Globallashuv tushunchalarining rivojlanish evolyusiyasi. Xeksher-Olin va boshqa savdo modellari


Download 23.75 Kb.
bet1/2
Sana10.04.2023
Hajmi23.75 Kb.
#1348843
  1   2
Bog'liq
Ikramov Murodjon JN Global iqtisodiy rivojlanish


2 variant



  1. Globallashuv tushunchalarining rivojlanish evolyusiyasi.

  2. Xeksher-Olin va boshqa savdo modellari.

  3. Joriy hisob balansi va tashqi qarz.




  1. Globallashuv (globalizatsiya) - lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan uni “dumaloqlashuv”, “kurralashuv” deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. “Global” tushunchasi lug‘aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida “umumiy”, lotin tilida esa “globus”-Yer shari” ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan katta muammolarni, “sayyoraviy”, “dunyoviy” muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o‘ziga qamrab oladi. 

Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan foydalanilgan. Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan. 1985 yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Robertson «globallashuv» atamasiga tushuncha bergan. Globalizatsiya atamasi birinchi bo‘lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qo‘llanilib kelingan. Ammo bu so‘zning to‘liq ma’nosi, konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan to‘liq ochib berilgan.
“Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan. Mazkur ta`rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga e`tibor berilgan. O`z davrida frantsuz faylasufi Rene Dekart “Tushunchalar ma`nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi” - deb yozgan edi. Ayni shu ma`noda dastlab biz “globallashuv” tushunchasining istilohiy ma`nosini izohlashga harakat qilamiz. Bu so‘zga quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv – Jahon xo‘jaligi rivojlanishining ob’ektiv jarayoni bo‘lib, juda ko‘p ijobiy xususiyatlarga egadir: bular asosan turli mamlakatlar xo‘jaligining o‘zaro aloqasi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm – fan texnika texnalogiya yutuqlari almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy taraqqiyotiga ko‘maklashuv bilan tasdiqlanadi. Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob’ektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. Globallashuvga qarshi harakatlar ham mavjud bo‘lib, ular globallashuv natijasida yuzaga keladigan va kelayotgan muammolarni oqibati salbiy deb e’tirof etishadi. Bunday tashkilot, uyushma, harakatlarga Green, AntiDaos kabi bir necha antiglobilistlarni kiritish mumkin. Globallashuv bosqichiga mintaqalashuv bosqichini bosib o‘tish lozim.

  1. XX asrning ko’plab buyuk iqtisodchilari – Eli Xeksher, Bertil Olin, Djeyms Mid, Pol Samuelson, Vasiliy Leontyevlar tomonidan ham xalqaro savdo muammolari atroflicha o’rganilgan. Shvesiyalik iqtisodchilar – neoklassik Eli Xeksher va uning shogirdi Pertil Olinning tadqiqotlari XX asr 20 – yillari o’rtasida xalqaro savdo nazariyasi sohasida haqiqiy portlash bo’ldi. Ular tomonidan Xeksher – Olin nazariyasi deb nom olgan xalqaro savdo nazariyasini yaratdilar. Ushbu nazariyaga binoan tashqi savdoning tarkibi va jo’g’rofiy yo’nalishi mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan nisbiy ta’minlanganligi bilan aniqlanadi. Ushbu nazariyaning muhim tomoni faqatgina bu bilan emas, balki uning asosida mamlakatni ishlab chiqarish omillari bilan ta’minotini o’zgartirish orqali uning tashqi savdo faoliyatini o’zgartirishga olib keladigan iqtisodiy siyosatning ustuvor yo’nalishlarini ishlab chiqishga ham yordam beradi. Xeksher - Olin nazariyalari kuzatish va intuisiyaga asoslangan fikrlashga tayangan bo’lsa, Samuelson tomonidan matematik isbotlash yo’li tanlandi. U Xeksher - Olin nazariyasi asosiy jihatlarini qat’iy isbotlashga imkon beradigan qattiq jihatlarni kiritadi.

Pol Samuelson va Rokold Djons ilmiy ishlarida mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganligi va tashqi savdo o’rtasidagi o’zaro aloqalar kabi masalalargina o’rganilmay, balki jamiyatning har xil ijtimoiy guruhlari o’rtasida tushum taqsimotiga savdo munosabatlari o’rnatilishi ta’sir doiralari kabilar o’rganilgan. Ushbu masalalar savdo siyosatini amalga oshirishda o’ta muhimligi bilan ajralib turadi.


Taniqli Amerika iqtisodchisi Pol Krug-Mann ishlarida hozirgi vaqtda xalqaro savdoning bir qancha tendensiyalarini tushuntirish imkoniyatini bermaydigan masshtabda iqtisod bo’lgan monopolistik raqobat va savdoning bir qancha boshqa modellari amal qilish sharoitida tashqi savdo masalalari tadqiq qilingan. Uning bir qancha tadqiqotlarida savdo siyosatining oqibatlari tahlil qilinadi va proteksionizmga qarshi erkin savdoning ustunligi asoslab beriladi.
Yagdish N. Bxogvoti ma’lum bir sharoitlarda eksportga yo’naltirilganlikning oshishi savdo sharoitining yetarlicha yomonlashuviga olib kelishligini, natijada real daromad pasayishi kelib chiqishligini isbot qildi.
O’zbekiston Respublikasida tashqi savdo va tashqi savdo siyosatining har xil tomonlarining o’ziga xos jihatlari Alimov A., Bedrinsev A., Bekmurodov A., Xachiyev G., Islomov B., Rasulov A., Saidova G., Trushin E., Chekes S., Sirajiddinov K. kabi iqtisodchilarning asarlarida o’rganilgan. Xususan, A.Alimov tadqiqotlarida o’tgan asrning 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarining holati atroflicha tahlil qilinib, kelgusidagi tashqi iqtisodiy faoliyat bashoratlangan [8]. Bekmurodov A. va Xachiyev G. larning ilmiy tadqiqotlari eksport salohiyatini amalga oshirish uchun mahalliy korxonalarda marketing faoliyatini jonlashtirishga bag’ishlangan.

  1. Joriy hisob balansi mamlakatning jamg'armalari va uning investitsiyalari o'rtasidagi farqdir. "Agar joriy hisob balansi ijobiy bo'lsa, u chet elda sarmoya kiritgan mamlakatning bir qismini o'lchaydi, agar salbiy bo'lsa, xorij investorlarining mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladigan ichki investitsiyalarning qismi".

Joriy hisob balansi tovarlar va xizmatlar importining qiymati va xorijdagi investitsiyalarning sof daromadi, mahsulotlarning va xizmatlar eksportining qiymatini hisobga olgan holda, ushbu elementlarning milliy valyutada o'lchanadigan summasi bilan belgilanadi.

Download 23.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling