Mavzu: Insulin ishlab chiqarish biotexnologiyasi


Download 49.33 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi49.33 Kb.
#1603835
  1   2
Bog'liq
Marjona-Insulin ishlab chiqarish biotexnologiyasi


Mavzu: Insulin ishlab chiqarish biotexnologiyasi.

Reja:
1.Insulin tarkibi, tuzilishi


2.insulin ishlab chiqarish bosqichlari, texnologik sxemasi.

Organizmda insulin miqdorini oshiruvchi mahsulotlar
Insulin – oshqozon osti bezida ishlab chiqariladigan va inson organizmida uglevod almashinuvini tartibga soluvchi oqsil gormoni. Uning darajasi yuqori
Tanadagi insulinning optimal miqdori keraksiz glyukozadan foydalanishni ta’minlaydi. Shu bilan birga, organizmda insulinning ortiqcha ishlab chiqarilishi bilan insulin qarshiligi paydo bo‘lishi mumkin, ya’ni uning ta’siriga nisbatan sezuvchanligi pasayadi. Bu esa o‘z navbatida ikkinchi toifa diabetga olib kelishi mumkin.
Yuqori insulin darajasining asosiy sababi oddiy uglevodlar va yuqori glisemik indeksli oziq-ovqatlarni ortiqcha iste’mol qilishdir. Oddiy uglevodlar – bu fruktoza, glyukoza, saxaroza va laktoza. Oddiy uglevodlarga boy mahsulotlarga, masalan, rezavorlar, mevalar, asal va boshqa shirinliklar, sut va un mahsulotlari, shakarli gazlangan ichimlik va sharbatlar, kraxmalli sabzavotlar misol bo‘la oladi. Murakkab uglevodlar va kletchatkadan farqli o‘laroq, oddiy uglevodlar bir necha daqiqada shakarga aylanadi, bu esa insulin darajasining oshishiga olib keladi.


Ammo yuqori glisemik indeksli mahsulotlar haqida nima deyish mumkin? Glisemik indeksi 70 dan balandi – yuqori qiymat, 35 dan quyisi past hisoblanadi. Eng yuqori glisemik indeksga ega bo‘lgan mahsulotlarga kartoshka, shirin makkajo‘xori, oq non, guruch, xurmo, guruch unini misol qilish mumkin. Ushbu mahsulotlar qonda shakarning keskin oshishiga olib keladi, keyinchalik ochlik hissi paydo bo‘ladi va metabolizmni buzadi. Shuning uchun ulardan iste’mol minimallashtirish yoki foydaliroq mahsulotlar bilan to‘liq almashtirish tavsiya etiladi. Glisemik indeksi past bo‘lgan sog‘lom ovqatlar orasida diyetologlar ratsionga brokkoli, avokado, baqlajon va boshqa mahsulotlarni kiritishni tavsiya qiladi.Insulin - 51 ta aminokislota qoldiqlaridan iborat, ikki zanjirli polipeptid, pancreas Langergans orolchalarining β - hujayralarida hosil bo`ladi, ma`lum miqdorda so`lak bezlaridan ham ajraladi. Molekulyar massasi – 6000. Kalta (A) zanjirida 21ta, nisbatan uzun zanjirida (B) 30 ta aminokislota qoldiqlari bor. Ikkala zanjir o`zaro disulfid ko`prikchalari (7-7 va 20-19) orqali bog`langan. Aniqlanishicha, insulin dastlab 84 ta aminokislota qoldiqlaridan iborat proinsulin sifatida sintezlanadi, so`ngra karboksipeptidaza ta`sirida insulin va 33 ta aminokislota qoldiqlari C-peptidga parchalanadi. Insulinni birlamchi strukturasini Senjer (1953) fazoviy strukturasini esa D.Xodjkin (1972) aniqlagan. Insulin barcha umurtqalilarda topilgan, ularning 20 tadan ortiq turlarida birlamchi strukturasi aniqlanib, o`xshashligi ta`kidlangan. Turlararo farq A zanjirning 8-10 –, β zanjirning 30–holatida topilgan. Hozirgi vaqtda odam insulinini kimyoviy va molekulyar-biologik (gen-injenerligi) sintezi amalga oshirilgan.
Insulinning alohida olingan zanjirlari biologik faollikka ega emas. Insulin
metabolizmning asosiy regulyatori hisoblanib, turli to`qimalarda glikogen sintezi
va glyukoza sarf bo`lishini boshqaradi, oqsillar va yog`lar sintezini stimullaydi. Insulinning qondagi transport shakli erkin va asosan a - globulinlar bilan bog`langan. Insulin sintezi teskari aloqa yo`li bilan glyukoza tomonidan boshqariladi, uning yetishmasligi qandli diabetni keltirib chiqaradi. Kasallikni asosiy belgisi – qonda glyukoza miqdorini ko`payib ketishi, ya`ni – giperglikemiya, glikogen sintezi susayadi, lipoliz va glyukoneogenez tezlashadi.
Ta`sir mexanizmi quyidagi zanjir bo`yicha amalga oshiriladi:
Geksokinaza → insulin → membrana retseptorlari – sial kislotasi - Na+,
ATF-sintetaza, sAMF aktivatsiyasi.




Download 49.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling