O’ng va chapda joylashgan bo’limlarni aside tegi ichida yozilishi kerak.
Web sahifaning asosiy, takrorlanmaydigan, urg’u beriladigan qismi main tegi ichida yozilishi lozim. Ushbu teg bitta sahifa uchun yagona bo’lishi va mos ishorat bo’yicha o’ziga xos ma’lumotni ichiga olishi shart.
Sahifaning asosiy maqola chiqadigan qismi article tegida berilishi kerak. Holat sarti, dasurlovchilarning mualliflik huquqi, sayt qachon tashkil topgani va shunga o’xshash ma’lumotlar footer tegi da joylanishi talab etiladi. Boshqa zarur bo’ladigan bo’laklarning teglari section yordamida ajratilishi kerak.
Sahifaning asosiy qismi
Matnlarni joylashtirishda bir muxim narsaga e’tibor qaratishimiz kerak. Barcha teglar, xususan matnga shakl beruvchi va uning qanday akslanishini aniqlovchilar ham, ikki toifaga bo’linadi: blokli va satrli teglar. Blokli teglar shunisi bilan farqlanadiki, ular o’zi joylashgan element maydonining barcha kengligini egallaydi, balandligi esa ichidagi ob’ektdarga bog’lik ravishda aniqlanadi, shu bilan birga doim yangi qatordan boshdanadi. Shuning uchun matnning davomidan ulanuvchi satrni blokli teglarga olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |