Globallashuv jarayonlari va g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik masalalari kayumova Nodira Zaynitdinovna
Download 91.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Kayumova N odira Zaynitdinovna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Ключевые слова
- Keywords
Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 «Научный импульс» Январь, 2023 1313 GLOBALLASHUV JARAYONLARI VA G‘OYAVIY-MAFKURAVIY XAVFSIZLIK MASALALARI Kayumova Nodira Zaynitdinovna Chirchiq Davlat Pedagogika Universitetining Turizm fakulteti tyuteri Annotatsiya: Ushbu maqolada globallashuv va bu jarayon ortidan yuzga kelayotgan turli tahdidlar haqida fikr yuritiladi. Yoshlarni mana shu globallashuv jarayoni bilan bog'lab turadigan axborot xurujlaridan, yot ma'naviy ta'sirlardan ximoya qilishda milliy urf -odatlar va qadriyatlarning ahamiyati masalalari tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Globallashuv, axborot, demokratiya, madaniyat, kommunikatsiya, milliy o‘zlik, texnologiya, integratsiya, ommaviy madaniyat Аннотация: В этой статье обсуждается глобализация и различные угрозы, связанные с этим процессом. Анализируются вопросы важности национальных традиций и ценностей в защите молодых людей от информационных атак и чуждых духовных влияний, связывающих их с этим процессом глобализации. Ключевые слова: глобализация, информация, демократия, культура, коммуникация, национальная идентичность, технологии, интеграция, массовая культура. Abstract: This article discusses globalization and the various threats that follow this process. The issues of the importance of national traditions and values in protecting young people from information attacks and alien spiritual influences that connect them with this process of globalization are analyzed. Keywords: Globalization, information, democracy, culture, communication, national identity, technology, integration, popular culture KIRISH Tarixda bir xalqni o‘ziga tobe qilishni istagan kuchlar avvalo uni o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. Xitoy donishmandi Konfutsiy bundan 2700 yil oldin o‘z imperatoriga shunday maslahat bergan ekan: «Hoqonim, agar biror mamlaktni bosib olib, u yerda uzoq hukmronlik qilmoqchi bo‘lsangiz, dastavval usha yerda yashayotgan xalqni o‘z tarixiy madaniyatidan mahrum eting, ma’naviy buxronni kuchaytiring. O‘z madaniyatidan bebahra bo‘lib, ma’naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga o‘raladi, sizga qarshilik ko‘rsata olmaydi. Bunday holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish qiyin bo‘lmaydi». Dunyoning mafkuraviy manzarasini tubdan o‘zgartirib, insoniyat, tabiat va jamiyatga birdek havf solayotgan globallushuv hodisasi madaniyat va ma’naviyatni barbod etish, milliy til, urf-odatlar kamolotiga yo‘l bermaslik itoat ettirilgan xalqni jilovda ushlab turishning eng zarur va nozik yo‘llaridan biridir. M ustamlakachi va bosqinchilar Xitoy donishmandi aytgan gaplarni oldindan rejalashtirib qo‘yishadi. Madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat zarbaga uchrab, xalqning, mamlakatning ma’naviyati va Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 «Научный импульс» Январь, 2023 1314 ma’rifati barbod bo‘laversa, odamlar o‘z-o‘zidan e’tikodsiz bo‘lib ketadi. Unday o‘lkada, mamlakatda siyosiy manqurtlik, beparvolik boshlanadi. Oxir-oqibatda milliy g‘urur, iftixor, milliy qadriyatlar asta-sekin zaiflashib shunday o‘lkani, mamlakatni, uning xalqini itoatda qo‘lga aylantirish mumkin. Bugungi kunda “Globallashuv” atamasi atrofida kechayotgan bahslarda turlicha munosabatlar kuzatilmoqda. Ayrimlarning fikricha, bu jarayonlarni bo‘lajak xalqaro fuqarolik jamiyatining alomati, yangi dunyo va demokratiya davrining boshlanishi deb hisoblaydi. Boshqalar uchun globallashuv G‘arbning, asosan Amerikaning iqtisodiy va siyosiy gegemoniyasi bo‘lib, uning natijasida madaniyat butun dunyoda bir xil shaklga kirib, Disneylendning o‘ziga xos jalalangan ko‘rinishini kasb etadi. Albatta, bunday qarashlar asosga ega bo‘lsa-da, alohida olinganda hozirgi dunyoning manzarasini to‘liq aks ettirmaydi. Masala anchayin murakkab. Ammo shunisi shubhasizki, globallashuvning voqe bo‘lishiga sabab bo‘lgan iqtisodiy va texnologik o‘zgarishlar jiddiy ijtimoiy va siyosiy muammolarini keltirib chiqardi. Globallashuv jarayonlari eng ilg‘or, yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash, tezkor zamonaviy kommunikatsiya va aloqa vositalari tizimlarining rivojlanishi, ilmiy, texnik va boshqa, odamlar hayot-faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborotni jamlash va taqsimlash, mehnat unumdorligini ta’minlash uchun qulay sharoit yaratib, bu borada cheklanmagan imkoniyatlarga yo‘l ochmoqda. Bu, o‘z navbatida, mamlakatlarning o‘zaro yaqinlashuviga, jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi jarayonlarini faollashtirishga hizmat qilmoqda. Ammo globallashuv jarayonlarining hozirgi dunyoda bir qator ixtilof va ziddiyatlarni keltirib chiqarayotgan jihitlarini ham e’tibordan qochirish mumkin emas. Bular qatorida avvalo madaniyat va uning bosh tomirini tashkil etgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga bo‘lgan munosabat jiddiy e’tiborni talab etadi. Bugungi kunda ular har qayday mamlakat, xususan, O‘zbekiston uchun olg‘a harakat qilishning samarali sharti, jamiyat ma’naviy-axloqiy sog‘lomligining kafolati, kuchli davlat sifatida jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga bo‘lgan umid tayanchini tashkil etadi. Download 91.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling