Globallashuv tushunchalarining rivojlanish evolyusiyasi. Xeksher-Olin va boshqa savdo modellari


Joriy hisob balansi bilan bog'liq shartlar


Download 23.75 Kb.
bet2/2
Sana10.04.2023
Hajmi23.75 Kb.
#1348843
1   2
Bog'liq
Ikramov Murodjon JN Global iqtisodiy rivojlanish

Joriy hisob balansi bilan bog'liq shartlar:

  • To'lovlar balansi

  • Import

  • Milliy hisoblar

«Hech kimga sir emaski, bugun keng tarqalib borayotgan jahon rnoliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri-bu banklar likvidligi, ya'ni to'lov qobiliyatining zaifligi bilan bog'liq rnuarnrnoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul rnablag'larining yetishmasligi bilan izohlanadi) .
Ko'plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi puxta o'ylanrnagan siyosati ham ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga qaram, xatarli vaziyatlar oldida himoyasiz va nochor ahvolga solib qo'yganligini ham alohida ta'kidlash lozim.
Mamlakatning umumiy tashqi qarzi – mahalliy iqtisodiyotning xorijliklar (xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy institutlar va boshqalar) oldidagi amaldagi, (ya'ni hali to'lovlari amalga oshirilmagan) kelajakda ma'lum bir muddatda qaytarilishi talab qilinadigan majburiyatlarini o'zida aks ettiradi.
Tashqi qarz, davlat tashqi qarzi hamda xususiy sektor tashqi qarziga bo'linadi. Davlat tashqi qarzi, hukumat tomonidan jalb qilingan yoki uning kafolati ostida olingan tashqi qarzlarni o'z ichiga olsa, xususiy sektor tashqi qarzi, o'z navbatida, davlat majburiyat olmagan qarzlardan iborat.
Qarz beruvchi tomonidan taqdim qilingan moliyaviy mablag' qarzning asosiy miqdori deb atalib, unga ma'lum foizda ustama hisoblab boriladi. Qarzning asosiy miqdoridan foydalanish evaziga qarz shartnomasiga amal qilish davrida qarz oluvchi tomonidan qarz beruvchiga hisoblangan ustama ko'rinishida foiz to'lovlari hamda qarzni qaytarish jadvaliga muvofiq asosiy miqdor to'lovlarini amalga oshiradi. Bunda tahliliy maqsadlarda tashqi qarzlar muddatlari bo'yicha qisqa (so'ndirilish muddati 1 yilgacha bo'lgan) hamda uzoq muddatli qarzlarga (so'ndirilish muddati 1 yildan uzoq bo'lgan) tasniflanishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasining umumiy tashqi qarzi bo'yicha jadvallar va tahliliy ma'lumotlar har chorakda Markaziy bank tomonidan foydalanuvchilarga taqdim qilinadi. Bunda O'zbekiston Respublikasining davlat tashqi qarzi bo'yicha jamlangan ma'lumotlar Moliya vazirligi tomonidan, xususiy sektor tashqi qarzlari bo'yicha ma'lumotlar esa Markaziy bank tomonidan shakllantiriladi.
Download 23.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling