Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi reja: Jahon miqyosida ro`y berayotgan globallashuv jarayonlari va uning o`rganishning ilmiy-nazariy zaruriyati
Globallashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki
Download 61.95 Kb.
|
Globallashuv
Globallashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki, u хalqlarning, davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarning yaqinlashishini tеzlashtiradi, ularning rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Globallashuvning salbiy tomoni shundan iboratki, ko’p ming-ming mayda, qoloq etnik guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusumlari jahon bo’ylab kuchayib borayotgan globallashuv jarayonlarida katta millatlar, yirik milliy madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlasha olmay, o’z-o’zidan faol ijtimoiy-iqtisodiy, lisoniy-zaboniy hayotdan chiqitga chiqib qolmoqda. Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi – o’z millatining raqobatbardoshligini ko’tarish, buning uchun uning faol siyosati, tadbirkor iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli yutuqlari uchun kurashishdir. Buning uchun mustaqil O’zbеkistonning har bir fuqarosi 4 ta sifatga ega bo’lishi kеrak: 1) zamonaviy mutaхassis bo’lishi; 2) o’zbеk davlat tili, rus tili, ingliz tillarini mukammal bilishi; 3) doim o’z bilim doirasini yangilab borishi va 4) tadbirkor-tashabbuskor bo’lishi kеrak (Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug’at. Mualliflar: M.Abdullaеv va boshqalar. – T.: SHarq, 2006. – 528 b.) 2. Bugungi kunda zamonamizning global muammolari deb ataluvchi muammolar haqida eshitmagan odamni uchratish qiyin. Bu muammolarga demografik, energetik, xom-ashyo muammolari, urush va tinchlik muammosi, ekologiya va boshqalar kiradi. Albatta, ushbu muammolar ilgari ham mavjud edi, lekin faqat XX asrdagina ular global muammolarga aylandi. Insoniyat tarixida mavjud bo‘lgan oldingi shunga o‘xshash muammolardan ular shunisi bilan farq qiladiki, mazkur muammolar planetar xarakterga ega. XX arsning 40--yillardayoq K.Yaspers shunday deb yozgan: «Barcha mavjud muammolar dunyo muammolari bo‘lib qoldi, vaziyat - umuminsoniyatning vaziyatiga aylandi». Bugungi kunda dunyoda bo‘layotgan har bir hodisa, u ekologik tanglik bo‘ladimi, urushmi, ochlikmi, energetik va boshqa resurslarning kamayib ketishimi, madaniyatdagi tanglikmi yoki demografik tanglikmi bundan qat’iy nazar ular endi lokal, mahalliy, milliy muammolar bo‘lib qolmay planeta miqyosidagi global xususiyat kasb etmoqda. Global muammolar - bu shunday muammolarki, ular butun insoniyatning manfaatlariga dahl qiladi, uning kelajagiga xavf soladi hamda ular butun xalqaro hamjamiyatning ishtiroki bilangina hal etilishi mumkin. XX asrgacha mavjud bo‘lgan muammolar hech qachon butun planeta hamjamiyatining mavjudligiga xavf solmagan. Global muammolar XX asr mahsulidir va ularning paydo bo‘lishi inson faoliyati bilan bog‘liq. Global muammolarning paydo bo‘lishining sababi inson faoliyati bilan bugungi tabiatdagi va jamiyatdagi ahvol o‘rtasidagi qarama-qarshilikning o‘sib borishidir.Ushbu sabab, o‘z navbatida bir qator ichki sabablarga bo‘linadi: «Jamiyat-tabiat» tizimidagi qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq sabablar. Jamiyatning o‘zining ichidagi ijtimoiy tuzilmalar (individlar, ijtimoiy guruhlar, davlatlar va xalqaro tuzilmalar) o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘liq sabablar. Ushbu sabablarning mohiyati nimadan iborat? 1. XX asrgacha tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish va tabiatga ta’sir ko‘rsatish lokal xususiyatga ega edi. XX asrda insonning xo‘jalik faoliyati planetar miqyoslarga ko‘tarildi. Tabiatga tushuvchi antropogen yuklar shu qadar ko‘paydiki, ular yangi geologik kuchga aylandi (V.I.Vernadskiy). Bu kuch planetaning butun qiyofasini o‘zgartirishga, biosferada ortiga qaytmas sifat o‘zgarishlariga olib kelishga qodir. Bu o‘rinda ozon qatlamining buzilganligi yoki tropik o‘rmonlarning yo‘q qilinganligini eslashning o‘zi kifoya. Vaziyat shundayki, insonning o‘zining yashab qolishi haqidagi masala kun tartibiga qo‘-yilgan. 2. Ijtimoiy rivojlanishidagi notekislik, mustamlakachilik, shuningdek, dunyo boyliklarini iste’mol qilishi va taqsimlashdagi adolatsizlik shunga olib keldiki, boy va kambag‘al mamlakatlar paydo bo‘ldi. Bu hol sobiq mustamlaka va rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqligi va shu bilan bog‘liq bo‘lgan ochlik, savodsizlik kabi global muammolarni tug‘dirdiki, bu o‘z navbatida insoniyat oldiga ana shu uzilishni yo‘qotishga qaratilgan yangi tartibni yaratishdan iborat global muammoni qo‘yadi. Ijtimoiy rivojlanishdagi ana shu notekislik urushlarga ham sabab bo‘ldi. Biroq XX asrgacha davlatlar o‘rtasidagi nizolar va ularning oqibatlari lokal-mintaqaviy xususiyatga ega edi. XX asr jahon urushlarini yuzaga keltirdi. Hozirgi qurol-yarog‘larning xususiyatini hisobga oladigan bo‘lsak, uchinchi jahon urushi yuz bergudek bo‘lsa, butun insoniyat yo‘q qilinishi masalasi paydo bo‘ladi. Shu sababli xalqlar va davlatlarning tinch-totuv yashashlari insoniyatning global muammosiga aylanib qolmoqda. Ilgari ma’lum bo‘lgan global muammolar (demografik, ekologik, oziq-ovqat va hokazo) bilan bir qatorda XX asr oxirida va XXI asr boshida global muammolar xususiyatiga ega bo‘lgan yangi xavflari yuzaga keldi: xalqaro terrorizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilik va boshqalar. Ana shunday o‘ziga xosliklar tufayli global muammolarni xalqaro hamjamiyatning ishtirokisiz hal qilish mumkin emas. Ularni hal etishning zarur sharti insoniyatning yakdilligi bo‘lib, bu o‘z navbatida integratsiyaning o‘sishi va jahon hamjamiyatida bir-birini tushunishning ortib borishini taqozo qiladi. 3. Global muammolar paydo bo‘lgan paytdan boshlab olimlar, siyosatdonlar, ijtimoiy va xalqaro tashkilotlar e’tiborini jalb etdilar. Shu munosabat bilan global rivojlanishning turli-tuman matematik, kompyuter modellari va prognozlari yuzaga kela boshladi. XX asrning 70--yillarida olimlar, biznesmenlar va siyosatchilarni o‘z safida birlashtirgan nohukumat tashkilot - Rim klubi tomonidan bir qator prognoz modellari yaratildi. Dastlabki ana shunday matematik modellarning birinchisi faylasuf va kibernetik olim X.O‘zbekxon tomonidan yaratilgan edi. Keyingi imitatsion model («Mir-1») Dj.Forrester tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda aholining ko‘payishi, kapital mablag‘larning, tabiiy resurslar, atrof-muhitning ifloslanishi va oziq-ovqat muammolarining rivojlanishi hamda o‘sib borishi ko‘rsatilgan edi. Tez orada shu olimning o‘zi tomonidan yanada takomillashtirilgan model - «Mir-2» yaratildi. 1972--yilda D.Medouz va Massachuset texnologiya institutining bir guruh yosh olimlari «Mir-3» modelini yaratdilar va mazkur model Rim klubining «O‘sib borish chegaralari» nomli ma’ruzasi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Model 1900- -yildan 2100--yilgacha bo‘lgan davrdagi global rivojlanish jarayonlarini tasvirlar edi. Model mualliflari shunday xulosaga keldilar: agar aholi o‘sishining, sanoatning, qishloq xo‘jaligining, tabiiy resurslarni ekspulatatsiya qilishining hamda atrof-muhitning ifloslanishining asosiy tamo-yillari saqlanib qoladigan bo‘lsa, insoniyat global tanglikka duchor bo‘ladi. Ma’ruza mualliflari bundan shunday xulosa chiqaradilar: insoniyat o‘sish strategiyasidan global muvozanat holatiga o‘tishi kerak. «O‘sish chegaralari» da chiqarilgan xulosalar turlicha qabul qilindi, biroq bir narsani yakdillik bilan qayd etish mumkin: ma’ruza qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi va jahon jamoatchiligining diqqat e’tiborini global muammolarga jalb etdi. Ma’ruza natijalaridan biri shu bo‘ldiki, unda cheksiz iqtisodiy o‘sish haqidagi afsona fosh qilindi. D. Medouz va J. Forresterlar modelidan farqli o‘laroq, M.Mesarovich va E.Pestellarning Rim klubiga «Insoniyat tub burilish arafasida» nomi ostida taqdim etilgan ma’ruzasida aks etgan modeli (1974) da dunyo mintaqaviy rivojlanishni hisobga olgan holda ko‘rib chiqiladi. Ma’ruzada bir qator mintaqaviy tangliklar va falokatlar prognoz qilingan va shu munosabat bilan «organik o‘sish» strategiyasi taklif etilgan edi. Ushbu strategiyaning asosiy mag‘zi mintaqalarning differensiallashgan rivojlanish haqidagi g‘oya bo‘lib, u insoniyatning organik bir butunlik sifatida rivojlanishiga imkoniyat yaratishi lozimligi edi. Rim klubiga taqdim etilgan dastlabki, miqdoriy usullarga asoslangan ma’ruzalar bilan bir qatorda dunyoning rivojlanish jarayonlarini sifat jihatdan tahlil qilishga asoslangan «Jahon tartiblari modellarining loyihasi» doirasidagi tadqiqotlar keng yo-yildi. Bular A.Kotarining «Kelajakka qo‘-yilgan qadamlar», (1974), R.Falkning «Kelajakdagi dunyolarni o‘rganish» (1975), A.Mazruining «Madaniyatlarning jahon federatsiyasi» (1976), Y.Galtungning «Haqiqiy olamlar» (1980) va «Muqobillar bor!» (1984) kabi ishlaridir. YUNESKO homiyligi ostida K.Doych rahbarligida «Umumjahon modellari» loyihasi («Jahoniy modellashtirish muammolari. Siyosiy va ijtimoiy implikatsiyalar», 1977), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) homiyligida J.Lezurn rahbarlik ostida tayyorlangan «Xalqaro kelajak» loyihasi («Kelajak bilan uchrashuv: mumkin bo‘lganni amalga oshirish va ko‘zda tutilmagan hollarga tayyor bo‘lish», 1974) ishlab chiqildi. Sasseks universitetida (Buyuk Britaniya) CH.Frimen va S.Koul rahbarligi ostida 1977--yilda bajarilgan «Global modellar» «Jahon kelajagi. Katta munozaralar», G.Kan rahbarligida Gudzon institutida (AQSH) bajarilgan «Yaqinlashayotgan to‘polon» (1982), Amerika ma’muriyatining buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan ma’ruzalar «2000--yilning global muammolari» (1980) «Global kelajak: harajat qilish vaqti» (1981), Umumjahon vaxtasi instituti tadqiqotlari va boshqalar ma’lumdir. Agar kelajakning «mumkin bo‘lgan dunyolari» ning dastlabki modellari texnokritik xususiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, keyingi davrda global muammolarni yechish uchun jamiyatning o‘zini ijtimoiy munosabatlarini (mintaqalararo, davlatlararo) va insonning o‘zini, uning qadriyaviy mezonlarini va kundalik xulq-atvorini mukammallashtirish zarurligi haqidagi fikrlar tobora ko‘proq mazkur keyinchalik paydo bo‘lgan modellarga kirib bormoqda. 4. Inson sivilizatsiyasining butun tarixi, taassuf bilan qayd etish lozimki, urushlar tarixidan iborat. Urush uzoq vaqt davomida zarur, muqarrar va hatto insoniyatning rivojlanishi uchun foydali hodisa sifatida qarab kelindi. Buni tasdiqlovchi ko‘plab dalillar N. Makiavelli, F.Venon, T.Gobbs, J.Prudon, F.Nitsshe va boshqalarning ishlarida saqlanib qolgan. Bu o‘tmishdagi barcha mutafakkirlar urushni xuddi shunday qabul qilgan degani emas. Erazm Rotterdamskiy, J.J.Russo, I.Kant, M.V.Lomonosov va boshqa ko‘plab mutafakkirlar urushga qanday munosabatda bo‘lganlari yaxshi ma’lum. XIX-XX asrlarda tinchlik uchun kurash patsifizm, ya’ni urush va militarizm bilan bog‘liq barcha narsalarni to‘liq inkor etish tusini oldi. Ta’kidlab o‘tish zarurki, asrdan asrga urushlar tobora dahshatliroq va qirg‘in bo‘lib borgan. Yevropada XVII asrda urushlarda 3 million odam halok bo‘lgan, XIX asrda 5,2 mln (ularning 2 mlnga yaqini Napoleon urushlarida). XX asr bu borada barcha asrlarni ortda qoldirdi. Birinchi jahon urushida 10 millionga yaqin, ya’ni ilgarigi 200 -yil davomida yuz bergan urushlarda qancha odam o‘lgan bo‘lsa shuncha kishi halok bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi 60 million kishining yostig‘ini quritdi. Unda 61 ta davlat ishtirok etdi va mustamlakalarni ham hisobga olganda Yer shari aholisining 80%ni qamrab oldi. Jangovar harakatlar Yevropa, Osiyo, Afrikaning 40 ta davlati hududida, to‘rtta okeanning akvatoriyalarida olib borildi. Ommaviy qirg‘in qurollarining turlarining rivojlantirilishi (yadroviy, vodorod, neytron, kimyoviy, bakteriologik va hokazo) shunga olib keldiki, bugungi kunda to‘plangan qurol-yarog‘lar zaxirasi insoniyatni hamda sayyoramizdagi jami mavjudotlarni bir necha marta yo‘q qilish uchun yetarlidir. Aytish mumkinki, urush va tinchlik muammosi - bu «zamonaning tarixiy jihatdan birinchi global muammosidir va hozirga qadar global muammolar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turuvchi eng xavfli va orqaga surib bo‘lmaydigan muammo bo‘lib qolmoqda» «Sovuq urushning» tugatilishi, bloklarning harbiy-siyosiy qarama-qarshiligining bartaraf etilishi, xalqaro vaziyatning umumiy yaxshilanishi urushni ongli ravishda boshlanish xavfini ancha kamaytirdi. Biroq uning tasodifan boshlanib ketish xavfi saqlanib qolmoqda. Shu sababli ushbu global muammo faqat global qurolsizlanish va birinchi navbatda, ommaviy qirg‘in qurollarining yo‘q qilinishi orqali hal etilishi mumkin. Ekologik muammo. «Ekosofiya»ning falsafaning muayyan, juda o‘ziga xos qismi sifatida shakllanishi bir qator bosqichlarni bosib o‘tdi: XX asrning 50--yillari: ekologiyada ahvol yaxshi emasligini qayd etish; 60--yillar: nazariy idrok etish uchun dastlabki urinishlar; 70--yillar: ijtimoiy harakatlarning amaliy faoliyatining boshlanishi («yashillar» va boshqalarning); 80--yillar: aniq-ravshan bayon qilingan tamo-yillar asosida harakatlar amaliyotini ishlab chiqish; 90--yillar: global ekologik tafakkurning shakllanishi. «Ekosofiya»ning rivojlanishiga A,Pechchei, G.Kommoner, A.King, L.Braun, D.Medouz, G.Kan, J.Forrester, E.Pestel va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar. Hozirgi zamon globalistikasi ishlab chiqish bilan shug‘ullanayotgan xalqaro nohukumat tashkiloti - Rim klubining paydo bo‘lishi va dastlabki 15 -yillik faoliyati italyan faylasufi va jamoat arbobi A.Pechchei nomi bilan bog‘langan. Eng muhim ishlanmalar qatorida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: - Global miqyosdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik rivojlanish jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun maxsus transmilliy tuzilmalar yaratish haqidagi taklif (E.Pestel, M.Mesarovich); - Ekologik muvozanatlashtirilgan global iqtisodiy tizimlar nazariyasini ishlab chiqish (L.Braun); - Global ekologik va insonparvarlik etikasini shakllantirish (R.Atfild) va boshqalar. A.Pechcheining «taraqqiyot dinidan va mexanikaning kuch-qudratiga ko‘r-ko‘rona ishonishdan» voz kechish va o‘z nigohini Sharqqa qaratish zarurligi, zero «Osiyoning metafizik madaniyatlari materialistik g‘arb sivilizatsiyasini ko‘p narsaga o‘rgatishi mumkinligi» haqidagi takliflaridan biri g‘oyat qiziqarlidir. Hozirgi kunda ekologik muammolarning naqadar dolzarbligini anglab yetish uchun BMTning global ekologik ma’lumotlari (1992) dan bir qator faktlarni keltirish mumkin. Ekologiya sohasida eng jiddiy masalalari sifatida quyidagilar e’tirof etilgan: - chuchuk suvning yetishmasligi (uning 63% qishloq xo‘jaligida, 23% sanoatda va faqat 8% turmushda ishlatiladi); - Dunyo okeanining ifloslanishi («o‘lik zonalarning» paydo bo‘lishiga qadar); - Orolning qurishi (uning sathi 3 metrga pasaydi, yana 9-13 metrga pasayishi va sho‘rlanishning 10 marta ortish kutilmoqda); - Havoning halokatli tarzda ifloslanishi, xususan yirik shaharlarda (Parij, Madrid, Rio-de-Janeyro, Tokio, Sidney, Toronto, London, Tehron, Bangkok, Nyu-York va boshqalar); - Tuproq erroziyasi (tuproqning 15% allaqachon tiklab bo‘lmas darajada erroziyaga uchragan); - O‘rmonlarning yo‘q bo‘lib ketishi (har -yili 16,8 mln gektar o‘rmon kesib yuborilmoqda); - Tabiiy ofatlar oqibatlari (toshqinlar, zilzila, bo‘ronlar, vulqonlar otilishi va hokazo). Umuman olganda ekologik muammo yadro urushini oldini olishdan keyingi ikkinchi muammo bo‘lib qoldi va vaqt o‘tishi bilan birinchi o‘ringa chiqishi ham mumkin. Kanadalik olim R.Pelke o‘zining «Envayronmentalizm va progressiv siyosatning kelajagi» nomli ishida ta’kidlaganidek, ekologiya barcha insoniy ehtiyojlar va istaklardan ham ko‘ra fundamentalroqdir, iqtisodiy muvaffaqiyatlar esa, bundan buyon ekologik beqarorlik uchun to‘lanadigan adekvat baho sifatida qaralishi mumkin emas. Shunday qilib, alternativ shunday: insoniyat yohud o‘z sivilizatsiyasini ekologiya nuqtai nazaridan modernizatsiya qiladi, yoki atrof muhit bilan birga degradatsiyaga uchraydi. Energetik muammo. Amerikalik global-muammolar tadqiqotchisi A.Smilning fikriga ko‘ra hozirgi sivilizatsiyaning tayanchi bo‘lgan «uchta kit» - bu energiya, oziq-ovqat va atrof-muhit bo‘lib, qolganlari ikkinchi darajali ahamiyatga ega. 1945--yildan boshlab olinayotgan energiya miqdori uch marta ko‘paydi, biroq u o‘ta notekis taqsimlanmoqda. O‘nta eng rivojlangan mamlakatlar butun energiyaning 70% ni iste’mol qilgani holda (ularning aholisi Yer shari aholisining 7% ga yaqinini tashkil etadi), rivojlanayotgan mamlakatlar (sayyora aholisining 78%) ishlab chiqarilayotgan energiyaning faqat 18% bilan kifoyalanishga majburdir. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar faqat iste’mol qilinayotgan energiya miqdoriga ko‘ra emas, balki sifatiga ko‘ra ham farq qiladilar. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosiy energiya manbalari - bu neft, gaz, kamroq miqdorda ko‘mir bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda asosan har xil texnika ekinlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining chiqindilaridir (masalan, Bangladeshda butun energiyaning 90%, Nigeriyada - 80%, Indoneziyada - 66% ana shunday manbalardan olinadi). Energetika muammosi bir qator aspektlarga ega: birinchidan, rivojlangan jamiyatlar tobora ko‘proq energiyani talab qiladi, ikkinchidan, qancha ko‘p energiya ishlatilsa, uning manbalari shuncha kamayadi (agar an’anaviy energiya manbalari ko‘zda tutilsa), uchinchidan, qancha ko‘p yonilg‘i iste’mol qilinsa, atrof-muhit shunchalik ko‘p darajada ifloslanadi. To‘rtinchidan, muqobil energiya manbalari deb ataluvchi manbalar har doim ham o‘zini oqlamaydi. Masalan, I.V. Kurchatov atom energiyasini kelajakning asosiy energiyasi, deb hisoblangan edi. Biroq, AES larda yuz bergan bir qator falokatlar, xususan, 1996--yilda Chernobildagi falokat, muammoning murakkab ekanligini ko‘rsatadi. Faqat 1990- -yilning o‘zidagina AESlarda 143 ta turli kamchiliklar qayd etilgan. 2000--yilga kelib 300 ta yadro reaktori yopilgan. Energetik muammoni hal etishi yo‘llari orasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: - energiyaning yangi, xavfsiz va nisbatan arzon bo‘lgan manbalarini qidirib topish (quyosh energiyasidan, shamoldan, dengiz oqimlaridan foydalanish); - an’anaviy sanoat materiallari o‘rniga ancha yengil, arzon, kam energiya sarflanadigan materiallardan foydalanish (po‘lat o‘rniga alyuminiy, mis o‘rniga shisha tolasi, metall o‘rniga plastik va hokazo). Xom-ashyo muammosi. Energiya ishlab chiqarish va uni iste’mol qilish bilan chambarchas bog‘liq muammo xom-ashyo (mineral resurslar, o‘rmonlar va hokazo) muammosidir. Hozirgi paytda 1970--yildagiga nisbatan uch marta ko‘p foydali qazilmalar qazib olinmoqda. Bunda rivojlanayotgan mamlakatlar foydalanayotgan ulush 12% ni tashkil etadi. A.E.Fersman XVI-XX asrlar mobaynida yerdan 50 milliard tonnaga qadar ko‘mir, 2 milliard tonna temir, 20 milllion tonna mis, 20 ming tonna oltin va boshqalar qazib olinganini hisoblab chiqqan. Hozirgi paytda -yiliga 100 milliard tonnaga yaqin (50 kv.km atrofida) foydali qazilmalar qazib olinmoqda. V.I.Vernadskiyning «insoniyat umuman olganda, qudratli geologik kuchga aylanmoqda» degan xulosasiga to‘liq qo‘shilishi mumkin. Xom-ashyo muammosining hal etilishi xom-ashyoning qimmat va olish qiyin bo‘lgan turlarini arzon va oson olinadigan turlariga almashtirish, resurslarni tejaydigan texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarishni miqdor ko‘rsatkichlaridan sifat ko‘rsatkichlariga qayta yo‘naltirish bilan bog‘liq. Oziq-ovqat muammosi hozirgi paytda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi: och qolayotganlar soni 1970--yilda 460 million bo‘lgan bo‘lsa, 1990--yilda 550 millionga yetdi. 2000--yilga bu ko‘rsatkich 650 million kishiga yetishgan (sayyora aholisining 10%). Hisoblarga qaraganda me’yordagi ovqatlanish uchun bir kishiga eng kamida 0,6 ga ishlov beriladigan yer to‘g‘ri kelishi lozim. Bu ko‘rsatkich esa hozirning o‘zidayoq me’yordan ikki baravar (2000--yilda u 2,5 baravar kam bo‘ldi, ya’ni 0,23 - 0,15ga, ya’ni to‘rt baravar kamaydi, shunda ham agar ishlov beriladigan yerlar soni ilgarigi miqdorda qolsa). Faqat Osiyo va Afrika mamlakatlarining o‘zidagina ochlikdan bir kunda 1200 tagacha kishi halok bo‘lmoqda. Ochlik, garchi oziq-ovqat muammosining yaqqolroq namoyon etuvchi hodisa bo‘lsa ham, lekin u bu muammoning birdan-bir ko‘rinishi emas. Muammoning boshqa tomoni - rivojlangan mamalakatlardagi ortiqcha ovqat iste’mol qilishdir. Juda ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi mutlaq (oziq-ovqatning umuman yetishmasligi) yoki nisbatan (ovqatlanishning ma’lum bir komponentlarining - oqsillari, vitaminlar, minerallar, yog‘lar, uglevodlar va hakozo) ochlikni boshlaridan kechirmoqdalar. Nisbiy ochlikning eng keng tarqalgan shakllaridan biri - oqsil yetishmasligi. Ko‘p xalq va elatlarning past bo‘yli ekanligi faqat ularning genetik xususiyatlarigagina bog‘liq bo‘lmay, balki oziq-ovqat oqsilining yetishmasligi oqibatidir. Ayni paytda G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika xalqlarining ovqatlanishida oqsillar ratsionning 70% ni tashkil etadi, biroq u yerda ishlov berilmagan sabzovotlar va mevalarning yetishmasligi yaqqol kuzatiladi. Shunday qilib oziq-ovqat muammosini hal qilishda insoniyatning turli qismlari oldida turlicha vazifalar turadi: - rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi uchun - bu yetarli ovqatlanish imkoniyatlarini qidirib topish (dehqonchilikdan va chorvachilikdan olinadigan mahsulotlarni ko‘paytirish, yovvoyi tabiat va okean resurslaridan foydalanish, oziq-ovqat importi va hokazo); - rivojlangan mamlakatlar aholisi uchun - ovqatlanish tarkibini o‘zgartirish (oqsillar, yog‘lar va qandni kamaytirish va tabiiy mahsulotlarni ko‘paytirish). Download 61.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling