Gips haqida


Download 25.23 Kb.
bet8/10
Sana03.02.2023
Hajmi25.23 Kb.
#1151850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gips haqida

Moy-smolali loklar organik erituvchilarda eritilgan o'simlik moylari bilan modifitsirlangan tabiiy hamda alkid smolalardan (gliftalli. pentaftalli va boshq.) iborat qorishmadir. Ular, asosan binolarning ichida moyli bo'yoqlar ustidan qoplashda. yog'och yuzalarni va konstruksiyalami himoyalashda ishlatiladi Bundan tashqari, ular tashqi metall va yog'och konstruksiyalami qoplashda, emallarni suyultirishda. mastika va shpaklovkalar tayyorlashda qo'llaniladi. Moysiz sintetik loklar, asosan, perxlorvinil smolasini organik erituvchilarda eritib olinadi. Ular rangsiz, 20“C haroratda 2 soatda quriydi. Moysiz sintetik loklar moyli bo'yoqlar ustiga surtish, qurilish buyumlarini atmosfera muhitidan himoyalashda ishlatiladi. Karbamid-formaldegid polimeri asosida olingan moysiz sintetik loklar parkct pollarni, yog'och-tolali va yog'och payrahali plitalarni, duradgorlik buyumlarini qoplash uchun qo'llaniladi.
Suv-dispersiyali latekslar ichida eng keng tarqalgani polivinilatsetat emulsion bo'yoqlardir. Ular polivinilasetat polimerining suvdagi dispcrsiyasi bo'lib, dibutilftalat bilan plastifitsirlanadi va xossalarini yaxshilash maqsadida tarkibiga pigment va modifitsirlovchi qo'shimchahr kiritiladi. Olingan dispersion bo'yoq atmosfera 250 va nam sharoitga ehidamli va beton, suvoq. yog'och yuzalarga adgeziyasi yuqori bo'Iadi. Akrilat dispersion bo'yoqlar akril polimerlariiiing suvdagi emulsiyasi bo'lib, atmosfera muhitiga ehidamli va uzoq muddat xizmat qiladi. Akrilat latekslari bino va inshootlarni tashqi tomondan hamda namlik bo‘lishi ehtimoli bo'lgan xonalarni bezashda ishlatiladi. Kremnivorganik polimerlar asosida olingan latekslar gidrofoblik xossasiga ega boiadi. Ular issiq harorat ta’sirida uzoq muddat parchalanmaydi. Kremniyorganik latekslar bino, inshootlar va qurilish konstruksiyalarini qoplashda ishlatiladi. Butadiyenstirol emulsion bo‘yoqlar gliftal loklarning suvdagi dispersiyasi boiib, yuqori sifatli bezak qoplamalari hosil qilishda ishlatiladi. Hozirgi kunda yuvilmaydigan, uzoq muddat xizmat qiladigan, arzon, mahalliy komponentlar asosida olinadigan suvdispersiyali bo'yoqlar tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi.

Download 25.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling