Cho`kindi tog` jinslari yer yuzasining deyarli xamma yerida tarqalgan. Cho`kindi jinslarning paydo bo`lishi va o`zgarishi turli termodinamik, fizik va kimyoviy sharoitlar bilan bog`liq bo`lib, ma`lum qonuniyatga bo`ysinadi. Cho`kindi tog` jinslari o`simlik va organizm qoldiqlaridan shuningdek o`zidan oldin paydo bo`lgan magmati va metamorfik jinslarning yemirilishidan hosil bo`ladi. Hosil bo`lish sharoitiga qarab cho`kindi jinslar dengiz, ko`l, daryo, shamol, muz va morena yotqiziqlariga bo`linadi. - Cho`kindi tog` jinslari yer yuzasining deyarli xamma yerida tarqalgan. Cho`kindi jinslarning paydo bo`lishi va o`zgarishi turli termodinamik, fizik va kimyoviy sharoitlar bilan bog`liq bo`lib, ma`lum qonuniyatga bo`ysinadi. Cho`kindi tog` jinslari o`simlik va organizm qoldiqlaridan shuningdek o`zidan oldin paydo bo`lgan magmati va metamorfik jinslarning yemirilishidan hosil bo`ladi. Hosil bo`lish sharoitiga qarab cho`kindi jinslar dengiz, ko`l, daryo, shamol, muz va morena yotqiziqlariga bo`linadi.
- Qurik iqlimli sharoitda hosil bo`lgan jinslar kontinental yotkiziklar deb ataladi. Ularning hosil bo`lishida shamol, oqar suvlar va muz suvlarining roli juda kattadir. Atmosfera yog`inlari ta`sirida nuragan jinslar shamol va oqar suvlar bilan birga oqib borib, relyefning pastkam joylarida to`planadi va cho`kindilar hosil qiladi. Kontinental cho`kindi jinslar hosil bo`lishi sharoitiga qarab elyuvial, delyuvial, prolyuvial, alyuvial va eol yotqiziqlariga bo`linadi. Suv xavzalarida suvda erigan mineral moddalarning cho`kishidan kimyoviy, xayvonot va o`simlik qoldiqlarining to`planishidan esa organogen cho`kindi jinslar hosil bo`ladi.
Cho`kindi tog` jinslar yer po`stining eng ustki qatlamlarini tashkil qilib, butun yerdagi tog` jinslarning atiga 5% ni tashkil etadi. Shunga qaramay bu jinslar yer yuzasining 75% maydonini ishg`ol qilib yotadi. - Cho`kindi tog` jinslar yer po`stining eng ustki qatlamlarini tashkil qilib, butun yerdagi tog` jinslarning atiga 5% ni tashkil etadi. Shunga qaramay bu jinslar yer yuzasining 75% maydonini ishg`ol qilib yotadi.
- Cho`kindi tog` jinslarining asosiy belgilaridan biri ularning qatlam-qatlam bo`lib asosan, gorizontal xolatda yotishidir. Ayrim qatlamlar bir-biridan rangi, tarkibi va xossalari bilan farq qiladi. Cho`kindi jinslar segovak bo`ladi va ularning tarkibida toshqotgan organik qoldiqlarni uchratish mumkin.
- Cho`kindi tog` jinslari paydo bo`lish sharoitlariga qarab bir-biridan tubdan farq qilib, uchta asosiy guruxga bo`linadi:
- 1. Mexanik.
- 2. Kimyoviy.
- 3. Organik
- Mexanik cho`kindi tog` jinslari. Mexanik cho`kindi tog` jinslari magmatik va metamorfik jinslarning nurashi natijasida o`z joyida to`planishi yoki suv, muzlik, shamol ta`sirida boshqa joylarga ko`chirilib yotqizilishidan hosil bo`ladi. Mexanik cho`kindilar tarkibidagi qattiq zarachalarning katta-kichikligi xamda shakliga ko`ra yirik (dag`al), qum, chang va gil zarralarga bo`linadi. Ular oxak, kremniy oksidi (SiO2 ), gil singari moddalar bilan birikkan (tsementlangan) xolatda xam uchraydi. Dag`al bo`laklar esa qirrali va yassi shakllarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |