Gimble kamerasi


Download 4.82 Mb.
bet10/10
Sana03.11.2023
Hajmi4.82 Mb.
#1742135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
xisobot ishiiii

Korxona Tarixi

Chirchiq aviatsiya taʼmirlash zavodi 1944 yil may oyida anʼanaviy ravishda aviasozlik ustaxonalari negizida tashkil etilgan.Ilgari zavodning asosiy faoliyati samolyotlarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʼrsatish edi. Tarixiy davr mobaynida 2400 donadan ortiq turli xil va modifikatsiyalangan samolyotlar taʼmirlandi.

2010-2012-yillarda Yak-52 va AN-2 samalyotlarini kapital ta’mirlash o’zlashtirildi. Ushbu samalyotlarni o’zlashtirish jarayoni Yakovlev nomidagi OKB va DK “Antonov” tomonlari kuzatuvi ostida bajarilgan.



Hozirgi kunda korxonaning va ishlab chiqarish holati tubdan takomillashtirildi. Zavod samolyot ishlab chiqarishda dunyo yetakchilarining zamonaviy talablariga javob beradi va zarur yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan.


Bugunga kunga kelib zavodning asosiy faoliyat turi Mi-8/Mi-17 vertolyotlarini va ularning modifikatsiyasini, Su-25, Yak-52 va Аn-2 samolyotlarini kapital taʼmirlash va shuningdek ularni modernizatsiya qilish hisoblanadi.

2019-yilning ikkinchi yarmida zavod Su-25 samolyotlarini kapital taʼmirlash va modernizatsiya qilish tizimni oʼzlashtirdi.


6000 kv. metrdan ortiq maydonga ega zavodning asosiy ustaxonasi bir vaqtning oʼzida 10 tagacha Mi-8 vertoletlarini joylashtirish imkoniyatini beradi.500 kv. metrdan ortiq maydonga ega boʼyoq binosi zamonaviy vositalari va "iqlim nazorati" shamollatish uskunalari bilan jihozlangan.Planer tizimi agregatlarini va maxsus jihoz-uskunalarni sinash va taʼmirlash uchastkasi 4 xonadan iborat boʼlib, yangi hamda zamonaviy asbob-uskuna va moslamalar bilan jihozlangan

Metallni qayta ishlash va mexanika ustaxonasi zamonaviy umumiy sanoat (ChPU) dastgohlari bilan jihozlangan, bu yesa qisqa vaqt ichida murakkab uzilishga ega qismlarni va birikmalarni ishlab chiqarish imkonini beradi.



Radioelektronika va aviatsiya texnikasini taʼmirlash va sinovdan oʼtkazish ustaxonalarining jihozlanishi samolyot bloklarini chuqur defektatsiya, taʼmirlash va sinovdan oʼtkazish imkonini beradi.


Zavod markaziy laboratoriyasida barcha sarf materiallari, maxsus suyuqliklar va yonilgʼi-moylash materiallarini kirish nazorati amalga oshiriladi.

Bizga ishonib topshirilgan korxona samolyot va aviatsiya texnikasini ishlab chiqarish, taʼmirlash, xizmat koʼrsatish va utilizatsiya qilish huquqini beruvchi davlat litsenziyasiga ega.Bundan tashqari, havo kemalarini taʼmirlash boʼyicha qonuniy faoliyat yuritish vakolatli organlar tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari bilan tasdiqlangan.
Download 4.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling