Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари


Download 4.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/55
Sana17.10.2023
Hajmi4.66 Mb.
#1706774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)

SZ BOSHI 
Oliy ta‘lim muassasalarining Kimyo magistraturasi mutaxassisliklarida
―Supramolekulyar birikmalar kimyosi‖ fanidan oʻquv kursi oʻtilishi 
rejalashtirilgan. Ushbu fan boʻyicha namunaviy oʻquv dasturida keltirilgan 
adabiyotlarning barchasi yangi boʻlib, XXI asrning birinchi oʻn yilligida nashr 
qilingan va keyingi vaqtlarda e‘lon qilingan qator manbalardagi ma‘lumotlar toʻla 
qamrab olinmagan. Bundan tashqari fan dasturida tavsiya qilingan adabiyotlar rus 
va ingliz tillarida yozilgan boʻlib, ulardan foydalanishda talabalar bir qator 
qiyinchiliklarga duch kelmoqlar.
Shu sababli mualliflar tomonidan zamonaviy kimyoning yangi sohalalaridan 
biri boʻlgan Supramolekulyar birikmalar kimyosining umumiy kursi boʻyicha 
oʻqilayotgan ma‘ruzalar, amaliy mashgʻulotlar va test variantlarini oʻz ichiga olgan 
oʻquv-metodik majmua asosida mazkur oʻquv qoʻllanma yaratildi. Qoʻllanmadagi 
ma‘lumotlar 2013-2022 -yillarda Guliston davlat universiteti va Berdah nomidagi 
Qoraqalpoq davlat universitetlarining tegishli kafedralarida (kimyo ta‘lim 
yoʻnalishlarida) sinovdan oʻtdi va kamchiliklari tuzatib borildi.
Oʻquv qoʻllanmada
supramolekulyar 
birikmalar 
toʻgʻrisida 
asosiy 
tushunchalar, supramolekulyar komplekslar, ularning tarkibi, tuzilishi va xossalari, 
supramolekulyar komplekslarning molekulalaridagi bogʻlanish tabiati hamda 
supramolekulyar ta‘sirlashuv mexanizmlari toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar kiritilgan. 
Bundan tashqari, oʻquv qoʻllanmada supramolekulyar birikmalarning sinflanishi, 
retseptorlar, xelat va makrotsiklik effektlar, termodinamik va kinetik 
tanlovchanligi, 
oʻsimliklar fotosintezining supramolekulyar xususiyatlari, 
molekulyar komplekslarning bogʻlanishi, kuchsiz vodorod bogʻlari, Van-der-Vals 
kuchlari, gidrofob ta‘sirlanishlarga doir dastlabki ma‘lumotlar keltirilgan. 
Shuningdek, 
supramolekulyar 
birikmalarning 
olinish 
usullari, 
ulardagi 
supramolekulyar ta‘sirlashuvlarning kimyoviy mexanizmlari ham oʻrin olgan. 
Qoʻllanmada supramolekulyar komplekslarning barqarorligini tadqiq qilish 
usullari, ularning qoʻllanilishi sohalari istiqbollari keng yoritilgan. 



Qoʻllanmaning har bir bobi soʻngida talabalarning fanni oʻzlashtirishi uchun 
nazorat savollari va testlari ham keltirilgan.
Ushbu 
oʻquv qoʻllanma kimyo fanining yangi sohasi boʻlgan 
supramolekulyar birikmalar kimyosini chuqur oʻrganishga jazm qilgan 
magistrantlar va talabalarga moʻljallangan boʻlib, undan ilmiy xodimlar, mustaqil 
tadqiqotchilar va kimyo fani oʻqituvchilari ham foydalanishlari mumkin. 
Talabalarni fanga qiziqtirish maqsadida, supramolekulyar birikmalar 
kimyosiga va fanning rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshgan va ushbu sohada
ma‘lum darajada ilmiy ishlar olib borgan olimlarning nomlari ham tegishli 
mavzularda kiritildi. Shuning uchun kitobdan ma‘lumotnoma sifatida ham 
foydalanish mumkin. 
Qoʻllanma supramolekulyar birikmalar kimyosi fanidan davlat tilida 
yaratilgan 
eng 
dastlabki 
oʻquv 
qoʻllanmalardan 
boʻlganligi 
sababli
kamchiliklardan xoli emas, shuning uchun mualliflar oʻzining mulohaza va foydali 
maslahatlarini bergan barcha olimlarga minnatdorchilik bildiradi. 
Mualliflar
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 




Download 4.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling