Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари


Download 4.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/55
Sana17.10.2023
Hajmi4.66 Mb.
#1706774
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)

 
1.4. Klatrat birikmalar 
Supramolekulyar kimyoning birinchi oʻrganilgan obyektlari klatrat 
birikmalar hisoblanadi. Klatratlar – bu mehmon deb ataladigan molekulalarni 
mezbon deb nomlanuvchi boshqa molekulalar karkasiga kiritishdan hosil boʻlgan 
birikmalardir. Mehmon va mezbon molekulalar orasida Van-der-Vals oʻzaro ta‘sir 
kuchlari va vodorod bogʻlanishlardan boshqa ta‘sirlashishlar boʻlmaydi. 
Klatratlarning termodinamik barqarorligi mezbon molekulasi karkasida mehmon 
molekulasini qulay joylashish geometriyasi bilan ta‘minlanadi.
Xossalari bir–biridan farq qiluvchi modda molekulalari oʻzaro kimyoviy 
bogʻlarsiz birikmalar hosil qilishi natijasida klatrat birikmalar hosil boʻladi.
Fazoviy toʻsiqlar tufayli yoki kanallarda ushlanib qolishi tufayli hosil boʻladigan 
bunday birikmalarning tarkibi odatda oʻzgaruvchan boʻlib, ular ichida joylashadi 
va klatrat birikmalar deyiladi.
Klatrat soʻzi lotincha (“clathratus‖-―qamalgan‖ ―kiritilgan‖) soʻzdan 
olingan boʻlib, clatri- ―katak‖ degan ma‘noni anglatadi. Xossalari biri-biridan 
keskin farq qiladigan, ya‘ni suvda yaxshi eriydigan, lekin efirda erimaydigan 
mochevina efirda yaxshi eriydigan va suvda erimaydigan uglevodorodlar bilan 
klatrat birikmalar hosil qiladi, bu kabi birikmlardagi bogʻlarning tabiati rentgen 
struktur analiz usuli yordamida oʻrganiladi.


24 
1941-yili mochevinaning yettita va undan ortiq uglerod atomi tutuvchi 
normal alkanlar bilan kristall tuzilishli birikmalar hosil qilishi aniqlandi. Dastlab 
bunday birikmalarning tuzilishini tushuntirib boʻlmadi, 1949-yilga kelib, 
rentgenstruktura analizi usuli yaratilgach bunday moddalarning tuzilishini 
tushuntirish imkoni yaratildi. 
1949-yilda V.Shlenk tomonidan mochevina va tiomochevinaning kanalli 
birikmalari uchun "Kiritish birikmalari" (KB) atamasini kiritilgan. Dastlab 
"klatrat" atamasi faqat hujayraning ―kiritish birikmalari‖ uchun qoʻllanilgan. 
Hozirda "Kiritish birikmalari" atamasi tarkibidagi boʻshliq shaklidan qat‘iy nazar,
mehmon va mezbon oʻrtasida oʻziga xos kimyoviy oʻzaro ta‘sirlar mavjud 
boʻlmagan barcha birikmalar uchun qoʻllaniladi.
Aniqlanishicha, mochevina va uning analoglaridan boʻlgan tiomochevina 
molekulalari birikmada n-alkanlar bilan uzun zanjirli qattiq klatratlarni hosil qiladi. 
Natijada, karbamid molekulalari minimal Van- der -Vaals ta‘sirdan iborat boʻlgan 
diametri 5,5-5,8 A ga teng xiral spiral ichi boʻsh naycha hosil qiladi va bu naycha 
ichida kichik molekulali mehmonlarni oʻz ichiga olishi sababli «kirishish birikma‖ 
lari hosil boʻladi. Kanalning ichida ―mehmon‖ uglevodorod molekulasi joylashadi, 
mochevina esa ―mezbon‖ hisoblanadi va ―mehmon‖ - ―mezbon‖ molekulalar 
orasida kimyoviy bogʻ hosil boʻlmaydi. Kristall panaja hosil qilgan mochevina 
molekulalari bir-biri bilan oʻzaro vodorod bogʻlari orqali birikadi, vodorod 
bogʻidan tashqari mochevina molekulalari orasida Van-der-Vaals kuchlari ham 
ta‘sir qiladi. Van-der-Vaals ta‘sir kuchlari mochevina va ―mehmon‖ molekulalari 
oʻrtasida ham mavjud boʻladi. Bunday birkmalarga «kiritish birikmalari‖ deyiladi.
Masalan, butadien mochevina bilan, yod sellyuloza bilan, izopropil spirt 
ham ana shunday qattiq klatrat birikmalarni hosil qiladilar.
Mochevinaning barcha klatrat birikmalari kristall moddalar boʻlib, 
geksagonal tuzilishga ega. Mochevina kristall panjarasining tuzilishi tetragonal 
tuzilgan, kirishish birikmalari hosil boʻlganda u kengayib, geksagonal tuzilishga 
oʻtadi. Shu holdagina ―mehmon‖ molekulalari geksagonal naychaning ichiga qulay 
joylasha oladi. Kanal ―devor‖larini oʻzaro vodorod bogʻlanishlar orqali bogʻlangan 


25 
mochevina molekulalari hosil qiladi. Bunda har qaysi kislorod atomi ikkita -NH
2
(aniqrogʻi, har qaysi azot atomidagi ikkitadan, jami toʻrtta vodorod) atomi bilan 
vodorod bogʻlar hosil qilib, bogʻlanadi. Har bir azot atomi ham ikkita kislorod 
atomi yoki qoʻshni molekulaning oltingugurt atomi bilan vodorod atomlari orqali 
bogʻlanadi.
4-rasm. (a) Mochevinaning mehmon molekulasi sifatida bitta kanalining tasviri. 

Download 4.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling