jismoniy tarbiya jarayonidan tashqaridagi insonning hayotiy faoliyatini tashkillovchi va jismoniy tarbiya jarayoni tarkibidagi vositalardir

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 338.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling