Globallashuv sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlar davlat moliyasi va moliyaviy tizimdagi islohatlarining yo`nalishi mundarija kirish I bob. Globallashuv sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlar davlat moliyasi


Download 372.5 Kb.
bet9/15
Sana08.03.2023
Hajmi372.5 Kb.
#1251948
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
16 Full tayyor GLOBALLASHUV SHAROITIDA RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR

Moliya siyosatining muhim vazifasi - u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejasini yoki chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdir. Lekin moliya siyosatini faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lash mumkin emas. Moliya siyosati - bu moliyaviy munosabatlar sohasida davlatning mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan sohasi. Moliya siyosati mustaqil xususiyatga ega bo‘lish bilan bir vaqtda davlatning har qanday istalgan ijtimoiy faoliyatni amalga oshirishi uchun xoh ijtimoiy, xoh iqtisodiy yoki xalqaro munosabatlar olib borishida muhim vositadir.
Moliya siyosati, byudjet siyosati — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini uz ichiga oladi.
Moliya siyosati taʼsir koʻrsatadigan asosiy obʼyektlar — aholining turli katlamlari, davlat institutlari (tashkilotlari), sanoat va xoʻjalikning b. sohalari, mintakalar va mamlakatlarning umumiy hududi. Moliya siyosatining asosiy quroli va tarkibiy qismi — davlat byudjeti daromadlari va harajatlari, zayomlari, soliq imtiyozlaridir. Davlat tomonidan tanlagan iktisodiy siyosatga va maqsadlarga qarab ayrim bandlar buyicha harajatlarni kupaytirish yoki kamaytirish orqali mamlakat hayotining u yoki bu tomonlariga, davlat institutlari ga, iktisodiyot tarmoqlariga, mas, harbiy harajatlarni yoki ilmiy texnik taraqqiyot uchun harajatlarni kupaytirib yoki kamaytirib, faol taʼsir etish mumkin. Davlat daromadlar, ularning miqdori, soliklar tizimi orqali iktisodiy usish surʼatiga, aholi farovonligiga taʼsir koʻrsatishi, inflyasiya jarayonlarini va h.k.ni boshqarishi mumkin.
Doimiy daromadlardan olinadigan moliyaviy resurslar yetishmagan hollarda qarzlar qoʻllaniladi, ularning hajmi va ularga xizmat koʻrsatish tartibi ham iqtisodiyot holatiga taʼsir koʻrsatadi. Soliq imtiyozlari Moliya siyosatining muhim usullaridan biri hisoblanadi, ularning yordami bilan davlat iqtisodiyotning muhim tarmoqlari taraqqiyotini tezlashtirishi, aholining ayrim qatlamlari yoki toifalarining daromadiga bilvosita taʼsir etishi mumkin. Imtiyozlar va soliqsolish boʻyicha preferensiyalar keyingi oʻn yilliklarda taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotida ayniqsa keng rivojlanmoqda. Mac, AQShda imtiyozlarning umumiy miqdori (yaʼni davlatning soliqlar toʻgʻrisidagi qonunga binoan olinadigan soliqlardan maqsadli voz kechishi) federal byudjetning yarmiga yaqinini tashkil etadi. Moliya siyosati pul-kredit siyosati bilan qoʻshilib ketadi va oʻz tadbirlarini oʻtkazishda uning usullaridan foydalanadi. Moliya siyosatining muhim tomoni shundaki, bu siyosat odatda hukumat va uning qarorlarini tasdiqlaydigan davlat organlarining bevosita tasarrufida va boshqaruvida boʻladi, pulkredit tadbirlari bilan pul hukmdorlari — Markaziy bank tipidagi korxonlar shugʻullanadi. Makrodarajada Moliya siyosati davlat siyosati, mikrodarajada korxona, tashkilotlar va xonadonlar Moliya siyosatidan iborat. Moliya siyosatining tarkibiy qismi — byudjet siyosatining maqsadi davlat harajatlarini muqim ravishda pul bilan taʼminlashdir. Buning uchun byudjetning daromad qismi taʼminlanadi, byudjet daromadi va harajatlari balanslashtiriladi, byudjet taqchilligini meʼyorida (YAIMga nisbatan 3%) boʻlishiga erishiladi.
Firmaning Moliya siyosati — bu firmaning oʻz moliya resurslarini hosil qilish va ularni samarali ishlatishga qaratilgan choratadbirlaridir. Bundan maqsad firmaning rentabel boʻlishi, likvidligini taʼminlash va oʻz-oʻzini moliyalashtirishga erishishdir. Firma Moliya siyosati uning pul fondlaridan oqilona foydalanishiga, uning qarzdorligining meʼyorida boʻlishiga, pul mablaglarining oʻz vaqtida aylanib turishiga, moliyaviy majburiyatlarning vaqtida bajarilishiga qaratiladi. Firma Moliya siyosatini uning egalari ishlab chiqadi, amalga oshirilishini esa moliya menejeri taʼminlaydi. Xonadon Moliya siyosati — uning daromadlari va harajatlarini balanslashtirish, yaʼni daromad manbalarini topish, daromadlarni oqilona ishlatish va farovonlikni oshirishni koʻzlaydi.
Moliya siyosatining natijasi uning asoslangan boʻlishi, real imkoniyatlardan kelib chiqishi va uni izchil amalga oshirilishiga bogʻliq.
Moliya siyosati quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • birinchidan, moliyaviy resurslarning hajmini va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish. Moliya siyosati ko‘zda tutayotgan tadbirlarni, ular bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni real mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishiga erishishi kerak. Shuningdek ajratilayotgan har bir so‘mlik resursdan maksimal darajada samaraga erishishni ta’minlash lozim;

  • ikkinchidan, moliyaviy resurslarning taqsimotida optimal nisbatlarni belgilash, ulardan oqilona foydalanish.

Moliya siyosatining bu vazifasi korxona daromadlarining davlat ixtiyoriga o‘tishining oqilona shakllarini belgilash, aholining davlat daromadlarini shakllantirishdagi xissasini to‘g‘ri belgilash, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi taqsimlash mutanosibliklarini optimallashtirish yo‘llari bilan bajariladi;

  • uchinchidan, muhim va murakkab vazifasi, tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish, iqtisodiy siyosat belgilab bergan rivojlanish yo‘nalishlarini ta’minlash maqsadida uni takomillashtirish.

Moliya siyosatining samaradorligini belgilash uchun jamiyatning ehtiyoji qanchalik qondirilganligi, qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar amalga oshirilganligi baholanishi lozim.
Moliya siyosatiga baho berish va unga tuzatish, qo‘shimchalar kiritish uchun birinchi navbatda jamiyat ehtiyojini qondira oladigan holdagi ijtimoiy taraqqiyot rejasini aniq bilish zarur. U rejada bo‘lajak va yaqin kelajakda amalga oshirish vaqtlari belgilangan chora-tadbirlar bo‘lishi lozim. Faqat shundagina moliya siyosatini ishlab chiqish va muvaffaqqiyatli amalga oshirish hamda obyektiv baholash mumkin.
Moliya siyosatini asosiy yo‘nalishlaridan biri - moliyaviy resurslarni imkon qadar yuqori hajmini aniqlash va ushbu manbalar doimiyligi hamda uzluksizligini ta’minlashdir, chunki moliyaviy resurslar salohiyati barcha o‘zgarishlarning moddiy bazasidir. Shuning uchun moliya siyosatini aniqlash va uning strategik va taktik asoslarini ishlab chiqish uchun davlatning moliyaviy ahvoli, moliyaviy salohiyati, boshqacha qilib aytganda davlatning moliyaviy imkoniyatining obyektivligi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lish lozim.
Moliyaviy siyosatining hozirgi kundagi vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lmog‘i lozim:
1. Respublika davlat budjetidagi taqchillikni yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja doirasida (YaIMning 2-3 %i atrofida) cheklashga yo‘naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni o‘tkazish.
2. Davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o‘zgarishlarni o‘tkazish, ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish maqsadlarini ko‘zlab yo‘naltirishni ta’minlash.
3. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko‘tarishga zarur shart-sharoitlar yaratish. Bu maqsadlarda ularga soliqlardan imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar berish, maqsadli fondlardan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.
4. Ijtimoiy himoyaning adresli bo‘lishiga, moliyaviy mablag‘larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muxtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta’minlashga erishish.
5. Soliq siyosatini takomillashtirish:
- soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo, tibbiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish;

  • korxonalar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirish, qo‘shilgan qiymat solig‘idan olinadigan soliq stavkasini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish;

  • soliq tushumlari tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurs soliqlari, mol-mulk solig‘ining rolini oshirish.

7. Muayyan budjetlarni shakllantirish manbalari bo‘lgan umumdavlat soliqlari bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegara o‘tkazish.
8. Davlat budjeti daromadlarini katta qismini joylarga berish, mahalliy budjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash.
9. Soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish.

Download 372.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling