Gijjalarni davolashda ishlatiladigan dori vositalari


Download 14.27 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi14.27 Kb.
#1181360
Bog'liq
GIJJALARNI DAVOLASHDA ISHLATILADIGAN DORI VOSITALARI


GIJJALARNI DAVOLASHDA ISHLATILADIGAN DORI VOSITALARI
Ulashova Umida Azim qizi
TTATF 3-kurs talabasi
+998939067303
Annotatsiya: Hozirgi vaqtda asosan bolalar orasida gijjalar ko’p tarqalgan. Bu esa bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolishi va boshqa yondosh kasalliklarni rivojlanishiga olib keladi.
Kalit so’zlar: gijja,
Mavzuning maqsadi:Gijja kasalliklarida dorilarni berish,ularni qo’llashda tartib qoidalar, ko’rsatmalar
Mavzuning vazifasi: Gijja kasalligiga chalingan bemorlarga maxsus davo choralarini ko’rish, nazorat qilish, yuqish ehtimoli bo’lgani uchun, oiladagi bolalarni birga davolash ishlarini olib borish.
O’rganish obyekti: Gijja bilan kasallangan bolalarni davolashda qabul qilayotgan dori vositalarini ta’sir qilishini kuzatib borish, farmakologik guruhlari
Olingan natijalar: Gijjalar joyiga qarab gelmintozlarga qarshi qo’llaniladigan moddalar ikki guruhga bo’linadi:

  1. Ichak gelmintozlarida qo’llaniladigan

  2. Ichakdan tashqaridagi gelmintozlarda qo’llaniladigan moddalar

Gelmintlarga qarshi moddalarning ta’sir mexanizmi: bir xil moddalar gijjalarning nerv-mushak sistemasini, ikkinchilari gijjalarda moddalar almashinuvini, boshqalari ularning membrana pardasining o’tkazuvchanligini izdan chiqarib, proteolitik fermentlarga ta’sirchan qilib qo’yadi. Piperazin askaridalar, ostridsalarni haydash uchun qo’llaniladi, modda gijjalarning nerv-mushak sistemasini falajlaydi. Ichakda ularning harakati to’xtab ,safro yo’llariga o’tolmay qoladi. Shu bilan birga ichni surish xususiyatiga ham ega.Piperazin qonga so’rilganda ham kam zaharli , shuning uchun bu moddalar ommaviy degelmintozlarda qo’llaniladi. Levamizol-dekaris asosan askaridalarga qarshi qo’llaniladi,gijja mushaklarini falajlaydi hamda unda moddalar almashinuvini izdan chiqaradi.
Download 14.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling