Ginekologiya


Qisqa hayz kechikishining asosiy sabablari


Download 98.79 Kb.
bet3/3
Sana07.03.2023
Hajmi98.79 Kb.
#1244805
1   2   3
Bog'liq
Ginekologiya

Qisqa hayz kechikishining asosiy sabablari:

  • nosog‘lom parhez, vitaminlar yetishmasligi, och qolish;

  • doimiy uyqusizlik;

  • qattiq jismoniy mehnat, haddan tashqari aqliy stress;

  • Turli xil moddalar bilan zaharlanish yoki ekologik holati yomon bo‘lgan mintaqada yashash, alkogol yoki tamakidan zaharlanish;

  • vazn bilan bog‘liq muammolar, ozg‘inlik va semizlik;

  • boshqa mintaqaga ko‘chib o‘tgandan keyingi iqlim o‘zgarishi;

  • yuqumli kasalliklar;

  • surunkali kasalliklar;

  • kontratsepsiya vositalarini qabul qilish yoki gormonal dorilarni bekor qilish.

Kasallik sababli hayz necha kun kechikishi mumkin?
Barcha ayollarda hayz sikli turli sabab bilan buzilishi, shuningdek oy ko‘rish muddatining ortga surilishi ham turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, bir necha oylar davomida oy kunlarini o‘tkazib yuboradigan bemorlar ham bor. Agar kechikish 5-7 kundan oshsa, tashvishlanish uchun asos hisoblanadi. So‘ngra aniq tashxis qo‘yib, davolanish uchun ginekolog qabuliga tashrif buyurishingiz kerak.

Kechikishga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklar:

  • Jinsiy organlarga taʼsir qiluvchi yallig‘lanish kasalliklari. Ushbu kasalliklarning umumiy belgilari qorin og‘rig‘i va ajralmalar ajralishi hisoblanadi.

  • Jinsiy organlarning onkologik kasalliklari;

  • Tuxumdon polikistozi. Ushbu kasallik oqibatida ayol vazni oshadi, yuzda, qo‘llarda, badan orqasida ortiqcha tuklar o‘sadi, asabiylashish kuchayadi. Bu erkak gormoni testosteronning qondagi darajasining oshishi tufayli yuz beradi.

  • Tuxumdon sariq tanasi kistasi. Uning paydo bo‘lishiga sabab gormonal muvozanat buzilishidir.

Hayz kechikishi abortbachadondan tashqari homiladorlik yoki bachadon olib tashlanganidan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatga nafaqat gormonal o‘zgarishlar, balki amaliyot paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mexanik shikastlanishlar ham sabab hisoblanadi.
Hayz ko‘rish muddatining ortga surilishi har doim ham patologiya emas. Ammo kechikish o‘spirin qizda, tug‘ruqdan keyin yoki menopauzadan oldin paydo bo‘lmasa hamda 7 kundan ortiq davom etsa, albatta ginekologga murojaat qilib, tekshiruvdan o‘tish kerak. 

Hayz kechikishning sababi bo‘lgan asosiy kasallikning dastlabki bosqichlaridanoq kurashish uchun ham shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilish lozim.
Agar kechikish homiladorlik belgisi sifatida namoyon bo‘layotgan bo‘lsa, homiladorlikni tasdiqlash, vitaminlarni isteʼmol qilishni boshlash va homiladorlik kalendari kabi vositalar yordamida sog‘lig‘ingizni erta bosqichlardanoq kuzatib borish uchun unga darhol aniqlik kiritish maqsadga muvofiqdir.
Download 98.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling