Гис, керн ва синаш маълумотларини ўрганиш


Karbonat jinslarning namunalarida bo’shliqlarning (g’ovakliklarning) ko’rinishi


Download 449.99 Kb.
bet3/4
Sana25.06.2023
Hajmi449.99 Kb.
#1654745
1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza

Karbonat jinslarning namunalarida bo’shliqlarning (g’ovakliklarning) ko’rinishi
Darzliklarning hosil bo’lishi
Yer qobig’ining tektonik harakatlari natijasida qatlamlarda darzliklar hosil bo’ladi.
Darzliklar mexanik jipslashish yoki g’ovak
muhitni ikkilamchi minerallar bilan to’lishi
hisobiga ochiq va yopiq bo’lishi mumkin. Agar darzliklar atrofida jinslarning siljishi yuzaga
kelmasa yoki ahamiyatsiz bo’lsa, unda bunday
sistemalar darzlik deb yuritiladi. Tuzilmalar va surilmalar darzliklarga kirmaydi.
Darzli g’ovaklik katta emas va foizning ulushidan 2¬3% gacha yetadi.
Darzli g’ovaklikni ko’rinishi
Singdiruvchanlik (o’tkazuvchanlik) haqida tushuncha.
Singdiruvchanlik (o’tkazuvchanlik) k - bosimlar farqi bo’lganda tog’ jinslar ichidan suyuqlikni va gazlarni o’tkazish qobilliyati. O’tkazuvchanlik (singdiruvchanlik) koeffitsiyenti k - quruq jinsning ixtiyoriy bir jinsli suyuqlikni yoki gazni qovushqoq oqim sharoitida o’tkazuvchanlik qobiliyatini ta’riflaydi. O’tkazuvchanlik darajasi bo’yicha jinslar o’tkazuvchan (graviy, shag’al, qum) yarim o’tkazuvchan (mayda zarrali qum, torf, lyoss) va o’tkazmaydigan (gillar, zich cho’kindi va kristallik jinslar) bo’linadi.
Magnit xossalar
Tog’ jinslar va ma’danlarining eng muxim magnit xossalarga magnit qabul qiluvchanlik, magnit singdiruvchanlik, induksion magnitlanganlik, qoldiq magnitlanganlik va tabiiy qoldiq magnitlanganlik parametrlar kiradi.
Magnit qabul qiluvchanlik - tashqi magnit maydonning ta’sirida tog’ jinslarning magnitlanish qobiliyatini ta’riflaydi. Magnit singdiruvchanlik - tashqi magnit maydon ta’sirida tog’ jinslarning o’z induksiyasining o’zgartirish qobilliyati. Induksion magnitlanganlik- magnit maydon ta’sirida xosil bo’lgan va ta’siri bo’lmagan vaqtida yo’qolgan magnitlanganlik. Qoldiq magnitlanganlik - magnit maydon ta’sirida xosil bo’lib va ta’siri bo’lmagan paytida sakllangan magnitlanganlik. Tabiiy qoldiq magnitlanganlik - Yerning qadimiy yoki zamonaviy magnit maydoni ta’sirida xosil bo’lgan qoldiq magnitlanganlik.

Download 449.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling