Gips haqida


Yog‘ochni modifikatsiyalash


Download 25.23 Kb.
bet7/10
Sana03.02.2023
Hajmi25.23 Kb.
#1151850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gips haqida

Yog‘ochni modifikatsiyalash. Yumshoq yog‘ochlami (qarag'ay. oqqavin, terak. osina. olxa va boshq.) polimerlarda shimdirib fizikmexanik va ekspluatatsiya xossalarini keskin yaxshilash mumkin. Yog'ochni shimdirish uchun fcnol-formaldcgid, karbamidformaldegid, furan. poliefir. kremnivorganik va sh.k. polimerlar va metilmetakrilat, stirol kabi monomerlar, polimer emulsiyalar va Uitekslar ishlatiladi. Yog'ochni shimdirish ikkita asosiy jarayondan iborat: yog'ochni polimcrda (oligomerda, monomerda) shimdirish va ularni qotirish. Buning uchun yog'och avval tozalangan. quritilgan bo'lishi kerak. Yog'och metilmetakrilat (stirol) monomerida shimdirilsa. tolalari bo'ylab siqilishidagi mustahkamligi 2-3 marta, tolalariga ko'ndalang yo‘nalishda 4—6 marta ortadi. Bunda yediriluvchanligi 2 marta kamavadi. Yog'och furan polimerlari bilan shimdirilganda, mustahkamligi 1.5—2, qattiqligi 2 marta ortadi, agressiv muhitlarga bardoshli bo'Iadi. Polimcilarda shimdirilgan yog'och biologik muhitlarga ehidamli va qiyin yonadigan bo'Iadi. Yumshoq yog'ochlarni polimerlarda shimdirib. qattiq yog'ochlardan tayyorlanadigan parket (dub, yasen. buk va sh.k.). plintus. galtel, eshik va rom qismlari olinadi. Modifikatsiyalangan yog'och asosida nam va agressiv muhitlarda ishlaydigan yig'ma yog'och konstruksiyalar, buyumlar va qismlar tayyorlanadi.
Bitumlarni modifikatsiyalash. Bitum asosidagi kompozitsion qurilish materiallarining xossalarini yaxshilash uchun ular polimerlar bilan modifikatsiyalanadi. Bunda biium matritsa. polimer esa dispers faza vazifasini o'taydi. Polimer bitum tarkibiga oz miqdorda (2 -4 %. hajm bo'yicha) kiritilsa. dispers mustahkamlangan kompozitsiya, ko'p miqdorda qo'shilsa. kompozitsiyaning tolali va smolasimon lizimi hosil bo'Iadi. Modifikatsiyalangan bitum kompozitsiyalari yuqori mustahkamlik, elastiklik, yoriqlar hosil bo'lishiga bardoshlilik, kimyoviy muhitlarga chidam lilik xossalariga ega bo'Iadi. Bitum lar butilkauchiik, polietilen, pohpropilen, lermoreaktrv polimer va sh.k. lar bilan modifikatsiyalanadi. Ular mastikalar. germetiklar, tombop va gidroizolatsiya asosli va asossiz o'rama materiallari, asfaltpolimcrli betonlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Download 25.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling