Giliston davlat universiteti “Biologiya” kafedrasi oʻqituvchisi, mustaqil tadqiqotchi Jumanov Oʻtkirjon Toʻlqin oʻgʻlining Biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan


Download 20.76 Kb.
bet2/3
Sana17.01.2023
Hajmi20.76 Kb.
#1097763
1   2   3
Bog'liq
Taqriz Жуманов Ўткирга

Dissertatsiyaning birinchi bobi “Bugʻdoyning oʻsishi va rivojlanishi hamda biometrik koʻrsatkichlariga tashqi omillar taʻsirini baholash” deb nomlangan boʻlib, bugʻdoyning biologiyasi, kelib chiqish tarixi va har xil tuproq-iqlim sharoitda bugʻdoy etishtirishda ilmiy yondashuvlar boʻyicha adabiyotlar maʻlumotlari tahlili bayon etilgan. Olib borilgan tadqiqot natijalariga koʻra bugʻdoyning xoʻjalik belgilarini molekulyar-genetik yondashuvlar asosida oʻrganish asosida selektsiyaga jalb qilish yoki sharoitga mos navlarni tanlash boʻyicha tadqiqotlar natijalari izohlangan. Shuningdek, tashqi omillar taʻsirida bugʻdoy genotiplarining oʻsishi va rivojlanishidagi oʻzgarishlar hamda chidamlilik koʻrsatkichlari tashqi belgilariga koʻra aniqlanishi toʻgʻrisidagi adabiyotlar maʻlumotlarini raqamli tarzda izohlanishi boʻyicha dastlabki maʻlumotlar ham bayon etilgan.
Dissertatsiyaning “Bugʻdoyning oʻsishi va rivojlanishi bosqichlarida fiziologik-biokimyoviy jarayonlariga tashqi omillar taʻsirini tahlil qilish va raqamlashtirish” , deb nomlangan ikkinchi bobi tadqiqot obʻekti, oʻtkazilgan joy sharoitlari, tuprogʻining fizik-kimyoviy xossalari toʻgʻrisidagi maʻlumotlar hamda tadqiqot usullari toʻgʻrisidagi maʻlumotlar bayoniga bagʻishlangan.
Uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi boblarida olingan natijalar tahlili toʻgʻrisida maʻlumotlar berilgan.
Ilmiy ish natijalari 13 ta, shy jumladan 4 ta xalqoro va 9 ta respublika miqyosida oʻtkazilgan anjumanlarda muhokama qilingan.
Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida Bugʻdoyning fiziologik-biokimyoviy koʻrsatkichlarining tuproq- iqlim sharoitiga bogʻliq ligi boʻyicha xoʻjalik, fiziolokik va biokimyoviy koʻrsatkichlari boʻyicha ilmiy asoslangan malumotlar bazasi yaratilgan, malekulyar genetik taxlili oʻtkazilib genotiplash ishlari va shular asosida maʻlumotlar bazasi shakillantirilgan.
Shu oʻrinda, shuni alohida qayd etish kerakki, dissertant tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari oʻziga xos amaliy ahamiyatga ega. Yani, Sirdaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida bugʻdoyning fiziologik va biokimyoviy koʻrsatkichlarining raqmli malumotlar bazasiga asosan xududga mos serxosil navlarni tanlash va yaratish uchun boshlangʻich material tanlab olish imkonini beradi.
Tadqiqot natijalari ilmiy va amaliy asoslangan xulosalarda oʻz aksini topgan.
Shuning bilan birga dissertatsiyada ayrim kamchiliklar mavjudligini qayt etish maqsadgu muvifiq.

  1. 1.3-§. Adabiyotlar tahlilida chet el olimlarining ishlarini tarjima qilishda ayrim joylarda manoga etibor berilmagan. Misol uchun, “Ba’zi abiotik stressga chidamlilik genlari ham tuz stressiga javob beradi va turli oʻsimlik turlarida tuzga chidamliligi bilan bogʻliq” bu jumla tamomlanishi noaniqlik bilan tugagan va kelgusi jumlalarga bog’lanmagan, nima nazarda tutilganligi bilinmaydi. “tuz stressi” iborasi oʻrniga “shoʻrlanish stresi” iborasini ishlatish maqsadga muvofiq deb oʻylayman. Bu xolat yana bir necha tarjimalarda xam kuzatilgan.


  2. Download 20.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling