87
Keri Benks Mallis (1944 — 2019) —
amerikalik biokimyogar,.
1993-yilda, biokimyo va
molekulyar biologiya sohasidagi yutuqlari uchun aniqrogʻi
, polimeraz zanjir reaksiyalar (PZR)
metodini Maykl
Smit bilan hamkorlikdagi
kashfiyoti uchun Nobel mukofoti berilgan. ―PZR
metodi biokimyo va molekulyar biologiyaning eng markaziy metodlardan boʻlib qoldi deb
yozgan edi, ―Nyu York Tayms‖
nashriyoti, -―bu metod biologiyani ikki davrga boʻldi, PZR
metodgacha boʻlgan davr va PZR dan keyingi davr‖.
K.Mullis –―Iqlim oʻzgarishidagi inson rolini kamaytirish va OIV OITSning yagona sababi
ekanligiga shubha bildiriganlar uchun bahs-munozaralarni keltirib chiqardi.
PZR bir necha bosqichda amalga oshiriladi:1-bosqich
yuqori harorat
ta‘sirida DNK denaturatsiyasi hisoblanadi. DNKning kerakli kesigini
amplifikatsiyalash reaksion aralashmaga ikki yoki
undan ortiq praymerlarni
qoʻshish bilan amalga oshiriladi, bu praymerlar aynan
kesikning uchki sohalariga
komplimentar boʻlishi kerak, bu esa butun DNKdan emas balki kerakli genlardan
nusxa olishni ta‘minlaydi. Reaksiyani tugashi bilan DNK yana denaturatsiyaga
uchraydi va sikl takrorlanadi. Bu siklni koʻp marotaba
takrorlash reaktsion
aralashmani nishon DNK molekulalari bilan boyishiga olib keladi, bu reaksiyaa
zanjirli reaksiyaa boʻlib, har keyingi siklda matritsa boʻlgan holda
faqat dastlabki
DNK emas balki, oldingi sikllarda sintezlangan
yangi DNK molekulalari ham
xizmat qiladi. Shundan soʻng reaksion aralashmaga DNK polimeraza va DNTFlar
qoʻshiladi, ular praymerlarda polimerazatsiya reaksiyasini ta‘minlaydi. PZRning
88
oʻtishi haroratni oʻzgartirish bilan boshqariladi: - DNK denaturatsiya harorati –
ixtiyoriy yuqori molekulyar genom DNK uchun denaturatsiya harorati – 95
0
C
qilib belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: