“Globallashuv sharoitida noorganik moddalar va
materiallar ishlab chiqarishda innovatsion
texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari”
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi
(chet el olimlari ishtirokida)
AXBOROT XATI
O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-
TEXNOLOGIYA
INSTITUTI
“O’ZKIMYOSANOAT’ AJ
O’zR FA UMUMIY VA
NOORGANIK KIMYO
INSTITUTI
BELORUSSIYA
DAVLAT
TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI
SANKT-PITERBURG
DAVLAT TEXNOLOGIYA
INSTITUTI
NOORGANIK MODDALAR
KIMYOVIY
TEXNOLOGIYASI
KAFEDRASI
Manzil: Toshkent shahri,
Mirzo Ulug‘bek tumani,
M.Ulug’bek ko‘chasi, 41-uy
Telefon: (
94)282 93 63
(99) 948 81 11
Web-sayt: www.tkti.uz
e-mail:kafedranmkt@mail.ru
Konferentsiya doirasida sektsiya
va stend ma'ruzalari
rejalashtirilgan.
Konferentsiyaga
chet-eldan online ishtirok etish
mumkin.
KONFERENTSIYADA
ISHTIROK ETISH BEPUL
2023 yil 9-10 noyabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo'lib
o'tadigan "
Globallashuv sharoitida noorganik moddalar va materiallar ishlab
chiqarishda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari "
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasida
ishtirok etishga taklif
etamiz. Konferentsiya professor-o’qituvchilar, ishlab chiqarish korxonalari
xodimlari, yosh olimlar, magistrantlarning ilmiy izlanishlari
natijalarini
muhokama qilishga bag'ishlangan.
Anjumanda ma‘ruzalar quyidagi sho‘balar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1.Yangi noorganik moddalar va materiallarni sintez qilish va o'rganish
2.Kimyoviy texnologiyalar va atrof-muhit muhofazasi
3.Nanomateriallar kimyosi va texnologiyasi
4.Noorganik moddalar texnologiyasida katalizatorlar va adsorbentlar;
qattiq
jismlar kimyosi
5.Mineral, organomineral va bioo‘g‘itlar texnologiyasi
6.Sintetik yuvish vositalari texnologiyasi
7.“Noorganik moddalar texnologiyasi” ixtisosligi fanlarini o’qitishda
zamonaviy pedagogik texnologiyalar (Kafedra mudirlarining tajriba almashinuvi).