Gistologiya javoblari


Yog’ to`qimasi (textus adiposus)


Download 154.37 Kb.
bet25/45
Sana16.06.2023
Hajmi154.37 Kb.
#1502553
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
Bog'liq
Gistologiya javoblari

Yog’ to`qimasi (textus adiposus). yog` hujayralari biriktiruvchi to`qimaning ma’lum qismlarida to`planib, yog` to`qimasini hosil qiladi. Ikki xil yog` to`qimasi tafovut qilinadi: oq va qo`ngir.
Oq yog` to`qimasi hujayralari yuqorida («yog` hujayralari» ga q.) tasvirlangan tuzilishga ega bo`lib, u yog` to`qimasining asosiy qismini tashkil etadi. Qo`ng`ir yog` to`qimasi odamda ilk yoshlik davrida (kuraklar atrofida va tananing yon taraflarida) uchraydi. Qo`ng`ir yog` to`qimasi hujayralari sitoplazmasida mayda yog` tomchilari orasida donador endoplazmatik to`r, Golji kompleksi, ko`p miqdorda mitoxondriya va glikogen kiritmalari joylashadi. Yog’ hujayralaridagi sitoxromlar yog` to`qimasiga qo`ng`ir tus beradi. Yog’ hujayralaridagi yog` to`plamlari energetik manba hisoblanadi. 100 g yog` yonganda energiyadan tashqari 107,1 g suv ajraladi. Shunday qilib, suv yetishmaganda yog` suv manbai bo`lib ham xizmat qiladi.
Metabolitik jarayonda qo`ng`ir yog` to`qimasi alohida o`rin tutadi. Uning metabolitik aktivligi oq yog` to`qmasiga nisbatan 20 marta yuqori. Organizm soviganda qo`ng`ir yog` to`qimasi mitoxondriyalarida fosforlanishning oksidlanishdan ajralishi natijasida issiqlik energiyasi ajralib, u organizmni isitadi. Yog’ to`qimasi mexanik funksiyani ham bajarib, organizmni turli ta’sirlardan saqlaydi (masalan, teri osti yog` kletchatkasi).

55. Асл бириктирувчи тўқиманинг ҳужайра таркиби. Плазмоцитларнинг морфофункционал тавсифи


Plazmotsitlar sut emizuvchilarda va, xususan, odamda ko`p uchrovchi hujayra turidir. U murtaklarda, taloq, limfa tuguni, jigar, ichakning shilliq qavatida va boshqa a’zolarda uchraydi. Plazmatik hujayralar oval yoki yumaloq shaklga ega bo`lib, yadrosi ekstsentrik joylashadi. Hujayra sitoplazmasi to`q bazofil bo`yaladi.
Elektron mikroskopda plazmotsit sitoplazmasida juda yaxshi rivojlangan donador endoplazmatik to`r, Golji kompleksi va erkin ribosomalarni ko`rish mumkin. Golji kompleksi atrofi-da lizosomalar ham uchraydi. Plazmotsitlarning asosiy vazifasi immunoglobulinlar yoki antitelolar ishlab chiqarishdir. Hozirgi vaqtda immunoglobulinlarning asosan 5 sinfi (A, G, M, D, E) plazmatik hujayrada hosil bo`lishi tasdiqlangan. Bu moddalar donador endoplazmatik to`rda vujudga kelib, boshqa a’zo hujayralaridagi singari sekretor konveyerga tushib, hujayradan tashqariga chiqariladi. Sekretor moddaning tashqariga chiqishi plazmotsitoz (sitoplazma bo`lakchalarining ajralnshi) yo`li bilan yuzaga chiqishi mumkin. Hozirgi davrda plazmatik hujayralarning B- limfotsitlardan hosil bo`lishi aniqlangan. Qonning o`zak hujayralaridan qushlarda Fabritsiy xaltachasi, sut emizuvchilarda esa qizil suyak ko`migida B-limfotsitlar hosil bo`ladi. B-limfotsitlar esa antitelolar ishlab chiqaruvchi plazmatik hujayralarga aylanishi mumkin.
Plazmatik hujayralarning bir necha turlari farqlanadi: plazmoblastlar, proplazmotsitlar va yetuk plazmatik hujayralar. Plazmoblast hujayrasida RNK to`planadi va bu hujayra intensiv oqsil sintez qiladi. Antitelolarning hosil bo`lishi plazmoblastlarning yetilgan plazmatik hujayraga aylanishi bilan bog`liq. Bunda bir necha ketma-ket hujayra bo`linib, bir plazmoblastdan o`nlab yetilgan plazmatik hujayralar hosil bo`ladi. Immunologik aktiv klon antigen kiritilgandan 1--2 kundan so`ng plazmoblastlarning bo`linishidan hosil bo`ladi. Plazmoblastlar tez bo`linuvchi hujayralardir. Ular proplazmotsitlar bosqichiga o`tib, ko`p miqdorda immunoglobulin hosil qiladi. Shu bilan ularda ko`payish qobiliyati saqlanib qoladi. So`ngra proplazmotsitlar yetilgan, ko`payish qobiliyatini yo`qotgan hujayralarga aylanadi. Hujayra bo`linishidan boshlab, ya’ni klon hosil bo`lishidan to yetilgan plazmatik hujayralar hosil bo`lguncha 3 sutka o`tadi. Antitelo hosil bo`lishining to`xtashi antitelo hosil qiluvchi hujayralar populyatsiyasiningso`nishi bilan bog`liq. Antigen to`qimaga tushganda unda plazmatik qatorning hamma hujayralari, ko`proq yetilgan plazmatik hujayralar bo`ladi. Lekin immunologik reaksiya boshlanishida avval antitelo hosil qiluvchi plazmoblastlar, undan so`ng yetilgan hujayralar ko`payadi. Immunologik reaksiyaga tayyorlik boshlang`ich hujayraga bog`liq bo`lib, yetilgan hujayralarga bog`liq emas. Bir plazmatik hujayra faqat bir immunologik spetsifik antitelo hosil qiladi
Asl biriktiruvchi to’qima tolali biriktiruvchi to`qima va maxsus xususiyatga ega bulgan biriktiruvchi to’qimaga bulinadi.
Tolali biriktiruvchi to’qimada hujayra elementlari va hujayralararo moddaning nisbati turlichadir. Siyrak shakllanmagan biriktiruvchi to’qimada hujayra elementlaoi ko’p bulib, hujayralararo tolalari esa kam. U asosan trofik, himoya va tayanch vazifalarni o’taydi. Tolalari ko’pligi Bilan keskin farq qiluvchi to’qima zich biriktiruvchi to’qimadir. U ko’prok tayanch vazifasini o’taydi Agar zich biriktiruvchi to’qima tolalari turli yunalishda yotsa – shakllanmagan, tolalar tartibli joylashsa shakllangan zich biriktiruvchi to’qima deb yuritiladi. Ularni sxematik ravishda quyidagicha ifodalash mumkin.

Asl biriktiruvchi to’qima


__________________________________________________

Tolali biriktiruvchi to’qima Maxsus xususiyatga ega


biriktiruvchi to’qima (retiku-

Siyrak shakllanmagan Zich biriktiruvchi lyar, yog’, shillik, pigmentli


biriktiruvchi to’qima to’qima biriktiruvchi to’qima)

Shakllanmagan Shakllangan


biriktiruvchi to’qima biriktiruvchi to’qima
(teri, derma qismining (pay, obroz membranalar,
to’rsimon qavati) plastinkasimon va elastik
to’qimalar)
56. Пайнинг тузилиши

Download 154.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling