Global kompiyuter tarmoqlari Reja


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana18.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1029107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Global kompiyuter tarmoqlari

Birinchidan, falsafa, dunyoqarashni shakllantirar ekan, inson faoliyati yo’nalishini 
ko’p jihatdan belgilaydigan muayyan mo’ljallar beradi. SHu tariqa falsafa o’zining 
dunyoqarashni shakllantirish va aksiologik funksiyalarini bajaradi.
Ikkinchidan, turli fanlar doirasida o’rganiladigan murakkab tizimlar haqida yaxlit 
tasavvur mavjud emasligi bu fanlarning o’zaro hamkorligi yo’lida jiddiy to’siq 
hisoblanadi. SHu ma’noda falsafaning mazkur fan doirasida yuzaga keladigan 
nazariyalarni umumlashtiruvchi metodologikfunksiyasi ayniqsa muhim ahamiyat kasb 
etadi, chunki ilmiy bilimning integratsiyalashuviga ko’maklashadi.
Uchinchidan, falsafa ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tarixiy kontekstda 
tushuntirish imkonini beradi. U jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlarini 
ta’riflaydi va shu sababli global muammolarni o’rganishda ularni ijtimoiy taraqqiyot 
bilan uzviy bog’liq bo’lgan qonuniy hodisa sifatida tushunishga yo’l ko’rsatadi. 
SHunday qilib, global muammolarning paydo bo’lishi tasodif yoki insoniyatni 
halokatga oldindan mahkum etuvchi taqdirning hukmi sifatida emas, balki qarama-
qarshiliklarga to’la insoniyat tarixi ob’ektiv rivojlanish jarayonining mahsuli sifatida 
qaraladi.


To’rtinchidan, 
falsafa 
global 
muammolar 
rivojlanishining 
umumiy 
tendentsiyasini, ularning o’zaro aloqasi va bir-birini taqozo yetish darajasini falsafiy 
nuqtayi nazardan anglab yetish imkonini beradi.
Beshinchidan, falsafa nazariy fikrlash madaniyatini rivojlantirish uchun imkoniyat 
yaratish orqali ma’naviy - madaniy funksiyani bajaradi. Turli xalqlarning falsafa tarixini 
o’rganish, ularning madaniyati bilan ham tanishish imkonini beradi. Muayyan xalqlar 
oldida turgan muammolarning birortasini ham ularning madaniyatiga bog’lamasdan 
yechish mumkin emas.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling