Gimnastika turlari
Milliy gimnastika tizimlarining vujudga kelishi
Download 205 Kb.
|
Gimnastika turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shved gimnastika tizimi
Milliy gimnastika tizimlarining vujudga kelishi
Milliy gimnastika tizimlarining yaratilishi XIX asr boshlariga to'g'ri keladi bu ijtimoiy talablar oqibati edi. Urush qilish usullari bir vaqtda xarakat qilishni buyruqlarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni va xaqozolarni talab qilar edi. Usha vaqt pedagoglari va vrachlariga gimnastika yoshlarni jismoniy tarbiyalashning birdan-bir to'g'ri metodi bo'lib ko'rinlar edi. XIX asrlarning birinchi yarmiga kelib gimnastika taraqqiyotida uchta yo'nalish ko'zga tashlana boshladi : - gigienik yo'nalish ( gimnastika odamning salomatligini mustaxkamlash va jismoniy kuchni rivojlantirish vositasi xisoblanadi) ; - atletik yo'nalish ( gimnastika murakkab mashqlari shu jumladan gimnastika inshootlarida bajariladigan mashqlarni qo'lanish yo'li bilan odamning xarakat imkoniyatini rivojlantirish vositasi deb xisoblanardi); - amaliy yo'nalish ( gimnastika urushda uchraydigan turli to'siqlardan oshib o'tishni soldatlarga o'rgatish vositasi deb xisoblanardi ). Nemis gimnastikka tizimi Napoleon ko'shinlar Prussiyani egallab turgan davrda tarkib topa boshladi. Fit Yan ( 1778-1852) gimnastikadan mamlakatni yuosqinchilardan ozod qilish maqsadida yoshlarga xarbiy tayyorgarlik berish uchun foydalanishiga intildi. Gimnastika inshoatidagi mashqlar va xarbiy o'yinlar bu tizimning asosini tashkil qilar edi. A.Shpiss ( 1810-1858) nemislar turnirini maktabda o'qitishga moslashtirdi va dars sxemasini tuzib chiqdi.Birok bu bolalar tashabbusini bug'ib qo'yar, ularning individual qobiliyatlarining o'sishiga xalaqit berar, eng muximi, o'sha vaqtdagi tibbiy va pedagogik fanlardagi ko'pgina fikirlarga to'g'ri kelmas e di. Ana shu kamchiliklar juda ko'p e'tirozlarga sabab bo'ldi. Bular orasida eng asosli e'tirozlardan biri P.F. Lesgaftning e'tirozlari edi. Shved gimnastika tizimi Shved gimnastika tizimi nemis gimnastikasi bilan ketma-ket paydo bo'lgan. Unda gigiena yo'nalishi yaxshi ishlab chiqilgan edi. P.Ling ( 1776-1839) gimnastikani XIX asrning birinchi yarmida Daniyada o'rgana boshladi. Usha vaqtlarda gimnastika yoyilganligi jixatidan Daniya G'arbiy Yevropadagi ilg'or mamlakatlardan biri edi. 1813 yilda P. Lingning tashabbusi bilan Stokgolmda maxsus institut ochildi. P.Ling u yerda o'zining jismoniy tarbiya metod va vositalarini qo'lladi. U kishi badaniy mustaxkamlaydigan va komol toptiradigan mashqlardan foydalanish kerak deb xisoblanardi. Ammo u gimnastikani pedagogik axamiyatini xisobga olmagan edi. Uning o'g'li Ya.Ling ( 1800-1886 yillar) otasi boshlagan ishni davom etirib dars sxemasini ishlab chiqdi. Shved gimnastika darsi ka'tiy tartibda biri-ketin keladigan 16-qismdan iborat sxemaga binoan tuzilgan edi. Fransuz gimnastika tizimi asosan xarbiy amaliy yo'nalishida bo'lib shved tizimi bilan deyarli bir vaqtda shakillandi. Fransiyada gimnastika tizimini yaratgan kishi Amoros ( 1770-1848 yillar) bo'ldi. U A.V Suvorovning xarbiy jismoniy tayyorlov tizimi bilan tanish bo'lib bundan o'z tizimini yaratishda foydalandi. Xayotda va xarbiy jarayonida zarur bo'lgan ko'nikmalar orttirishga yordam beradigan mashqlar to'siqlar qo'yilgan ochiq joyda yurish va yugurish, asloxa-anjomlar bilan turli xolatlarda sakrash, yukni yoki "yaradorni" joydan-joyga ko'tarib o'tish suzish va shung'ish, kurash tutish uloqtirish , o'q otish, kilichbozlik va govozdonlik mashqlarini u eng yaxshi mashqlar deb xisoblar edi. Dars vaqtida Amoros muayan sxemaga rioya kilmagan. U ko'yidagi umumiy prinsiplarni belgilab olgan edi xolos : mashqlar shug'ullanuvchilarga tushunarli va mumkin qadar sodda bo'lishi kerak bo'lgan. Ularni birin-ketin yengildan qiyincha, soddadan murakkabga o'ta borib bajarish kerak bo'lgan. Mashg'ulotlarda o'quvuchilarning individual xususiyatlari xisobga olinishi kerak bo'lgan Fransuz gimnastikasi mashqlari rus armiyasida qo'llanilar edi. Download 205 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling