Korrupsiya nima?
- Korrupsiya – shaxsiy manfaatlar yo‘lida foyda olish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish.
BMTning ma’lumotnoma-hujjatida (1995):
- Korrupsiya – shaxsiy boylik orttirish maqsadida xizmat lavozimini suiiste’mol qilish.
Transparency International
(халқаро ноҳукумат нотижорат ташкилот)
Korrupsiya - barcha davlatlar uchun xarakterli hodisa
Манба: http://cpi.transparency.org/cpi2011/results/
-
- O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
- Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan. - Oliy Majlis Senati tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma’qullangan.
- Prezident tomonidan:
- 2017 yil 3 yanvarda imzolangan. № O‘RQ – 419.
- Matbuotda 2017 yil 4 yanvarda e’lon qilingan.
- 3-modda. Asosiy tushunchalar
- Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
- korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
- manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |