Ginekologiya


Hayz qancha muddat cho‘zilsa ham norma hisoblanadi?


Download 98.79 Kb.
bet2/3
Sana07.03.2023
Hajmi98.79 Kb.
#1244805
1   2   3
Bog'liq
Ginekologiya

Hayz qancha muddat cho‘zilsa ham norma hisoblanadi?
Agar hayz ko‘rish quyidagi holatlarda 7 kundan ko‘p bo‘lmagan kunga cho‘zilsa, xavotirlanishingizga o‘rin yo‘q:
Biror kasallik belgilarisiz hayz kechikish muddati
Sog‘lom, homiladorlikni rejalashtirmayotgan ayollarda hayz ko‘rish o‘rtacha 2-3 kungacha kechikishi mumkin.
Qizlar uchun ham hayz ko‘rishning 2 kunga kechikishi odatiy holdir, u tashqaridagi havo haroratining keskin o‘zgarishi yoki atmosfera bosimining ko‘tarilishi tufayli paydo bo‘lishi mumkin. 
Ayolning hayz ko‘rishi 3 kunga kechikishi ham tashvishlanish uchun asos bo‘lmaydi. Bu doimiy stress, noto‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha ish va turmushdagi boshqa omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Bu kabi holatlarda, albatta turmush tarzini o‘zgartirish va yaxshilash haqida o‘ylash lozim. 
Hatto hayz ko‘rishning 4 kunlik kechikishi ham vahima uchun asos emas, bunga xuddi yuqoridagi kabi omillar sabab bo‘lishi mumkin.
Baʼzi ayollar turmush tashvishlari bilan bo‘lib, avvalgi hayz ko‘rish muddatini eslay olmaydi. Bu esa, ortiqcha tashvishlanishga olib kelishi mumkin. Shuning sababdan, bu kabi holatlarni oldini olish uchun «Lalu — Hayz kalendari» ilovasini Play Marketdan telefoningizga yuklab olishingizni tavsiya etamiz.
Patologiya mavjud, ammo reproduktiv tizim bilan bog‘liq emas 
Homilador bo‘lmagan va sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolarsiz qiz va ayollar uchun hayz ko‘rishning kechikishi 5 dan 7 kungacha davom etishi mumkin. Shamollash, gripp yoki boshqa yuqumli kasalliklar tufayli hayz ko‘rish, taxminan 5 kungacha kechikishi mumkin. 
Bunday holatda bemorni butunlay sog‘lom deb atash mumkin emas, ammo hayz kechikishi shikoyati bilan ginekologga murojaat qilish shart emas. Balki, yuqumli kasallikni davolash uchun umumiy amaliyot shifokori yoki infeksionistga murojaat qiling.
Ayol sog‘ligi tiklanishi bilanoq, sikl yaxshilanadi. Oy ko‘rishning 6 yoki 7 kunga kechikishi qizning nafas yo‘llarining o‘tkir yallig‘lanishlari, gripp, tomoq og‘rig‘i va bronxit kabi kasalliklar

bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Umuman olganda, ayol va qizlarda reproduktiv tizim kasalliklarisiz hayz kechikishi 5-7 kungacha davom etishi mumkin.
Hayz ko‘rishning bir hafta yoki undan kam muddatga kechikishi turmush tarzingizni qayta ko‘rib chiqishingiz kerakligini anglatadi. Shunday qilib, agar ayol qattiq diyetada bo‘lsa, juda ko‘p ishlasa yoki kunlik jismoniy harakatni haddan tashqari oshirib yuborsa, surunkali stress holatida yashasa, uning tanasi mudofaa tizimlarini ishga soladi. Va hayz kechikishi kuzatiladi.
Organizm shunday yaratilganki, u noqulay sharoitda homiladorlikning oldini olishga harakat qiladi, chunki aks holda ayolga bolani ko‘tarish va tug‘ish qiyin bo‘lishi mumkin. Shu sababdan, noqulay holatlarda hayz ko‘rish ortga surilishi mumkin.

Bunday sabablarga ko‘ra hayz necha kunga kechikishi mumkin? 1 oygacha. Ammo sog‘lig‘ingizni yaxshilash uchun darhol kerakli choralarni ko‘rish tavsiya etiladi, masalan, diyetangizdan voz keching, jismoniy harakatlarni kamaytiring, umuman, turmush tarzingizni yaxshilang. Shunda organizmni, jumladan doimiy hayz ko‘rishni ham davolashsiz tiklash mumkin.

Download 98.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling