Global muammo Mintaqaviy muammo


Mahalliy ekologik muammolar. (lokal.)


Download 31.43 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi31.43 Kb.
#1535852
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Orifbek 2-mustaqil ish ekologiiya

Mahalliy ekologik muammolar. (lokal.)
Mahalliy ekologik muammolar turli korxonalar faoliyati,yerlarni sug’orish, yaylovlardan noto’gri foydalanish natijasida vujudga kelsada malum hududlar uchun xosdir. Bugungi kunda Mustaqil O’zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo’lib kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetik, kimyo, oziq-ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko’zda tutilmoqda.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi respublikada ijtimoiy ekologik holatiga muayyan darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi. Respublikamizda tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar:

  • Yirik hududiy sanoat majmualari joylashgan rayonlarda tabiatni muhofaza qilish muammolari. (Angren, Olmaliq, Chirchiq, Farg’ona, Marg’ilon, Navoiy va hjkozo.)

  • Orol va Orolbo’yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan maqbul tarzda foydalanish.

  • Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestitsidlari va mineral o’g’itlar bilan ifloslanishi.

  • O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, va milliy bog’lar tarmog’ini kengaytirish.

Taʼkidlash joizki, ekologik-huquqiy javobgarlik bu bu belgilab qoʻyilgan tabiatni muhofaza qilish va ekologik qonun talablari hamda meʼyorlarini buzganligi, tabiiy resurslardan ortiqcha foydalanish, muhofaza qilish qoida-talablarini buzish, atrof tabiiy muhitni, tabiatni ifloslantirish, tabiiy resurslardan noqonuniy va xoʻjasizlarcha foydalanish oqibatida vujudga kelib, u subyektlarni yuridik javobgarlikka tortilishida namoyon boʻladi.Masalaga huquqiy jihatdan yondashadigan boʻlsak, ekologik qonun talablari buzilganda amaldagi qonunlarimizga muvofiq ekologik-huquqiy javobgarlikning quyidagi javobgarlik turlarini keltirib oʻtish oʻrinlidir:

  • Intizomiy javobgarlik

  • Maʼmuriy javobgarlik

  • Fuqarolik javobgarlik

  • Jinoiy-huquqiy javobgarlik

Ekologik qonun talablarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik masalasiga toʻxtaladigan boʻlsak, taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning VIII bobi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik” deb nomlangan boʻlib, xususan? Ushbu kodeksning 79-moddasida quyidagicha javobgarlik masalasi nazarda tutilgan: “Daraxtlar, butalarni, boshqa oʻrmon oʻsimliklari va nihollarni gʻayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yoʻq qilish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


Download 31.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling