Globallashuv jarayonida shamol elektr stansiyalarining o‘zbekistondagi o‘rni
Download 73.8 Kb.
|
1-shuba. Xudoyorov J.U. TMTI
GLOBALLASHUV JARAYONIDA SHAMOL ELEKTR STANSIYALARINING O‘ZBEKISTONDAGI O‘RNI F.R.Xursanov, J.U.Xudoyorov Termiz muhandislik-texnologiya institute Xozirgi vaqtga kelib energiyaga bo‘lgan talab butun yer yuzida bir necha barobarga oshdi. Insoniyat taraqqiyotida sa’noat ishlab chiqarish va barcha sohalarda energiyaning o‘rni beqiyosdir. Xozirda biz foydalanayotgan yer ostida yotgan qayta tiklanmaydigan yoqilg‘i turlaridan ko‘mir, neft, tabbiy gaz va boshqalaridan foydalaniladi. Bu qayta tiklanmaydigan yoqilg‘ilar tevarak atrofni turli chiqindilar bilan ifloslantirib kelmoqda va shu sababli haroratning ham ortib ketishiga olib ketishiga olib keldi. Yer kurrasida issiqxona efekiti paydo bo‘lishiga sababchidir. Birlamchi tabiy energiyani ikkilamchi, masalan elektr yoki issiqlik energiyasiga aylantirish yo‘li bilan energiya ishlab chiqarish hisoblanadi. Qazib olinayotgan tabiy resurslar ham cheklangan, bir kun kelib bu tabbiy zahiralar ham tugashi mumkin. Biz muqobil energiyadan shamol generatorlaridan foydalanishimiz zarur. Shamol generatorlarining afzalliklari yuz berayotgan tabiy jarayondan energiya olish va bu energiya boshqalariga nisbatan (AES, GES, IES) dan arzon tushadi. Shamol energiyasi gidroenergetikadan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlarga ega, va allaqachon shamol sanoati boshqa qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan bir qatorda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi bo‘yicha (AES) ni ortda qoldirdi. Shamol generatorlarining ishlash prinsipien ergiyani bir shakldan ikknchisiga o‘tish qobilyatiga asoslanadi. Shamol generatorlarining ishlash prinsipi energiyani bir shakldan ikknchisiga o‘tish qobilyatiga asoslanadi. Ushbu uskuna quydagicha ishlaydi. Shamol rotorning mehanik energiyasiga energiyaga aylantirish mumkin bo‘lgan kinitik energiyaga ega. Keyngi bosqichda qurilma mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantiradi. Massaning saqlanish qonuni turbinaga kiruvchi va chiquvchi havo miqdori bir xil bo‘lishi talab qilinadi. Shunga ko‘ra Betz qonuni shamol energiyasini shamol turbinasi tomonidan maksimal erishish mumkin bo‘lgan, havoning kinetik energiyasi turbinaga yetib borish tezligining 16/27 qismini yani 59,3% ni beradi. Aylanishlar davomida shamol generatori rotorga ulangan o‘qni ham aylantiradi. Rotorga biriktirilgan o‘n ikkita magnit statorda aylanganda 50 Hz chastotaga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan elektr toki hosil bo‘ladi. Bu shamol turbinasi qanday ishlashining asosiy prinsipidir. O‘zgaruvchan tokni yaratish va uzoq masofaga oson jo‘natish mumkin. 1-rasm. Shamol generatorining tuzilishi Shamol energiyasi cheksiz va atrof muhitni ifloslantirmaydi, karbonat angidrid (CO2) gazi ajratib chiqarmaydi. Bu turdagi energiya olishda foydali qazilmalar sarf bo‘lmaydi, uzoq muddat xizmat qiladi. Shunda biz ekalogik jihatdan toza bo‘lgan energiyaga ega bo‘lamiz. O‘zbekistonda ham Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda shamol energetikasidan keng foydalanish bo‘yicha sohada texnik-iqtisodiy izlanishlar o‘tkazilib, “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta’minlash Konsepsiyasi” ishlab chiqildi. 2030 yilga qadar respublikada 3 000 MVt quvvatli shamol elektr stansiyalarini qurish asosiy maqsadlardan biri etib belgilandi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekistondagi SHESlarini qurish uchun aniqlangan yer maydonlaridagi shamol potensiali ko‘rsatkichlari jahonda mavjud shamol elektr stansiyalarining o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori hisoblanadi. Ya’ni, quvvatdan foydalanish koeffisiyentlari taqqoslanganda, respublika ko‘rsatkichlari jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 1,5 baravar yuqoriligi aniqlangan. Misol uchun, bir yilda 8760 soat bo‘lsa, O‘zbekistonda barpo qilinadigan shamol elektr stansiyalari taxminan 3900 soat to‘liq quvvati bilan ishlashi mumkin.Bugungi kunda O‘zbekistonda SHESlarni qurish bo‘yicha bir nechta loyihaga start berildi. Jumladan: BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida qiymati 600 million AQSH dollari bo‘lgan 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Ushbu stansiya 2024 yilda to‘liq foydalanishga topshirilgach, yillik 1,8 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va 1 yilda 546 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi Buxoro viloyatining Gʻijduvon va Peshko‘ tumanlarida qiymati 1,3 milliard AQSH dollari bo‘lgan 1000 MVt quvvatli 2ta SHES qurishi bo‘yicha kelishuv imzolangan bo‘lib, ushbu stansiyalar 2023 yilda ishga tushirilgach, yillik 3,6 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi yetkazib beriladi va yiliga 1,1 milliard kub metr tabiiy gaz tejalishini ta’minlaydi.Qoraqalpog‘istonning Beruniy va Qorao‘zak tumanlarida qiymati 110 million AQSH dollari bo‘lgan 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan birgalikda tanlov o‘tkazildi. “ACWA Power” kompaniyasi 1 kVt⋅soat elektr energiyasi uchun 2,57 AQSH syenti tarif taklifi bilan tanlov g‘olibi bo‘ldi. Ushbu stansiya 2023 yilda ishga tushgach, yiliga 350 million kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va bir yilda 106 million kub metr tabiiy gazni tejaydi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Energetika vazirligi shamol energetikasini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan rejalarni muddatidan oldin bajarmoqda. Natijada, 2030 yilga qadar mamlakatdagi SHESlar umumiy quvvatini 5000 MVtga yetkazish kutilmoqda. Ularning katta qismini Qoraqalpog‘istonda barpo etish nazarda tutilmoqda. SHES loyihalarini amalga oshirish davomida ularni yagona energetika tizimiga xavfsiz integratsiya qilish tadbirlari ham amalga oshirilmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari texnologiyalari jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Xususan, energiyani saqlash qurilmalari orasida samarali hisoblanuvchi litiy-ion batareyalarining narxi xalqaro miqyosda maqbul qiymatga tushib boryapti. Xalqaro tadqiqot markazlari kelgusi 5 yilda bu turdagi batareyalar narxi o‘rtacha 30 foizga arzonlashishini taxmin qilmoqda. Buning natijasida O‘zbekistonda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadigan energiyani boshqarish, saqlash hamda yagona energetika tizimi barqarorligini ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 09.04.2021 yildagi PQ-5063-son. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 26.05.2017 yildagi PQ-3012-son. "Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari" Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan/ Toshkent 2014 yil-177 b. Кличев Ш.И., Myxaммaдиев M.M., Aвезов P.P., Пoтaeнко K.Д. «Heтpaдиционные и возобновляемые источники энергии». Учебник- т.:Изд-во «Fan va texnologiya», 2010,192cтp. Download 73.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling