Global geoekologik muammolar. R e j a


Jahonning geoekologik manzarasi (tasviri)


Download 25.7 Kb.
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi25.7 Kb.
#1248527
1   2   3   4
Bog'liq
Global geoekologik muammolar.

3. Jahonning geoekologik manzarasi (tasviri).
Jamiyattaraqqiyotining hozirgi tarixiy bosqichida –“Dunyo yangi ming yillik bo’sag`asida er yuzining turli hududlarida inson hayoti va faoliyatiga, hayvonot va nabotot olamiga xavf solayotgan favqulodda tabiiy o’zgarishlar bilan bog`liq misli ko’rilmagan muammo hamda tahdidlarga duch keldi”. YA`ni, ekologik muammolar globallashib va keskinlashib ketishi bilan bu sohada xalqaro munosabatlarni boshqarishning integrativ siyosiy tizimi shakllanishi va rivojlanishi umuminsoniy qonuniyat maqomiga ega bo’lib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida, davlatlarning shujumladan O’zbekistonning xalqaro siyosiy munosabatlarini ekologiyalashtirish va uning globallashuvida faol ishtirokini taqozo qilmoqda.Xalqaro ekologik ijtimoiy-siyosiy munosabatlar globallashuvi va bu jarayonni boshqarishni o’rganish uchun, avvalo, uni determinlashtiruvchi omillarini turkumlashtirishiga mos muqobil qarashlar aniqlanishi kerak. SHu tamoyilga ko’ra, biz tadqiq qilayotgan ilmiy muammo quyidagi yo’nalishlarda o’rganilganini ko’rsatish mumkin, ya`ni: 1) ekologik siyosatning tarixiy genezisi va rivojlanish bosqichlari haqidagi ilmiy tadqiqot natijalari; 2) xalqaro ekologik siyosiy munosbatlarning tashkiliy asoslari yoritilgan adabiyotlar; 3) xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarning institutsional asoslari shakllanishi va rivojlanishiga doir qarashlar; 4) ekologik siyosiy munosabatlarni boshqarishning xalqaro qonuniy-huquqiy asoslarini yaratish masalalariga bag`ishlangan ilmiy ishlar; 5) xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarni boshqarishning ob`ektiv va sub`ektiv omillari haqidagi ilmiy ta`limotlar; 6) global ekologik munosabatlarning ma`naviy-axloqiy masalalari yoritilgan ishlarga ajratish mumkin. Hozirgi davrda insonning tabiatga nisbatan qilinayotgan zo’rovonligiga qarshi chiqadigan ekologik ta`limotlar tizimida, uning neoklassik yo’nalishlari shakllanayotganligi ko’zga tashlanadi. Bu yo’nalish vakillari, nafaqat kapitalistik xo’jalik yuritishning antiekologik xarakteriga, balki industrlashtirishning ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish tamoyillariga, jamiyatni urbanizatsiyalashtiruvchi omillarga, “demografik portlashlarga”, ekoetika inqirozi oqibatlariga qarshi radikal siyosiy choralar ko’rishga, ya`ni insoniyat hayotini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning muqobil shakllarini izlab topish zaruriyatini targ`ib qildilar.Bu tadqiqot ishlarining aksariyatiga xos bo’lgan asosiy kamchilik –masalaga faktorial yondoshishning ustuvorligidir. Vaholanki, har qanday ilmiy muammoga bo’lganidek, xalqaro ekologik siyosiy munosabatlar globallashuvi va uni boshqarish masalasida ham kompleks-sistemali yondoshuv va ularni umumlashtirish asosida yaxlit falsafiy kontseptual nazariya –metodologik asos ishlab chiqish, hozirgacha shakllanish darajasida. SHunga ko’ra, global ekologik siyosat va uni boshqarish ta`limotiga muayyan hissa qo’shish mazkur ish maqsadini tashkil qiladi.
Bu imkoniyatlar faqatgina O’zbekiston yoki mintaqa ekologik vaziyatini sog`lomlashtirishga emas, balki global miqyosda olib borilayotgan ekologik siyosatning tarkibiy qismi bo’lib uni boshqarishda, halqaro integrativ institutlar tizimi sub`ekti sifatida, O’zbekistonning rolini, mavqeini o’rganish quyidagi sabablarga ko’ra, g`oyat dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega, ya`ni:
Birinchidan, hozirgi davrda dunyoning ekologik manzarasida tabiatni muhofaza qilish global muammoga aylanib, jahon hamjamiyati siyosiy munosabatlarini integratsiyalashtiruvchi asosga aylanayotganligini ko’rsatmoqda. Zero, insoniyat XX asrning ikkinchi yarimidan boshlab, global ekologik halokatdan saqlanish uchun dunyo davlatlarining birgalashib harakat qilishi muqobili bo’lmagan yo’l ekanligini e`tirof etmoqda va bu faoliyatni boshqarishning xalqaro institutsional tizimi shakllanish va rivojlanish jarayoni qonuniyatlarini o’rganish falsafiy fanlarning dolzarb muammosi hisoblanadi.
Ikkinchidan,vujudga kelish genezisiga ko’ra: lokal, zonal xarakterga ega bo’lgan ekologik muammolarning globallashish tendentsiyasi kuchayishi, ularni bartaraf qilishda jahon hamjamiyati ishtirokini faollashtirishni taqozo qilmoqda. Lekin bu jarayon silliq kechayotgani yo’q. Uning ichki ziddiyatlarini ilmiy-nazariy tadqiq etish, amaliy takliflar, metodologik tavsiyalar ishlab chiqish muhim ijtimoiy-falsafiy muammo bo’lib qolmoqda.
Uchinchidan, hozirgi davrda ekologik muammolar globallashuvining asosiy sabablaridan biri —davlatlar ekologik siyosatini muvofiqlashtirishdagi nazariy-metodologik asoslar noshudligi bilan xarakterlanadi. CHunki turli davlatlar ekologik siyosati individualligini falsafaning alohidalik, maxsuslik va umumiylik tamoyiliga ko’ra tadqiq qilish fundamental nazariyani va ilmiy metodologiyani taqozo qiladi.
To’rtinchidan, xalqaro ekologik siyosiy munosabatlar globallashuvi milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg`unlashuvining natijasi bo’lib, ularni integratsiyalashtiruvchi ob`ektiv shart-sharoitlarni, sub`ektiv omillarni kompleks -sistemali tadqiq qilishni ijtimoiy-falsafiy fanlar oldiga dolzarb muammo tarzida kun tartibiga qo’ymoqda.
Beshinchidan,hozirgi davrda dunyo ijtimoiy-siyosiy tizimining g`oyat murakkab palitrasi xalqaro ekologik siyosiy munosabatlar globallashuviga differentsial yondoshish tamoyillarini konkretlashtirmoqda. Natijada, ularni o’rganadigan fanlar paradigmasidagi o’zgarishlarga mos nazariy-metodologik asoslarni takomillashtirish dolzarb ijtimoiy-falsafiy muammo bo’lib qolmoqda.
Otinchidan, hozirgi davrda ekologik muammolar globallashuvi va keskinlashuvi sharoitida davlatlarning: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy, madaniy, konfessional rivojlanish darajalaridan qat`iy nazar, ularning ekologik siyosiy munosabatlarini muvofiqlashtirish va unifikatsiyalashgan boshqarish institutsional tizimini shakllantirish zaruriyati vujudga keldi va nazariy-metodologik asoslashni taqozo qilmoqda.
Ettinchidan,global ekologik muammolar echimida milliy va mintaqaviy davlatlar ekologik siyosiy munosabatlarini integratsiyalashtirishda: lokal, regional, global manfaatlarni uyg`unlashtirishning “murosa falsafasi” asoslarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirishning nazariy-metodologik masalalari hozirgi davr falsafiy tafakkurini rivojlantirishning pragmatik yo’nalishi bo’lib qolmoqda.
Sakkizinchidan,O’zbekistonda davlat ekologik siyosatining milliy xususiyatlari va uning xalqaro siyosiy munosabatlarga integratsiyalashib, global siyosatni boshqarish sub`ektiga aylanish jarayonini tadqiq qilish, milliyfalsafa rivojlanishining muhim yo’nalishi hisoblanadi va uning xalqaro mavqeini mustaxkamlash imkoniyatidir.


Download 25.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling