Globalizatsiya sharoitida ochiq savdo va proteksionizmning o'zaro nisbatlari mundarija kirish I bob. Globallashuvning nazariy va iqtisodiy asoslari…6
Kapital va ishchi kuchining xalqaro harakati
Download 278 Kb.
|
GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA OCHIQ SAVDO VA PROTEKSIONIZMNING O\'ZARO NISBATLARI
2.2. Kapital va ishchi kuchining xalqaro harakati
Kapitalning xalqaro harakati – kapitalni chet elda foyda olish maqsadida joylashtirish va ishlatishdir. Bunda “kapital” termini zaminida faqat ishlab chiqarish omili sifatida kapitalning o’zi emas, qisman mehnat, er, tadbirkorlik qobiliyati ham tushiniladi, chunki chet elda kapital sarflanganda ularni bir-biridan ajratish ancha qiyin. Keling avval qisqacha kapitalning ishchi kuchi kurinishdagi oqimiga to’xtalib o’taylik. Ishchi kuchi bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga o’tar ekan, u tovar sifatida o’zini bozorga soladi, xalqaro ishchi kuchi migrastiyasida ishtirok etadi. Hozirgi zamon xalqaro mehnat bozorida ishchi kuchi milliy hududlardan oshib o’tib, turli oqimlarga bo’linib ketishini nazarda tutadi. Shu tariqa xalqaro mehnat bozori milliy, mintaqaviy ishchi kuchi bozorini birlashtiradi va ishchi kuchi migrastiyasi shaklida namoyon bo’ladi. Mehnat resurslarining xalqaro migrastiyalariga olib keladigan eng muhim ro’kachlar va sabablar orasida iqtisodiy va noiqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan turli omillari mavjud. Iqtisodiy ahamiyatga ega sabablar deb quyidagilarni ko’rsatish mumkin: Biror bir mamlakatda iqtisodiy taraqqiyot, xususan, sanoat taraqqiyoti darajasidagi tafavvutlar (amaldagi tajriba shuni ko’rsatadiki, ishchi kuchi asosan turmush darajasi past mamlakatlardan darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarga migrastiya qiladi; Ish haqi miqdoridagi millatlaro farq; Ayrim mamlakatlarda avvalo, kam rivojlangan mamalakatlarda mavjud bo’lgan surunkasiga ishsizlik; Kapitalning xalqaro harakati hamda xalqaro korparastiyalar faoliyati (ma’lumki, korparastiyalar yo ishchi kuchini kapitalga yaqinlashtiradi yoki o’z kapitalini mehnat resurslari ko’p bo’lgan mintaqalarga olib boradi), ishchi kuchining kapital bilan birlashib ketishiga ko’maklashadi. Mutaxassislar ishchi kuchining noiqtisodiy migrastiya sabablari qatoriga siyosiy, milliy, diniy, irqiy,oilaviy va boshqa jihatlarni birga qo’shib izohlaydilar. Chet elga kapital olib chiqish shunday bir jarayonki, uning davomida bir mamlakatning milliy muomilasida bo’lgan kapitalning bir qismi chiqarib olinadi, turli shakllarda (mahsulot, pul) ikkinchi bir mamlakatninng ishlab chiqarish jarayoniga, muomalasiga kiritiladi. Kapitalining xalqaro harakati mamlakatlar o’rtasidagi kapitallar migrastiyasidan iborat bo’lib, o’z egasiga daromad keltiradi. Kapitalizm rivojining dastlabki bosqichlarida kapitalni chetga chiqarish tovarlarini chiqarishga nisbatan kamroq edi. Kapitalning chetga chiqarilishining asosiy sababi – uning “ortiqchaligi”. Ortiqcha kapital deyilganda kapitalning shunday ko’pligi tushiniladiki, uning uchun foyda me’yorining pasayishi uning miqdori bilan tenglashmaydi. Yoki bunday kapitallar miqdori mustaqil ish ko’rishga qodir emas. Shu munosabat bilan kapitalni chetga chiqarishni rag’batlantiruvchi kapital mo’l-ko’lligining ikki jihati ta’kidlab o’tiladi: Foyda me’yorini pasayishi tamoyili qonunining amal qilishi. Xo’jalikning eng muhim sohalarida eng yirik monopoliyalar hukumronligining qaror topishi natijasida ichki kapitalning tarmoqlararo oqib yurishining qiyinlashishi. Hozirda biror tarmoqqa qo’shimcha kapital sarflash ortiqcha ishlab chiqarishni keltirib chiqaradigan chegaralar ancha orqa surildi. Chunki ularning ko’pchilik qismi endilikda asosiy kapitalni (ishlab chiqarishni) kengaytirishga emas, balki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yangilash bilan bog’liq zamonaviylashtirishga sarflana boshlandi. Kapitalning xalqaro harakatida uning ortiqcha to’planib qolishi bilan birga ko’proq ishlab chiqarishni umumiylashtirish jarayoni yashiringan bo’lib, u milliy chegaralardan chiqib ketdi. Kapitalni chetga chiqarishga esa endi foydaning milliy me’yolarini o’zgarishi ham, foyda me’yorlari o’rtasidagi farq ham ta’sir etmay qo’ydi. Undan tashqari, kompaniyalar o’z shu’ba korxonalriga kapital olib chiqishdan milliy miqyoslarda barqaror bo’lib turgan yoki hatto ancha ortib borayotgan ishlab chiqarish hajmini tartibga solib turish yo’li sifatida ham foydalana boshlashdi. Kapitalni rivojlanayotgan mamlakatlardan eksport qilish 60-70 yillarga kelib kapitalni chetga chiqarishdagi yangi hodisalardan biri bo’ldi. Bunda mamlakatlarning ikki guruhini ko’rsatish mumkin28: Milliy bozorlar mahalliy tadbirkorlar uchun “torlik qilib qolgan” mamlakatlar; Iqtisodiyoti neftni eksport qilishdan olinadigan juda katta mablag’larni o’zlashtirishga qodir bo’lmagan mamlakatlar (OPEK). Bevosita xususiy investistiyalar rivojidagi o’zgarishlar ko’proq quyidagilarga o’tishda namoyon bo’lmoqda: O’z mustaqil chet el kompaniyalarini tashkil qilishdan kapitalni import qiladigan mamlakatlarda qo’shma korxonalarni barpo etishga; Chet el firmalari akstiyalarini shunchaki sotib olishdan chet elda o’zlarining yangi shu’ba korxonalarini ta’sis etishga; Chet el firmalari akstiyalariga egalik qilishdan ular bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzishga; Xalqaro korparastiyalarning chet davlatlar xo’jalik strukturalariga kirib borishning shakli sifatida bosh firma akstiyalarini uning chet el filiallari akstionerlari o’rtasida tarqatish singari shakli ham tobora ko’p ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda globalizastiya jarayoni shu qadar tus olmoqdaki, jahon guyo bitta davlatga aylanmoqda. Chegaralar yo’q bo’lmoqda, tariflar olob tashlanmoqda, investistiya juda tez su’ratlarda o’smoqda. Hozirda rivojlangan davlatlar uchun asosiy e’tibor, bu rivojlanayotgan davlatlarga investistiya keritishdir. Rivojlangan davlatlarning rivojlanayotgan davlatlarga tashlayotgan bunday investistiyalari ikki davlat uchun ham foydalidir. Rivojlangan davlat uchun yangi bozor, arzon ishchi kuchi, xom-ashyo manbai kabi foydli tomonlari bor. Rivojlanayotgan davlat uchun ishsizlik darajasi kamayadi, mahsulotni chetga sotish uchun imkon yaraladi va shunga o’xshash foydali tomonlari bor. Download 278 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling