Gistologiya javoblari
Bir qavatli ko’p qatorli epiteliy
Download 154.37 Kb.
|
Gistologiya javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy.
Bir qavatli ko’p qatorli epiteliy. Bu epiteliy nafas yullarining devorini va jinsiy sistemaning ayrim qismlarini qoplaydi. Bu epiteliyda har bir hujayra bazal membranada yotadi, hujayralarning shakli turlicha va shu sababli yadrolari har xil tekislikda yotadi (51-rasm). Kekirdak epiteliysida kiprikli silindrsimon, qadahsimon, yirik va kichik qo’shimcha hujayralar hamda endokrin hujayralar tafovut qilinadi. Qo’shimcha hujayralar o’zining keng yuzasi bilan bazal membrane tegib turadi. Kiprikli hujayralar bazal membranaga o`zining ingichka qismi bilan tegib turadi, keng yuzasi esa kekirdak teshigiga qaragan bo`ladi.
Kiprikli hujayralarning apikal yuzasida kiprikchalar bo`lib, har bir hujayrada 250 atrofida uchraydi. Kiprikchalarning harakatlanishi shilliq sekretning siljishiga ta’sir qiladi. Shilliq sekret bilan tashqaridan kirgan chang zarralari ham chiqariladi. Elektron mikroskopda kiprikchalar 2 ta markaziy va 9 juft periferik («Hujayra markazi, sentrosoma»ga q.) mikronaychalardan iboratligi aniqlangan 25. Кўп қаватли мугузланмайдиган эпителий, ривожланиш манбаи, тузилиши, регенерацияси Ko`p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy. Bu epiteliy og`iz bo`shlig`ining ichki yuzasini, qizilo`ngachning shilliq qavatini va ko`zning muguz pardasini qoplaydi U quyidagicha tuzilishga ega;. bazal membrana ustida silindrsimon shakldagi bazal qavat hujayralari yotadi. Uning ustida bir necha qavat bo’lib joylashgan ko`p qirrali hujayralarni ko`ramiz. Bu qavat tikanaksimon hujayralar qavati deb yuritiladi. Tikanaksimon hujayralar orasida hujayralararo ko`prikchalar mavjud. Elektron mikroskop orqali tekshirilganda bu ko`prikchalar sitoplazmatik o`simtalardan tashkil topganligi aniqlangan. Bu o`simtalar bir-biriga zich tegib turadi va bu yerda desmosomalar uchraydi. Desmosomalar hujayralarni o`simtalar orqali o`zaro bog`lab turadi. Bazal va tikanaksimon hujayralarning sitoplazmasida maxsus organellalar - tonofibrillalar joylashgan. Tonofibrillalar ingichka (5-6 nm) tonofilamentlardan tashkil topgan bo`lib, oqsil tabiatiga ega. U bazal hujayralarda epiteliy yuzasiga perpendikulyar, yuqori qavat hujayralarida hujayra yuzasiga parallel yotadi va ularda tayanch funktsiyasini bajaradi. Epiteliyning eng yuza qavatida yassilashgan hujayralar joylashgan. Bu hujayralar o`zining hayot siklini tugatib muguzlanmay tushib ketadi, shuning uchun ham bu muguzlan-maydigan epiteliy deyiladi. 26. Бир қаватли кубсимон эпителий: жойлашиши, тузилиши Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak kanalchalarida, bezlarning chiqaruv naylarida, kichik bronxlarda uchraydi (46-rasm). Kubsimon hujayralarning yadrosi dumaloq shaklda bo`lib, uning markazny qismida joylashadi Terminal bronxiolani qoplagan kubsimon hujayralarning apikal qismida kiprikchalar ko`rinadi. Buyrak kanalchalarining devorida joylashgan hujayralarning apikal qismida esa jiyak bo`lib, u barmoqsimon o`simtalardan - mikrovorsinkalardan tuzilgan, ular so`rilish yuzasini kengaytiradi. 27. Эпителий тўқимасининг асосий хусусиятлари Epiteliy to`qimasining kelib chiqishi va bajaradigan funktsiyalarining har xil bo`lishiga qaramasdan, boshqa to`qimalardan farq qiladigan umumiy belgilari ham mavjud. 1. Epiteliy to`qimasi zich joylashgan plast holidagi hujayralar to`plamidan iborat, hujayralararo modda deyarli bo`lmaydi. 2. Epiteliy to`qimasi doimo bazal membranada yotadi. 3. Epiteliy hujayralari bazal membranada joylashganligi uchun ular qutbli differensiallash xususiyatiga ega. Epiteliy hujayralarining apikal va bazal qismlari tafovut etilib, bu qismlar tuzilishi va funksiyasi bilan bir-biridan fars qiladi. 4. Epiteliy to`qimasida q o n t o m i r l a r bo`lmaydi, hujayralar bazal membrana orqali biriktiruvchi to`qimadan siffuz yo`l bilan oziqlanadi. 5. Epiteliy to`qimasi yuqori darajada q a y t a t i k l a n i s h xususiyatiga ega. 28. Бир қаватли эпителий турлари: тараққиёт манбалари, жойлашиши, тузилиши Download 154.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling