Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари


Download 4.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/55
Sana17.10.2023
Hajmi4.66 Mb.
#1706774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Bog'liq
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)

Emil 
German 

sher (nem. Hermann Emil Fischer) (1852-1919), Oyskirxenda 
tadbirkor oilasida dunyoga kelgan. Nemis kimyogari, 1902-yil kimyo fanidagi kashfiyotlari 
uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Shakar va purinning xossalariga doir, shuningdek, 
glyukoza sintezi boʻyicha faoliyat olib borgan. Emil Fisher oqsil tuzilishiga xos peptid 
nazariyasini taklif qildi va ishlab chiqdi. Dietilbarbitur kislotasi va polipeptidlar sinteziga doir 
tadqiqot olib borgan.
3) Uchinchi postulat 1893 yilda A.Verner tomonidan ta‘riflangan. Verner 
postulati boʻyicha, mezbon va mehmon orasida oʻzaro selektiv bogʻlanish mavjud 
boʻlib, shu ta‘sir orqali ular tortishib turadi. Bu nazariya Vernerning koordinatsion 
nazaryasi sifatida metall ionlari ligandlar sferasini koordinatsiyalaydi, degan 
qoidaga muvofiq keladi. 
Yuqoridagi har uchta postulatda ham (retseptor, ―qulf-kalit‖ analogiyasi va 
koordinatsiya) mezbon va mehmon orasidagi oʻzaro tasir borligi sababli ular bir- 
biri bilan ―qulf-kalit‖ga oʻxshash ta‘sirini koʻrsatgan va bu uchta qoida yillar oʻtib, 
supramolekulyar kimyoning rivojlanishiga juda katta ilmiy asos boʻldi. 
Bu uch tushuncha mohiyatan bir-biridan mustaqil ravishda vujudga kelib, bu 
soqaga tegishli turli fanlar birlashib, fanlararo soha — supramolekulyar kimyo fani
vujudga keltirgunga qadar koʻp yillar oʻtdi. 


20 
 
Alfred Verner (nem. Alfred Werner) (1866-1919), Myuluz (Frantsiya) da boy katolik 
oilasida dunyoga kelgan. Shvetsariya kimyogari, kompleks birikmalar kimyosining asosini 
tashkil etuvchi koordinatsion nazariyaning asoschisi. 1913-yilda Nobel mukofotiga sazovor 
boʻlgan. Noorganik birikmalarning tuzilishiga doir ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Juda koʻp 
rivojlangan mamlakatlar ilmiy jamiyatlari Gyottingen, Erlangen, Moskva, Lozanni, London,
Filadelfi, Vashington) va ilmiy markazlariga a‘zo boʻlgan. Fransiya Xalq ta‘limi va tasviriy 
san‘at vazirligining ―xalq ta‘limi ofitseri‖ faxriy unvoniga sazovor boʻlgan. 
Supromalekulyar kimyoni oʻrganish natijasida Robert Kox va uning shogirdi 
P.Erlix bir qator yuqumli (infeksion) kasaliklarni davolashda qoʻllash imkonini 
beradigan yangi supramolekulyar birikmalarni olishga muvaffaq boʻldi. 
Tadqiqotlari davomida metilen zangorisini sil tayoqchasini davolashga qoʻllashni 
taklif qildi.
Shundan soʻng supromalekulyar kimyo juda katta tezlikda taraqqiy eta 
boshladi. Masalan, P.Ehrlix bir qator yuqumli kasalliklarni davolash bilan bogʻliq 
tadqiqotlar bilan shug'ullandi. Tadqiqotlari jarayonida u metilen ko'k bo'yog'ining 
ba'zi tirik hujayralarga hayratlanarli darajada yaqinlashishini va ularni qizg'in ko'k 
rangga bo'yashini payqadi. 


21 
Agar ma'lum hujayralar bo'yalgan bo'lsa, - deb o'yladi Erlix, ehtimol, faqat 
kasallik tashuvchilarni bo'yaydigan va shu bilan birga ularni tananing o'z 
hujayralariga hujum qilmasdan yo'q qiladigan bo'yoqlar ham mavjud bo`lishi 
mumkinku? Nihoyat, 1910 yilda Erlix ―sifilis‖ kasalligini ―salvarsan‖ dori 
preparati bilan davolash usulini ishlab chiqdi –( ―Salvarsan‖ ushbu kasallik uchun 
eng samarali dori vositalaridan biridir. Natijada u zamonaviy kimyoterapiyaning 
asoschisiga aylandi. 

Download 4.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling