Giyohvandlik asr vabosi


Download 16.64 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi16.64 Kb.
#1002101
Bog'liq
“Giyohvandlik – asr vabosi”


Giyohvandlik – asr vabosi”
Inson hayotda yashar ekan, yaxshilikka intilib, yomonlikdan qaytib yashashga harakat qiladi. Lekin “yaxshilik” va “yomonlik” tushunchalariga har kim har xil taʼrif beradi. Hayot ezgulik bilan goʻzal. Ammo baʼzan ezgulikka yovuzlik koʻlanka soladi. "Asr vabosi” nomini olgan giyoxvandlik insonning osuda hayotiga raxna solib, ongini oʻziga boʻysundiruvchi zahri qotildir. Bu shunday qurolki, oʻz domiga ilintirgan odamni razolat dunyosiga yetaklaydi va bu jarayonda inson jamiyatdagi oʻrnini yoʻqota boshlaganini anglamay qoladi.
Giyohvandlik – XXI asrning global muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. Oʻrta asrlarda insoniyat hayotiga jiddiy xavf solgan vabo va oʻlat kabi ofatlar, bugungi sivilizatsiya zamoniga kelib oʻz oʻrnini giyohvandlik illatiga boʻshatib berdi, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlaganidek, qanchalik qiyin boʻlmasin, biz yoshlar tarbiyasi boʻyicha oʻzimizga xos va taʼsirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzgʻunchi va zararli gʻoyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, maʼnaviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Sogʻlom turmush tarzini olib borayotgan kishi bilib-bilmay bu koʻchaga kirib qolsa, oʻzining tinch, farovon va baxtli hayotini qora zulmatga aylantirishi ayni haqiqat. Giyohvand kishi nafaqat oʻziga, balki yaqinlariga ham toʻxtovsiz azob beradi.
Undan tugʻilajak farzandlar esa ota-onasining xatosi oqibatida bir umrga majruhlik qismatiga mubtalo boʻladilar. Zero, faqat sogʻlom ota-onadangina sogʻlom zurriyod dunyoga keladi.
Sogʻlom bola esa farovon kelajak demakdir. Baʼzan giyohvandlik qurboniga aylanib qolgan insonlarning qismatini koʻrib, ularga nisbatan nafrat, qahr va rahm tuygʻularining uygʻonishi tabiiy.
Ularning quriyotgan daraxt misol umri evaziga ayrim qora niyatli yovuz kimsalarning hamyoni toʻlmoqda. Qiyofasi odam, qilmishi zulm boʻlganlarning qora ogʻuni voyaga yetmagan yoshlar orasida tarqatib, uni isteʼmol qilishga targʻib qilayotganiga jim qarab turib boʻlmaydi, albatta. 
Statistik maʼlumotlarga koʻra dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yoʻliqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etmoqda. Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan koʻz yumadi. Shu bilan birga, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Davlatimizning oqilona siyosati fuqarolar jamiyatining har tomonlama komil, sogʻlom, oliyjanob fazilatlari, yuksak tafakkuri va maʼnaviyati, ijtimoiy faolligi bilan ajralib turadigan namunali jamiyat boʻlishiga qaratilgan. Mana shu xalqchil siyosatga asoslangan davlatimiz barcha turdagi giyohvandlikka qarshi izchil kurash olib bormoqda.
Ommaviy axborot vositalari orqali dunyoda “asr vabosi” deb nom olgan giyohvand­likning inson sogʻligʻiga zarari va uning ayanchli oqibatlari haqida baralla aytilmoqda va keng tushuntirilmoqda.
Dunyoqarashi endigina shakllanib borayotgan, bor kuch-gʻayratini faqat bilim olishga, izlanishga, hunar oʻrganishga sarflashi kerak boʻlgan bir paytda, oʻsmirlarni aldov yoʻli bilan giyohvandlik qurboniga aylantirayotgan kimsalar ozmi? Qanchadan-qancha oilalarning yostigʻini quritayotgan giyohvandlikka qarshi har bir inson oʻzi kurashmogʻi, tashqi taʼsirlardan himoyalanmogʻi lozim.
Sogʻlom avlod oʻtmishi qadim, tuprogʻi oltin, osmoni musaffo Oʻzbekistonning kelajak vorislaridir. Ularni mana shunday sogʻlom muhitda, ezgu tushunchalarni yuraklariga joylab voyaga yetkazaylikki, hech qanaqa tashqi salbiy xurujlar va qora illatlar oʻpqoni ularni oʻziga jalb qila olmasin.
Giyohvandlik koʻchasiga kirib qolish kishilarda turli xilda kechadi. Baʼzilar toʻqlikka shoʻxlik qilsa, boshqalar oʻzi bilmagan holda aldovlar natijasida uning qurboniga aylanadi. Ushbu illatga ruju qoʻyganlarning, ayniqsa, yoshlarning bu ajal girdobiga tushib qolishida koʻpincha oiladagi muhit yoki beeʼtiborlik sabab boʻladi.
Yoshlarning boʻsh vaqtini bekor oʻtkazishi, ota-onalarning farzandini haddan tashqari erkalatishi va ular tarbiyasiga beparvoligi yuqorida keltirilgan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Farzandning sogʻ-salomat dunyoga kelishi, unib-oʻsishi, jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishi, eng avvalo, oila boshliqlariga bogʻliq. Bu borada mehribon ota-onalar zimmasiga katta masʼuliyat yuklanadi. Demak, “Asr vabosi” deb ataluvchi giyohvandlikning oldini olish, unga qarshi kurashishga faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlar emas, balki jamiyatdagi har bir inson masʼul.
Maqsad esa, dunyoni giyohvandlik balosidan saqlash, insoniyat salomatligini asrashdir. Giyohvandlik - inson maʼnaviyatiga zid boʻlgan, uning ijtimoiy-ruhiy holatini butkul izdan chiqaradigan gʻoyat xatarli illat, bedavo xastalik.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, oʻrtacha yigirma besh yil umr koʻrishligi, giyohvand faqatgina oʻz sogʻligini yoʻqotmay, balki oʻz xatti xarakatlarini ham nazorat qila olmasligi, u nafaqat bir shaxsni, balki butun bir xalqni, millatni yoʻq qilib yuborishga qodirligi va giyohvandlar asosan 16 yoshdan 35 yoshgacha boʻlib aksariyati oʻziga toʻq oilalardan boʻlib, giyohvandlik ijtimoiy xavfga ham ega.
Jinoyatchilikka qarshi kurashishga tegishli eng oʻtkir va dolzarb muammolardan biri giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish muammosidir. Bugungi kunda giyohvandlik yer shari aholisining istisnosiz barcha qatlamlarini oʻz domiga tortib oldi desak, mubolagʻa boʻlmasa kerak.
Yaqin va Oʻrta Sharq, Osiyo davlatlari haqli ravishda giyohvandlik eng avj olgan “markazlar” hisoblanadi. BMT maʼlumotlariga koʻra, opium xom ashyosining uchdan ikki qismi Tailand, Birma va Laosga toʻgʻri kelmoqda. Lotin Amerikasi mamlakatlari ham giyohvand moddalar xom ashyosining tarqatilishida katta ulushga ega. Oʻtgan asrning 1980-yillari oxiridan boshlab, ushbu sohaga oid jinoyatlar sonining koʻpayishi sobiq SSSR, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham qayd qilina boshlandi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining hududi giyohvandlik vositalarini Rossiya Federsiyasiga va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlariga yetkazib berish uchun tranzit hudud hisoblanadi.
Insoniyat anchadan beri giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishning samaraliroq ijtimoiy, siyosiy, tibbiy va huquqiy usullarini topishga urinib kelmoqda.
Aksariyat mamlakatlarda giyohvandlik vositalarining gʻayriqonuniy tayyorlanishi va isteʼmol qilinishining tez surʼatlarda koʻpayib borayotgani soʻnggi oʻn yilliklardagi eng xavfli tendensiyalardan bittasidir. Giyohvandlik moddalarining butun dunyo boʻylab noqonuniy tarzda tarqatilayotgan umumiy hajmidan 10-15 foizi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan aniqlanmoqda xolos.
Giyohvandlikka bogʻliq vaziyatning ogʻirlashib borayotgani barcha mamlakatlarning aksariyati – 158 ta davlatni (dunyo mamlakatlarining 80 foizi) narkotiklarni nazorat qilish boʻyicha xalqaro konvensiyalarga birlashishga undadi.
Giyohvand moddalar savdosi muammosi irqiy, jinsi, diniy va milliy chegaralarini bilmaydi. Giyohvand moddalar savdosi va u bilan bogʻliq boshqa uyushgan jinoyatchilik turlari oʻrtasida barqaror bogʻliqlik mavjud. Shunday qilib, hozirgi vaqtda giyohvandlik global ijtimoiy muammo xarakterini kasb yetmoqda. Odamlar salomatligi va farovonligiga yetkazilgan zarar, jamiyat va davlat hayotining iqtisodiy, madaniy va siyosiy asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi xalqaro hamjamiyat saʼy-harakatlarini birlashtirishni, xalqaro-huquqiy choralarni koʻrishni talab qiladi. Giyohvand moddalar savdosi va giyohvand moddalar savdosi bilan bogʻliq uyushgan jinoyatchilikning oldini olish muammolariga alohida eʼtibor qaratish lozim. Bu yerda oʻzaro hamkorlik va xalqaro hamkorlik katta ahamiyatga ega. Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanishi bilan ushbu sohadagi hamkorlik ham oʻzgarib bormoqda va davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xuddi shu narsa jinoyat ishlarini yuritish, shu jumladan jinoyatchilarni qidirish, hujjatlarni taqdim etish, guvohlarni soʻroq qilish, ashyoviy dalillarni yigʻish va boshqa tergov harakatlari boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatishda ham sodir boʻladi.
Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishiga samarali qarshi kurashishni tashkil qilish muammosi mamlakatda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish jarayonida obyektiv tarzda muhim oʻrin egallaydi. Davlatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar, jamiyat boshidan kechirayotgan qiyinchiliklar qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlardan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishning yanada mukammal va taʼsirchan tizimini yaratishni talab qilmoqda.
Download 16.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling