Gistologiya javoblari
Bir qavatli bir qatorli epiteliy
Download 154.37 Kb.
|
Gistologiya javoblari
Bir qavatli bir qatorli epiteliy. Bu epiteliy tuzilishini ta’riflanganda ko`pincha «bir qatorli» termini tushirib qoldiriladi va faqat «bir qavatli epiteliy» deb yuritiladi. Hujayralarning shakliga qarab bir qavatli y a s s i, k u b s i m o n, s i l i n d r s i m o n yoki prizmatik epiteliylar tafovut qilinadi.
Bir qavatli yassi epiteliy - mezoteliy (45-rasm). Mezoteliy tananing ikkilamchi bo`shlig`i yoki selom bo`shlig`ini hosil qiluvchi mezodermaning hosilasidir. Mezoteliy seroz pardalar - plevra va qorin pardasining pariyetal va vistseral varaqlarini, yurak oldi xaltachasi devorlarini qoplab turadi. Mezoteliy hujayralari (masalan, charvining yaxlit preparati) ust tomondan qaraganda notekis chegarali va turli shaklda ekanligi yaqqol ko`rinadi. Bu hujayralarning ikki yoki uchta yassilashgan yadrolari bo`lib, ular joylashgan joy bir oz bo`rtib turadi. Elektron mikroskopik tekshirishlar natijasida yassn epiteliy hujayralarining qorin bo`shlig`iga qaragan erkin yuzasida mikrovorsinkalar borligi aniqlandi. Mikrovorsinkalar mezoteliy yuzasini ancha kengaytiradi. Hujayralar bir-biri bilan desmosomalar yordamida bog`lanadi. Mezoteliy yuzasi silliq bo`lganligi sababli ichak peristaltikasida, yurakning qisqarishi, o`pkaning nafas ekskursiyasida„ organlarning sirpanma harakatlarida muhim rol o`ynaydi, hamda organlarning o`zaro yopishib qolmasligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, mezoteliy hujayralari fagotsitoz qilish xususiyatiga ham ega. Masalan, ular yot zarrachalarni, mikroblarni, melanin kiritmalarini qamrab oladi. Shuning uchun ham epitelny to`qimasi biriktiruvchi to`qima va tana bo`shliqlari o`rtasidagi «seroz-gemolimfatik to`siq»ni hosil qilishda ishtirok etadi. Mezoteliy yuksak fiziologik qayta tiklanish qobiliyatiga ega. Mezoteliy hujayralarining o’ziga xos xususiyati ulardagi dekompleksatsiya jarayonidir. Bu jarayon davomida hujayralarda desmosomalar yemiriladi, hujayralar qisqarib yumaloqlashadi va bazal membrana bilan aloqasi uziladi. Natijada hujayralar tana bo’shlig’iga ajraladi. Fiziologik holatlarda hujayralarning 4-6 % bo’shliq (peritoneal) suyuqlig’ida muallaq holatda uchraidi. Ajralib tushgan hujayralar o’rnini qo’shni hujayralar surilib to’ldiradi. Ularning atrofida esa boshqa hujayralarning bo’lishini ko’rish mumkin. Mezoteliyning shikastlangandan keyingi qayta tiklanishi turli xil umurtqalilarda turlicha bo`ladi. Masalan, sut emizuvchi hayvonlarda mezoteliyning shikastlanishi seroz pardalarni yallig`lanishga olib keladi. Bu paytda hujayralar shishib, ular orasidagi bog`lanish bo`shashadi va hujayralar degenerativ o`zgarishlarga uchrab ajralib tushadi. Shikastlangan joyning yonida hujayralarning mitoz bo`linishi ko`rinadi va pirovardida ko`p yadroli hujayralar paydo bo`ladi. Hujayralarning shikastlangan joyga sekin-asta surilishi natijasida ajralib tushgan hujayralar o`rni to`lib boradi. Patologik holatlarda esa ajralib tushgan hujayralar o`rnida teshikchalar hosil bo`ladi va ular stomatalar deb ataladi. 29. Секретор циклнинг асосий босқичлари Bez hujayralarining sekret ishlash jarayoni bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishiga sekretor sikl deb yuritiladi. Uni quyidagi 5 fazaga bo`lish mumkin: 1) hujayrada sekret ishlash uchun kerak bo`lgan moddalarning to`planishi; 2) hujayra ichidagi strukturalar ishtirokida sekretning sintezlanishi; 3) sekretor moddaning yetilishi; 4) yetilgan sekretor moddaning to`planishi; 5) sekretor moddaning ajralib chiqishi. 30. Эпидермис тузилиши Epidermis. Terining tashqi qavati bo’lib, ko’p qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliydan iborat (54-rasmga q.). Epidermis-ning qalinligi teri qoplamasining har xil joylarida turli qalinlikda (0,5-4 mm) bo’lsa-da, u umumiy tuzilishga egadir. Epidermisda 6 qavatni . ajratish mumkin: 1. Bazal qavat (stratum basale) 2. Tikansimon hujayralar qavati (stratum spinosum) ZDonador hujayralar qavati (stratum granul-osum). 4. YAltiroq tcavat (stratum Iucidurn). 5. Muguz qavat (stratum corneum) 6. Tushib ketuvchi qavat (stratum desqua mourn). Epidermisning hujayralari bazal qavatdan boshlanib, to-eng yuza muguz qavatga tomon surilib, yangilanib turadi. SHu qa-vatlarda epidermis hujayralarining differentciallanish va muguzlanish jarayonlarining turli davrlarini kuzatish mumkin. Download 154.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling