Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари
Download 4.66 Mb. Pdf ko'rish
|
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)
Mezbon
Mehmon Ta’sirlar Sinf Misol Kraun-efir metall kationi ion-dipol kompleks (kavitand) [K+(18-kraun-6)] Sferand alkilammoniy kationi vodorod bogʻ kompleks (kavitand) Sferand·(SN 3 NH 3 Q ) Siklodekstrin organik molekula gidrofob va Van-der-vaals ta‘sirlar kavitand (α-tsiklodekstrin) (p–gidroksibenzoy kislota) Suv organik molekula, galogen va boshqa. Van-der-vaals va kristall panjara ta‘siri Klatrat (N 2 O)·(SN 4 ) Kaliksaren organik molekula Van-der-vaals va kristall panjara ta‘siri Kavitand (p-tret-butil-kaliks [4] aren) ·(toluol) Siklotrivera- trilen (TsTV) organik molekula Van-der-vaals va kristall panjara ta‘siri klatrand (TsTV)·0,5 (atseton) Kriptandlar suvda ham, organik erituvchilarda ham eriydigan suyuq yoki kristall moddalardir. Metall ionlari, asosan ishqoriy va ishqoriy yer metallari bilan 17 kriptandlar juda kuchli kriptat komplekslarini hosil qiladi, bunda metall ioni atrofdagi atomlar tomonidan erituvchi molekulalari va qarama-qarshi ionlardan kuchli himoyalangan va bundan tashqari, ichki uch o'lchamli bo'shliqning o'lchamlari kationning o'lchamlariga qanchalik yaqin bo'lsa, bu komplekslar shunchalik barqaror bo'ladi. 1.2. Retseptorlar, koordinatsiya va “qulf-kalit” analogiyasi Supramolekulyar kimyoning shakllanishida P.Erlix tomonidan ―retseptor‖ va ―substrat‖ tushunchalarini fanga kiritilishi (molekulalarning oʻzaro tanlab ta‘sirlashishi), E.Fisherning ―qulf- kalit‖ prinsipi, ya‘ni retseptor va substrat oʻzaro sterik hamda geometrik jihatdan bir-biriga mos kelishi sharti gʻoyalari muhim ahamiyatga ega boʻlsa-da, buning uchun makrotsikllar kimyosidagi yutuqlar asos boʻlgan. Mezbon – mehmon yoki ―retseptor-substrant‖ kimyosi uchta tarixiy kontsepsiyaga ega: Erlix postulati (biologik retseptorlar); Fisher postulati (―retseptor-substrant‖); A.Verner postulati (koordinatsion kimyo). 1. Biologik retseptorlarni 1906 – yilda biologik retseptor tushunchasi sifatida P.Erlix fanga kiritgan. Erlix postulati boʻyicha molekulalar bogʻlanmasdan mavjud boʻlmaydi, yani ular bogʻlanmasdan turib ta‘sirlasha olmaydi, ularning ta‘siri biologik ta‘sirdan iborat. Paul Erlix ( nem. Paul Ehrlich) (1854-1915) Polshaning Shtrelen shahrida (Sileziyada- Prussiya qirolligiga qarashli) evrey oilasida dunyoga kelgan. P.Erlix nemis millatiga mansub, shifokor, immunolog, bakteriolog, kimyogar olim. Kimyoviy terapiyaning asoschisi. Fiziologiya va tibbiyot sohasidagi kashfiyotlari uchun 1908-yilda Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. 18 P.Erlix tibbiy biologiya, kimyo, eksperimental patologiya va terapiyaning turli sohalarida faoliyat yuritgan. U leykotsitlarning turli shakllari mavjudligini, granulotsitlar hosil boʻlishi uchun suyak iligining ahamiyatini aniqladi, leykozning ayrim shakllarini farqlay oldi. Sil tayoqchalarini davolash usullari bilan shugʻullanib, 1888-yilda oʻzi ham sil kasalligiga chalingan va Misrga ketishga majbur boʻldi. 1890-yilda Misrdan qaytib, Berlindagi Robert Kox institutida R.Kox rahbarligida ishlay boshladi. Uning immun reaksiyalari uchun mas‘ul boʻlgan hujayralar yuzasida antigenni tan oladigan tuzilmalar - retseptorlarga ega degan gʻoyasi immunologiyaning rivojlanishida katta ahamiyatga ega boʻlgan. 1891-yildan boshlab Erlix kimyoviy moddalar yordamida yuqumli kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqa boshladi. U mikroorganizmlar kimyoterapevtik dorilarga qarshilik koʻrsatishini aniqladi va siflis kasalligini davolashda juda samarali ekanligini isbotlagan "606 dori preparati" (salvarsan) bilan jahon miqyosida shuhrat qozondi. 2) Ikkinchi postulat Fisher postulati 1894-yilda E.Fisher tomonidan ochilgan. E.Fisher birinchi marta fermentlardagi bogʻlanishni oʻrganib, ―retseptor- substrant‖ tushunchasini qoʻllagan va u retseptor va substrantlar orasidagi ta‘sirni ―qulf-kalit‖ga oʻxshatgan. Bunda substrant mehmon va u oʻzining geometrik oʻlchami va shakliga ega. Komplementar retseptor mezbon hisoblanadi va bu tushuncha mezbonning bittasi bir nechta mehmonni ajratib olishi mumkin va bu molekulyar oʻzaro ta‘sirga asos boʻladi (2-rasm). 2-rasm. Mezbon va mehmon orasidagi ―qulf-kalit‖ munosabat. 19 Mezbon va mehmon orasidagi ―qulf-kalit‖ munosabatidagi oʻzaro ta‘sir birinchi marta fermentativ kataliz jarayonida qoʻllanilgan. Download 4.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling