Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари
Download 4,66 Mb. Pdf ko'rish
|
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Kriptandlar, sferand va kavitandlar
Genrix German Robert Kox (
nem. Heinrich Hermann Robert Koch) nemis shifokori, mikrobiolog, gigienisti. Tadqiqotlari uchun 1905-yilda fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. 1876-yilda Kox kuydirgi kasalligi bakteriyasi qoʻzgʻatuvchisini (Bacillus anthracis) tanadan tashqarida ajratib olish va oʻstirishga muvaffaq boʻldi va birinchi marta uning hayot aylanishi va kasallikning rivojlanishidagi rolini batafsil tasvirlab berdi. 1882-yilda u sil kasalligining qoʻzgʻatuvchisini (Mycobacterium tuberculosis) topdi va keyin tuberkulin psevdo- vaksinani yaratdi. Uning tadqiqotlari Kox postulatlarini yaratishga olib keldi, ya‘ni ma‘lum mikroorganizmlarni oʻziga xos kasalliklar bilan bogʻlaydigan toʻrtta umumlashtirilgan prinsiplar seriyasi boʻlib, bu postulatlar keyingi epidemiologik tamoyillarga ta‘sir koʻrsatdi. Kox qoramol, qoʻylar orasida keng tarqalgan, odamlarga ham "oʻtishi" mumkin boʻlgan endemik kuydirgi kasalligi ustida tadqiqot olib bordi. Kasallik dolzarb boʻlib, fermerlarga katta zarar yetkazar edi. Mikroskop ostidagi tadqiqotlari va kuzatishlari uchun u ―osilgan tomchilar texnikasi‖ni ishlab chiqdi, bunda mikroblar shisha plastinkaning pastki qismidagi tomchida oʻstirildi. Oziqlantiruvchi vosita sifatida u sigir koʻzining shaffof jele suyuqligidan foydalangan. Shunday tajribalari asosida u kasal hayvonning qonida kuydirgi bakteriyalarini aniqlay oldi. Yara infeksiyalari etiologiyasi bo'yicha tadqiqotlari unga katta muvaffaqiyatlar olib keldi. 22 1.3. Kriptandlar, sferand va kavitandlar Kriptandlar - ikki yoki undan ortiq halqalardan tashkil topgan va metall kationlari bilan komplekslarda polidentat ligandlar rolini bajaradigan makrogeterotsiklik birikmalar oilasidir. Kriptandlarda tugun atomlari (barcha makrotsikllar uchun umumiy atomlar) uglerod yoki azot boʻlishi mumkin, sikldagi atomlar esa kislorod, oltingugurt yoki azot atomlaridan iborat boʻlishi mumkin. Kriptandlar suvda ham, organik erituvchilarda ham eriydigan suyuq yoki kristall moddalardir. Metall ionlari, asosan ishqoriy va ishqoriy yer metallari bilan kriptandlar juda kuchli kriptat komplekslarini hosil qiladi, bunda metall ioni atrofdagi atomlar tomonidan erituvchi molekulalari va qarama-qarshi ionlardan kuchli himoyalangan va bundan tashqari, ichki uch o'lchamli bo'shliqning o'lchamlari kationning o'lchamlariga qanchalik yaqin bo'lsa, bu komplekslar shunchalik barqaror bo'ladi. Tugun atomlari azot atomlari boʻlgan kriptandlar azokraun efirlaridan karboksilik kislota xloridlarini asillash va olingan bisiklik diamidlarni qaytarish yoʻli bilan olinadi. Uglerod atomlari tugunlarda joylashgan kriptandlar gidroksialkilkraun efirlaridan olinadi. D.Kram kraun efirlari va kriptantlar mehmon ionlarni qabul qilishga yetarli darajada yaxshi tashkillashmaganini e‘tiborga olib, avvaldan tashkillashtirilgan "molekula-konteyner" deb nomlanuvchi sferand va kavitandlar (3-rasm) sintezini amalga oshirdi. Ularning molekulyar tuzilishi ―kosacha‖ga (chasha) oʻxshab, devorlarida aromatik yadrolar, pastki – mehmon molekula zarrachalari oʻtiradigan qismida esa kislorod atomlari joylashgan. Oʻtkazilgan tadqiqotlar kraun efirlari va kriptandlarga qaraganda ishqoriy metallar bilan ancha barqaror komplekslar hosil qilishini koʻrsatdi. Shuningdek, kavitand kosachasiga CH 2 Cl 2 , CH 3 CN, SO 2 kabi katta boʻlmagan neytral molekulalar mustahkam ushlanib qolishi mumkin: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling