3- Bob 3.1- jadvalda barg eni maxsimum koʻrsatkichi raqamda ifodalanganda tushunarsiz raqam kiritilgan. (14,42) bunga aniqlik kiritish kerak.
3-bob 3.3 va 3.5 – jadvallarda yozuvlar kattaligi sabali oʻlchov birliklari jadval kataklariga sigʻmay, berilgan maʻlumotlar namalum boʻlib qolgan.
3-bob 3.8 jadvalni malumotlari tahlilida “D-28 genotipi birinchi faktor boʻyicha nazoratga nizbatan yuqori” deb maʻlumot berilyabti lekin 3,8-jadvalda D-28 genotipi keltirilmagan.
4-bob 4.3.1. rasmda kuzgi buʻdoy genotiplarining unuvchanligiga natriy xlor tuzining tasiri gistogramma orqali ifodalangan, xar bitta gistogrammaga tegishli ravishda natijalari keltirilish kerak edi, quruq rasmni oʻzi boʻlib qolgan.
Dissertatsiya lotin alifbosi asosida yozilgan lekin 3 va 4 boblar xulosa qisimlarida kril xariflari bilan ifodalangan.
Dissertatsiyaning ilova qismida ilovalar keltirilgan. Lekin matnda ilovalar qaysi bobga tegishli ekanlgi ko’rsatilmagan.
Dissertatsiyada orfagrafik va stilistik xatoliklar mavjud.
Yuqorida koʻrsatilgan kamchiliklar bajarilgan dissertatsiya ishining mazmunini va ahamiyatiga taʻsir etmaydi.
Jumanov Oʻtkirjon Toʻlqin oʻgʻlinig “Bugʻdoyning fiziologik-biokimyoviy koʻrsatkichlarini tuproq-iqlim sharoitga bogʻliqligi boʻyicha raqamli maʻlumotlar bazasini yaratish” mavzusidagi dissertatsiya ishining dolzarbligi, yangilik darajasi, ilmiy-amaliy ahamiyati va boshqa jixatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Atestatsiyasi Komissiyasining falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun qoʻyilgan talablarga javob beradi. Oʻ.T.Jumanov 03.00.07-Oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi ixtisosligi boʻyicha bajargan dissertatsiya ishini Xorazm mamun akademayasi ilmiy daraja beruvchi PhD.02/30.07.2022.B.149.01. raqamli ilmiy Kengashda oʻrnatilgan tartibda rasmiy ximoya qilishga tavsiya etaman.
Taqrizchi: Guliston davlat universiteti
Biologiya kafedrasi mudiri, b.f.f.d. PhD O.H.Yunusov
Do'stlaringiz bilan baham: |