Globalizatsiya sharoitida investitsion siyosatni yuritishda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ahamiyati haqida nimalarni bilasiz
Download 25.18 Kb.
|
31-variant
31-Variant Globalizatsiya sharoitida investitsion siyosatni yuritishda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ahamiyati haqida nimalarni bilasiz? Mamlakatda investitsiya faoliyatining huquqiy bazasi yaratilgan, tashqi iqtisodiy, investitsiya faoliyatini tartibga soladigan, chet el investitsiyalari va investorlarining huquqlari va manfaatlari himoyasini kafolatlaydigan bir qator qonunlar qabul qilingan, investitsiya muhiti takomillashtirilmoqda va qo’shma korxonalar hamda firmalar tashkil qilish bo’yicha izchillik bilan faoliyat yuritilmoqda. Bu yo’nalishdagi g’oyat muhim vazifalardan biri kapital qo’yilmalarning samarali yo’nalishlarini belgilashdan iborat. Bunda o’zaro manfaatlar, sheriklarga davlat kafolatlari berish; valyutaning erkin almashtirilishiga erishish, bank, transport, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va mamlakatdan eksportni valyuta bilan tartibga solishning qulay sharoitlari joriy qilinganligi hisobiga olinadi. Hozirgi bosqichda chet el kapitalini milliy iqtisodiyotga kiritishda mavjud ikki strategiyadan (import o’rnini bosuvchi, eksportni kengaytiruvchi) birini – to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni eksportni kengaytiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga qo’yishni tanlash kerak. Mahsulotlar eksportini kengaytirish siyosati, bu siyosat bizda asosiy, mamlakatdan tashqarida raqobatni kuchaytirishga olib keladi, bu esa o’z navbatida jo’shqin iqtisodiy faoliyatga undaydi. Shunday qilib, globallashuv, jahon bozorida keskin raqobat va omon qolish uchun kurash sharoitlarida chet el kapitali va ishlab chiqarish (korxonalar)ning ko’chib yurishi, xalqaro raqobatning paydo bo’lishi va millatlararo korporatsiyalarning tashkil topishi tabiiy hol bo’lib, qaytmas jarayon hisoblanadi. Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot subyekti kapitalini o’zga iqtisodiyotga muayyan muddatga bog’lash bo’lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o’zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar bo’ylab kapital ko’chishi yuz beradi. Kapitallarning mamlakatlar bo’ylab ko’chib yurishidagi asosiy xarakatlantiruvchi motiv - ularni safarbar etish hamda band qilishning nafliroq sharoitlaridir. Ishlab chiqarishni chet ellarga chiqarishning kuchayishi, chet el investitsiyalarining milliy iqtisodiyotga kirib kelishini iqtisodiyotlar rivojlanishini jadallashtiradigan jarayon tarzida baholash kerak. Chet el investitsiyalari rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi moliyalashtirishning zaruriy va muhim manbai bo’lgani holda, o’zi bilan birga, juda ko’p payqaladigan va sezilmaydigan aktivlar, turlituman texnologik, axborot, moliya oqimlarini, menejment malakalarini, jahon bozorlaridagi ish tajribalarini va boshqalarni olib kiradi. Ularga mamlakatlararo harakatlanish, ya’ni ko’chib yurish, faoliyat yuritishning huquqiy shart-sharoitlarini almashtirish, qo’shimcha risklar bilan to’qnashish va aniq maqsadlar xos. Demak, chet el investitsiyalari migratsiyasini milliy investitsiya siyosatini olib borishda va ularni amalga oshirishda albatta hisobga olishga to’g’ri keladi. Ularni jalb qilish importyor mamlakat byudjetiga soliq, ijara va boshqa tushumlarni ko’paytiradi. Ular yangi ish o’rinlarini tashkil qilishga, raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish, jahon bozorlarida o’rnashib olishga yordam beradi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqib kelishini rag’batlantirish, mamlakat qonunchiligini takomillashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va ulardan foydalanishning uzoq muddatli maqsadli dasturiga muvofiq amalga oshirilishini talab etadi. to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni yangi loyihalarga jalb etish va O’zbekiston mintaqalarida xususiy sektorni yuksaltirish, ayniqsa qishloq hududlarida qo’shma korxona tashkil qilish yo’nalishlarida amalga 32 oshirilishi bugungi kunning eng muhim ustuvor vazifalaridan biridir. Ma’lumki, jahondagi biron-bir davlat xorijiy sarmoyalarni jalb qilmasdan turib taraqqiyotga hamda iqtisodiyot rivojiga erisholgan emas. Shuning uchun ham bu ish bizning iqtisodiy siyosatimiz ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylangan. Biz bu siyosatni quyidagi tamoyillar asosida qurmoqdamiz: - tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; - Respublika iqtisodiyotiga kapital mablag’larni jalb etishni ta’minlovchi huquqiy asos, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni shakllantirish; - jahon andozalari talablariga javob beradigan texnologiyalarni etkazib beruvchi hamda xalq xo’jaligining zamonaviy tuzilmalarini barpo etishga ko’maklashuvchi xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini muntazam ravishda yuritish; - mablag’larni raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirish bilan bog’liq eng muhim ustuvor yo’nalishlarga sarflash. 2018 yilda 18 ta davlatlararo tashriflar amalga oshirildi va 50 milliard AQSH dollariga teng investitsiyaviy kelishuvlarga erishildi. Bugungi kunda yurtimizda chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard AQSH dollari miqdoridagi 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda. 27 2021-yilda 23 mlrd dollar qiymatidagi investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 226 ta yirik sanoat va infratuzilma obyektlarini ishga tushirish belgilandi.28 Xorijiy sarmoyalarni jalb etish tadbirlarini amalga oshirishda oldindan belgilanib olingan tamoyillarga asoslangan holda investitsiyalarni jalb etish uchun imtiyozlarning keng tizimi vujudga keltirildi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun imtiyozli soliq joriy etildi. Imtiyozlar va rag’batlantirish omillari belgilandi: • ishlab chiqarish hajmida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti kamida 30 foizni tashkil etadigan korxonalarga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, foyda solig’ini amaldagi stavkalardan ikki barobar kamroq to’lash huquqi berildi; •Respublika davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha soliqlar to’lashdan besh yil muddatga ozod etildi; • xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar daromadining ishlab chiqarishni kengaytirishga va texnologiyani yangilashga sarflanadigan qismi soliqdan ozod etildi; • o’zi ishlab chiqargan mahsulotni ruxsatnomasiz chetga olib ketish imkoniyati berildi; •O’zbekiston hududida qo’shma korxonalarning va faqat xorijiy sarmoya bilan ishlaydigan korxonalarning ustav fondiga hissa qo’shish uchun mol-mulkni chetdan boj to’lovlarisiz olib kirish ruxsati berildi; • jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan, xorijliklarning davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida, shu jumladan ko’chmas mulkning keng miqyosda sotilishida bemalol ishtirok etishlarini ta’minlash; • investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqini tanlov asosida sotib olish belgilandi. Bular bilan birgalikda xorijiy investorlarga ularning mol-mulklarini davlat ixtiyoriga olish va musodara qilishdan xalos etish uchun kafolatlar berildi. Ularning o’z faoliyati natijasida olgan foydasini va boshqa pullarni chet ellarga o’tkazishlariga, olingan foydani respublika hududida qayta investitsiya tarzida ishlatish, respublika banklarida schyotga va unda har qanday valyutada cheklanmagan miqdorda mablag’ga ega bo’lish imkoniyati kafolatlandi. 2. O’zbekistonda investitsiya faoliyati qanday vositalar yordamida tartibga solinadi? Oʻzbekiston Respublikasining qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda maʼqullangan O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 25.12.2019 yildagi O‘RQ-598-son Ushbu Qonunning maqsadi chet ellik hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonun markazlashtirilgan investitsiyalar bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solmaydi. Konsessiya faoliyati, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar tuzish, ularni bajarish va bekor qilish, investitsiya, pay va venchur fondlari, kapital bozorini, shu jumladan qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga solish, davlat-xususiy sheriklik, maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi huquqiy munosabatlar alohida qonunlar bilan tartibga solinadi. 3. Xalqaro moliya institutlari haqida nimalarni bilasiz? Jahon banki guruhi vazifalari kengayishi bilan turli vaqtda tashkil etilgan va funksional, tashkiliy va hududiy jihatdan birlashgan besh tashkilotni o‘z ichiga oladi, jumladan: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB); Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi (XRA); Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK); Investisiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli agentlik (IKKA); Investisiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM). Jahon banki guruhining asosiy maqsadi rivojlanayotgan va iqtisodiyotiga o‘tish davrida bo‘lgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Ushbu guruh tarkibiga kiruvchi har bir institut o‘z resurslaridan mustaqil ravishda va o‘zlari belgilangan sharoitda mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishga hissa qo‘shadigan investisiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha faoliyat olib boradi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) Bretton-Vud konferensiyasi qaroriga asosan 1944 yilda tashkil etilgan bank. Global rivojlanish tashkiloti bo‘lib, Jahon banki guruhining missiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan, o‘rtacha daromadli va eng past darajadagi daromadli mamlakatlarga kreditlar, kafolatlar, xatarlarni boshqarish bo‘yicha mahsulotlar va maslahat xizmatlarini taqdim etuvchi eng yirik bank hisoblanadi. Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi (XRA)ga 1956 yil asos solingan bo‘lib, dunyodagi eng qashshoq mamlakatlarga foizsiz kreditlar va grantlar taqdim etadi. YaIMning qiymati aholi jon boshiga 835 AQSh dollardan oshmaydigan mamlakatlargina XRA dan qarz olish huquqqa ega. XRA 30-40 yillik muddatga va dastlabki o‘n yillik imtiyozli davr (belgilangan muddatning asosiy qarzini to‘lamaslik imtiyozi) bilan foizsiz kreditlar taqdim etadi. Investisiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli agentlik (IKKA) o‘z faoliyatini 1988 yilda boshlagan va rivojlanayotgan mamlakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish, siyosiy xatarlardan sug‘urtalash va xususiy investorlarga kafolatlar berish, shuningdek maslahat va axborot xizmatlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan. IKKA kafolati investorlarni mablag‘lar harakatini cheklashdan, musodara qilinishidan, harbiy va fuqaroviy tartibsizliklardan va shartnoma shartlarini buzish xavflaridan himoya qiladi. Investisiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM)ga 1966 yilda asos solingan bo‘lib, davlatlar va xususiy investorlar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro arbitraj tashkiloti (xalqaro investisiyaviy arbitraj) hisoblanadi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) 1991 yildan buyon faoliyat yuritib, ochiq bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishni, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlarida xususiy va tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlovchi institutdir. Xususiy bank sektor bilan hamkorlikka e'tibor qaratgan holda, loyihalarga sarmoyalar kiritadi, davlat siyosati masalalari bo‘yicha muloqot olib boradi va innovasiyalarni rivojlantirish, barqaror va ochiq bozor iqtisodiyotini barpo etish uchun texnik yordam ko‘rsatadi. Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u mintaqalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlar va texnik yordamlar ko‘rsatish orqali Osiyoning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. OTB rivojlanayotgan a'zo mamlakatlardagi xususiy korxonalarga kapital qo‘yilmalar va kreditlar ajratish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam beradi. OTB tegishli mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga samarali hissa qo‘shadigan va mamlakat strategiyasiga muvofiq qashshoqlikni kamaytirishga eng katta ta'sir ko‘rsatadigan loyihalarni moliyalashtiradi. Osiyo infratuzilma investisiya banki (OIIB) Osiyodagi murakkab infratuzilma ehtiyojlarini qondirish maqsadida davlatlarni birlashtirish uchun tashkil etilgan ko‘p tomonli moliyaviy institutdir. U o‘z faoliyatini 2014 yil yanvar oyida boshlagan va xozirgi paytda unga 57ta mamlakat a'zo. OIIB elektr va energetika, transport va telekommunikasiya, qishloq infratuzilmasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, suv ta'minoti va kanalizasiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda shaharlar va logistikani rivojlantirish sohalarida ishonchli va barqaror loyihalarni moliyalashtirishni taklif etadi. 2008 yilda tashkil topgan Moliyaviy ommaboplik al'yansining (MOA) maqsadi moliyaviy ommaboplik bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish orqali moliyaviy resurslardan foydalana olmaydiganlar uchun tegishli moliyaviy xizmatlar sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirishdan iborat. Dunyoning 95 rivojlanayotgan mamlakatlarining tartibga soluvchi moliyaviy tashkilotlarini birlashtiradi. Al'yans davlat moliyaviy tizimining iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan muhim siyosiy sohalarda a'zo mamlakatlarga grantlar va texnik yordam ko‘rsatadi. Islom taraqqiyot banki (ITB) - islomiy moliyalashtirishga yo‘naltirilgan ko‘p tomonlama rivojlanish banki 1975 yilda tashkil topgan. U a'zo mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish loyihalarini moliyalashtiradi. Bank shariat qonunlari va tamoyillariga asoslanib, a'zo davlatlar va butun dunyo musulmon jamoalarida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Islom taraqqiyot banki guruhiga quyidagi tashkilotlar kiradi: Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK), 1999 yilda tashkil etilgan bo‘lib, xususiy sektorga moliyaviy xizmatlarni taqdim qiladi. U global hamkorlik platformasida kredit liniyalari, maslahatlar, aktivlarni boshqarish, investisiyaviy bitimlar va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun strategik hamkorlikni ta'minlaydi. Moliyalashtirish usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan: kapital va foyda olishda ishtirok etish, lizing, qisman qayta sotish va boshqalar. 1999 yilda asos solingan Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi (XISMK) Islom taraqqiyot bankining avtonom bo‘linmasi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi butun Islom dunyosidagi odamlarning iqtisodiy ahvoli va turmush tarzini yaxshilash maqsadida savdoni rivojlantirish dan iborat. 1977 yilda tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining (XQXRJ) asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish va kam ta'minlanganlarning ovqatlanish holatini yaxshilash uchun moliyaviy resurslarni jalb qilishdan iboratdir. Jamg‘arma kam ta'minlangan qishloq uy xo‘jaliklarining ovqatlanishini yaxshilash, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va daromadlarni ko‘paytirishga sharoit yaratish maqsadida mablag‘larni safarbar qiladi Download 25.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling