Globallashuv sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlar davlat moliyasi va moliyaviy tizimdagi islohatlarining yo`nalishi mundarija kirish I bob. Globallashuv sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlar davlat moliyasi


Download 372.5 Kb.
bet8/15
Sana08.03.2023
Hajmi372.5 Kb.
#1251948
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
16 Full tayyor GLOBALLASHUV SHAROITIDA RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR

Budjet va pul-kredit siyosati. Odatda, moliya siyosati tarkibida ma’lum darajadagi mustaqil budjet va pul-kredit siyosati ajratib ko‘rsatiladi.
Budjet siyosati deganda davlat tomonidan quyidagilarni belgilash tushuniladi:

  • davlat budjeti daromadlarini shakllantirish manbalarini;

  • budjet xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlarini;

  • budjetning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan balanslashmaslik chegaralarini;

  • budjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarini;

  • budjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning tamoyillarini.

O‘z navbatida, budjet siyosati tarkibida soliq siyosati, investitsion siyosat, davlat qarzini boshqarish siyosati, budjet yaxlitligi siyosatlari nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladilar. Soliq siyosati soliqlarning tarkibini, ularning stavkalarini hajmlarini, har bir soliq turi bo‘yicha imtiyozlar va jazolarni belgilaydi. Bir vaqtning o‘zida soliq tizimini to‘laligicha, shuningdek alohida soliqlarning tartibga soluvchi yoki rag‘batlantiruvchi choralari o‘rnatiladi.
2.1.3-diagramma

Pul-kredit siyosati deganda emissiyani boshqarish, inflyatsiyani va milliy pul birligi kursini tartibga solish orqali pul muomalasi barqarorligini ta’minlash; bank tizimi faoliyatini reglamentlash va tartibga solish orqali xalq xo‘jaligi va moliya tizimining turli bo‘g‘inlarida hisob-kitoblarning o‘z vaqtida va uzluksizligini ta’minlash; davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi va joylashtirilishini reglamentlash va ularning aylanishini (sotish va sotib olish kursini) tartibga solish orqali, Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkalarini ko‘tarish yoki pasaytirish orqali moliya bozori faoliyatini boshqarish tushuniladi.
Pul-kredit siyosati tarkibida emissiya siyosati, baho siyosati, valyuta siyosati, kredit siyosati – unda o‘z navbatida, masalan, foiz siyosati va investitsion siyosatlar nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladilar. Shuni ta’kidlash kerakki, budjet munosabatlari amaliyotida investitsiyalar deganda asosiy vositalarni o‘stirish va modernizatsiya qilishni moliyalashtirish tushunilsa, bank amaliyotida esa, investitsiyalar deganda qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirish tushuniladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-fevral va 18-iyuldagi yig‘ilishlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan 2018-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotni barqaror, muvozanatli va izchil rivojlantirishning belgilangan prognozlariga erishildi hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning mutanosibligi ta’minlandi.
2018-yilda Yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning real o‘sishi 9,0 foizni tashkil qildi. Sanoat, qurilish va xizmatlar sohasida yuqori sur’atlarda o‘sish kuzatildi. Xususan, sanoatda ishlab chiqarish hajmi 12,7 foizga, qishloq xo‘jaligida 4,5 foizga, transport va aloqada 16,7 foizga va qurilish ishlarida 8,3 foizga oshdi.
O‘tgan yilda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 21,3 foizga o‘sib, uning YaIM tarkibidagi ulushi 45,3 foizni tashkil qildi. Xususan, savdo va umumiy ovqatlanish xizmati 26,8 foizga hamda moliyaviy xizmatlar hajmi 32,2 foizga o‘sdi1.
Hozirgi bosqichda davlatning moliyaviy siyosati quyidagilarga qaratilgan:
1. Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama oshirish hisobiga aholining turmush tarzini yuqoriga ko‘tarish.
2. Tadbirkorlarning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, mehnat va xizmatga bo‘lgan tashabbusini oshirish hamda ularni har tomonlama huquqiy kafolatlash.
3. Aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoya qilish (pensionerlar, ko‘p bolali oilalar, talabalar).
4. Daromadi cheklangan xizmatchilarni (sog‘liqni saqlash, maorif, boshqaruv, mudofaa) ijtimoiy himoya qilish.
5. Yangi moliyaviy strategiya, rang-barang mulk shakllari, bozor munosabatlarini rivojlantirish, tovar va mahsulotlar bozorini, ish kuchi va kapital bozorlarini rivojlantirish.
6. Jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy hayotiga moliyaviy ta’sir ko‘rsatish, uni soliqqa tortish, moliyalashtirish va moliyaviy bozor uslublari orqali amalga oshirish.
7. Moliya tizimida iqtisodiy tanglik ko‘rsatkichlarini imkon qadar bartaraf etish (davlat budjeti kamomadi, emissiyaning joylarda ko‘payib borishi, inflyatsiya darajasining yuqoriligi, ichki va tashqi qarzlarni borligi, tugallanmagan qurilishlarning mavjudligi), chunki iqtisodiy tanglik nisbatan davlat moliyasi bilan bir qatorda korxonalar moliyasida ham mavjud. Pul muomalasini tartibga solish. Milliy valyutaning ichki va tashqi konvertatsiyasini ta’minlash hisobiga so‘mning qadrini oshirish.
9. Iqtisodiyotni jahon andozalariga yetkazish maqsadida xorijiy investitsiyalarni kirib kelishini ta’minlash.
10. Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish hisobiga korxonalar iqtisodiy salohiyatini oshirish.
11. Sug‘urta tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini kengaytirish va kuchaytirish.
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati takomillashib bordi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini olish va ilg‘or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag‘batlantirish yo‘lidan og‘ishmay bormoqda.

Download 372.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling