Global ugrad talabalar almashish dasturi: aqshda bir semestr o ʻ qish uchun to ʻ liq grant! grantlar uz


Download 236.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi236.96 Kb.
#1162206
1   2   3   4
Bog'liq
grantlar.uz-Global UGRAD talabalar almashish dasturi AQSHda bir semestr oʻqish uchun toʻliq grant

Kimlar hujjat topshira olmaydi?
AQSH fuqarolari va doimiy rezidentlari;
Ayni vaqtda O
ʻzbekistondan tashqarida yashayotgan, oʻqiyotgan va ishlayotganlar;
AQSH homiyligidagi olti haftadan ortiq muddatli dasturlarda ishtirok etganlar
hamda ariza topshirgunga qadar 2 yil avval yashash bo
ʻyicha talablarni
bajarmaganlar;
Global UGRAD dasturida avval qatnashganlar;
Xorijda Amerika missiyasi bo
ʻyicha ishlayotgan mahalliy xodimlar, AQSH Davlat
departamenti va AQSH Xalqaro hamkorlik agentligi (USAID)da ishlayotgan yoki
ishlaganlariga bir yildan oshmagan xodimlar;


4/5
Xorijda Amerika missiyasi bo
ʻyicha ishlayotgan mahalliy xodimlarning, AQSH
Davlat departamenti va AQSH Xalqaro hamkorlik agentligida (USAID)
ishlayotganlarning oila aʼzolari, ishlaganlariga bir yildan oshmagan xodimlarning
oila aʼzolari;
World Learningda ayni vaqtda ishlayotganlar va ularning oila aʼzolari;
Jazo muddatini o
ʻtayotganlar, jazolanganlar, qoidabuzarlar (yoʻl harakati
qoidalariga amal qilmaganlik kabi arzimas jazolar bundan mustasno).
Dedlayn:
Hozirda 2021-2022-yilgi dastur uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Qabul 2021-yil 15-
martgacha davom etadi.
Hujjatlar:
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar lozim:
1. To
ʻldirilgan ariza.
2. Motivatsion insho (arizada ko
ʻrsatilgan).
3. Pasport nusxasi.
4. Universitetda o
ʻqigan yillar uchun baholar varagʻining ingliz tiliga tarjima qilingan
nusxasi.
Qanday tartibda topshiriladi?
Dastlab akkaunt ochish uchun ro
ʻyxatdan oʻtish lozim va onlayn arizadagi
savollarga javob beriladi. Akkaunt ochish va onlayn arizani to
ʻldirish uchun SHU
YERGAkiring.
Ingliz tilida yozilgan yoki tarjima qilingan va tasdiqlangan tavsiyanomani yuklang.
Tavsiyanomalardan biri – akademik tavsiyanoma o
ʻqish sohangiz va oʻqishingizdan
xabardor bo
ʻlgan universitetdagi oʻqituvchi tomonidan, ikkinchi tavsiyanoma
universitetdagi o
ʻqituvchi YOKI ish beruvchingiz, sizning qoʻshimcha
mashg
ʻulotlaringizdan xabardor murabbiy, almashinuv dasturi koordinatori yoki
nazoratchi tomonidan yozilgan bo
ʻlishi kerak.
Universitetda o
ʻqigan yillar uchun olingan baholar yozilgan hujjatni yuklang.
Baholar universitetning rasmiy qog
ʻoziga chop etilgan va dekan yoki
prorektor/rektor tomonidan imzolangan va muhr qo
ʻyilgan boʻlishi kerak.
Talabaning universitetda ayni vaqtda kunduzgi bo
ʻlimda oʻqiyotgani haqida
maʼlumotnoma.
Arizangizning barcha qismlari to
ʻldirilganidan keyin va hamma hujjatlar yuklab
bo
ʻlinganidan soʻng “Submit” tugmasini bosing va joʻnating. Ariza topshirilgandan
keyin o
ʻzgartirishning imkoni yoʻq, shuning uchun maʼlumotlarni yaxshilab tekshirib
chiqing.

Download 236.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling