Gistologiya javoblari
Download 154.37 Kb.
|
Gistologiya javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Limfotsitopoez.
Gemogramma. Gemogramma tushunchasi qon shaklli elementlarining miqdoriy nisbati, gemoglobin miqdori, eritrotsitlarning cho`kish reaksiyasi (SOE), gematokrit ko`rsatkichi va boshqalarni o`z ichiga oladi. Bu ko`rsatkichlar meditsina praktikasida muhim ahamiyatga ega. Gemogrammani bilish har bir vrach uchun muhim ahamiyat kashf etadi. Turli leykotsitlar protsent miqdorining nisbati leykotsitar formula yoki Shilling formulasi deb ataladi. Hozirgi vaqtda normal leykotsitlar formula ko`rsatkichlari qilib quyidagilar qabul qilingan.
Leykotsitlar miqdori 1 mm3 qonda 3,8-9 ming (3,8-9x109/l) atrofida bo`ladi, shulardan: neytrofillar-65-70% ni (segmentlilari-60-65% ni, tayoqcha yadrolilar-2-4% ni, yosh neytrofillar yoki metamiyelotsitlar 0-0,5% ni), eozinofillar-2-5% ni, bazofillar-0,5-1% ni, limfotsitlar-20- 35% ni, monotsitlar-6-8% ni tashkil etadi 49. Лимфоцитопоэз. Асосий босқичлари Limfotsitopoez. Limfotsitopoez sxema tarzida bunday ifodalanadi: o`zak hujayra limfotsitopoezning boshlang`ich hujayrasiT, B-limfotsitlarning boshlang`ich hujayrasiT,-B-limfoblast T-, B-prolimfotsit T,B-limfotsit. Limfoblast tuzilishi jihatidan boshqa blast hujayralariga juda yaqin turadi. Ular yumaloq yoki oval shaklga ega bo`lib, sitoplazmasi bazofil bo`yaladi. Limfoblastlar birmuncha dag`al xromatinga ega bo`lgan yadro saqlab, yadrochalari kam sonli bo`ladi. Prolimfotsitlar yadrosida xromatin ancha zichlashgan, dag`alroq bo`lib, elektron mikroskopda yadrodagi botiqliknp ko`rish mumkin. Prolimfotsitlar va limfoblastlar sitoplazma-sida juda ko`p sonli erkin holda joylashgan ribosoma va polisomalar, sust rivojlangan Golji kompleksi va kam sonli mitoxondriyalar uchraydi. Limfoblastlardan limfotsitlar hosil bo`lguncha hujayralar bir necha bor mitotik bo`linadi. Limfotsitlarning umumiy yetilish davri taxminan 2 sutka davom etadi. Bir-biridan farq qiluvchi T-limfotsitlar va B-limfotsitlar sistemasi aniqlanishi bilan limfotsitopoez protsessi ana shu nuqtai nazardan ko`rib chiqiladigan bo`ldi. Bu ma’lumotlarga ko`ra T-limfotsitlar bo`qoq bezida ishlab chiqarilib, B-limfotsitlar qushlarda fabritsiy xaltachasida, odamlarda esa suyak ko`migida ishlanadi. Har ikki limfotsitlarning o`ziga xos vazifalari bo`lib, ular birgalikda organizmda ma’lum immunologik holatni ta’minlaydi. 50. Агранулоцитлар, уларнинг турлари ва аҳамияти Agranulotsitlar yoki donasiz leykotsitlar o`z sitoplazmalarida maxsus donachalar saqlamaydigan oq qon tanachalaridir. Ammo «agranulotsitlar» termini ko`p jihatdan shartli bo`lib, hujayralarning tuzilishini to`la ifodalamaydi. Tuzilishi va funksiyasi jihatidan agranulotsitlar limfotsitlarga va monotsitlarga bo`linadi Download 154.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling