Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari bo’lib O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov asarlarida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlarini qaror toptirish bo’yicha ilgari surilgan g’oyalar, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar, mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar olimlarining tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan olib borgan ilmiy ishlari va kitoblari xizmat qildi. Ulardan T. Friedman, M. MsLuhan, S. Strange, M. Waters, E. Kofman, G. Youngs, B. De Schutter and J. Pas, Teyyar de Sharden, Andrés Solimano, Vincent Ca, S. Safaev, R.Shodiev, E. Mahmudov, Xudoyberdiev Z.Ya, G’afurov U.V., Tuxliev B.K., Xomitov K.Z, Jumaev N.X. va boshqa ko’plab tadqiqotchi va olimlarning kitoblaridan foydalanilgan.
Tadqiqot jarayonida me’yoriy, taqqoslash, iqtisodiy-statistik, abstrakt fikrlash, hisobs-konstruktiv va boshqa usullardan keng foydalanildi.
Kurs ishini yozish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi ma’lumotlaridan keng foydalanildi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, unda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinishi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Kurs ishi bo’yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, tegishli ilmiy muassasalar tomonidan rivojlantirish dasturlari ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Ishning kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning maqsad va vazifalari, va amaliy ahamiyati yoritilgan.
«Globallashuvning nazariy va iqtisodiy asoslari» nomli birinchi bobda globallashuv va zamonaviy jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy xususiyatlari va uning halqaro iqtisodiy integrastiya jarayonlarining o’zaro bog’liqligi to’g’risida turli xil qarashlar va mavjud ta’riflarni tahlil qilish asosida ularning xususiyatlari o’rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |