Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари
Download 4.66 Mb. Pdf ko'rish
|
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)
Neytral xelatlar - tashqi sferasi boʻlmagan kompleks birikmalar, yoki ularni
ichki kompleks birikmalar ham deyiladi. Ular barqaror, koʻpchilik hollarda kam eruvchan, intensiv rangli (quyuq rangli), organik erituvchilarda yaxshi ekstraksiyalanadi; ularning bu xususiyatlaridan amaliyotda elementlarni aniqlash, ajratish va miqdoriy aniqlashda keng koʻlamda foydalaniladi. Bunday birikmalarga misol tariqasida nikel dimetilglioksimat (Ni(DMG) 2 ) , magniy oksixinolinatlarni keltirishimiz mumkin: Koʻpchilik organik reagentlar ta‘siri juda ham spetsifik emas, ammo ozmi koʻpmi tanlab ta‘sir etuvchanlikga ega. Analogiya nazariyasi mavjud: bunda ayrim tur organik reagentlar ta‘siri bilan suv, ammiak, H 2 S kabi anorganik birikmalar ta‘sirida oʻxshashlik kuzatiladi. Bu nazariya boʻyicha suv bilan protolitik reaksiyaga kirishib kam eruvchan gidroksidlar hosil qiluvchi elementlar ionlari organik reagentlarning ROH turidagi reagentlari bilan ham kam eruvchan birikma hosil qilishi kerak. Xuddi shunday H 2 S bilan kam eruvchan sulfidlar hosil qiladigan metall ionlari R-SH turida organik reagentlar bilan choʻkma hosil qilish kerak. Yoki H-NH 2 bilan oʻzaro ta‘sirlashadigan metall ionlari R-NH 2 , bilan oʻzaro ta‘sirlashishi kerak. Undan N C C N Ni O- H O N C CH3 O H O- N H3C C CH3 H3C 5 2+ 5 6 6 N Mg O N O .OH2 H2O. 5 5 35 tashqari, koʻpincha organik va anorganik reagentlar bilan bir xil turdagi reaksiyalar hosil qiluvchi metall ionlari ma‘lum qatorga joylashadi va oldingisiga nisbatan keyingi metall ion organik va anorganik reagentlar bilan koʻproq kislotali sharoitlarda reaksiyaga kirishuvchandir. Ammo bunday qatordan ayrim chetlanishlar ham boʻladi. Reagentning tanlab ta‘sir etuvchanligini turli omillardan foydalanish bilan amalga oshirish mumkin, bunga eng avval turli oʻrinbosarlar kiritish bilan erishish mumkin. Hajmdor oʻrinbosar bogʻ hosil qilishga olib keladigan orbitallarni qoplashga toʻsqinlik qiladi. Bunday oʻrinbosarlarni kiritishda reagent faqat oʻlchami katta boʻlgan ionlar bilan reaksiyaga kirishadi yoki umuman reaksiyaga kirishmaydi. Yoki bogʻ hosil qilishga halaqit bermaydigan oʻrinbosarlar kiritish hosil boʻlgan birikmaning barqarorligiga, rangining intensivligiga, eruvchanligiga ta‘sir etishi mumkin. -SO 3 H guruhlarni kiritish eruvchanlikni oshiradi, SN 3 - guruhlar kiritilishi yoki aromatik halqalar kiritilishi eruvchanlikni kamaytirishga (ham reagentning, ham uning metall ioni bilan birikmasini) olib keladi. Fazoviy qiyinchilikga olib kelmaydigan va kompleks hosil qilishda ishtirok etmaydigan elektrofil oʻrinbosarlar ligand-donori atomning asos xossasini oshiradi va barqaror komplekslar hosil qilishga olib keladi. Masalan 8-oksixinolin molekulasiga galogenlarning kiritilishi (5,7 holatlarga) azot va kislorod atomlarining asosligini oshiradi, bu esa ligandlarning metallar bilan kompleksining barqarorligini oshiradi. Masalan 5,7-dibrom oksixinolin Fe (III),Su(II) va boshqa ionlar bilan 8- oksixinolinga qaraganda barqaror komplekslar hosil qiladi. Download 4.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling